• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    19 yoshida tanilgan, beayb sud zaliga chaqirilgan, “qirolichalar sahnasi”ga chiqqan ilk Sharq san’atkori: O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva 61 yoshda (foto)

    Maqom ashulalarini mohirona ijro etib kelayotgan O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva 26-noyabr kuni tavallud topgan. Noyob ovozi, tuyg‘ularga boy ijrosi bilan xorijliklarning ham e’tiborini qozongan san’atkorning Yevropadagi konsertlarida biletlar hamisha talash bo‘ladi. Muborak 61 yoshni nishonlayotgan Munojot Yo‘lchiyevaning ijodiy faoliyati va hayotiga oid ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

    Serfarzand oila Munojoti

    Munojot Yo‘lchiyeva 1960-yili Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi Shirmonbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Oilada olti qiz va ikki o‘g‘ilning uchinchisi bo‘lgan Munojotning otasi haydovchi, onasi esa dala ishchisi sifatida mehnat qiladi.

    Foto: “munojot.com”

    U oilaviy muhit sabab kichkinaligidan san’atga qiziqadi. O‘quvchilik davrida maktabda o‘tkaziladigan turli tadbirlarda faol bo‘lishga intilib, ashula va raqs to‘garaklariga qatnaydi.

    “Onam Muborakxon aya ‘Tanovar’, ‘Sumbula’ kabi xalq qo‘shiqlarini xirgoyi qilardi. Ularning ovozlari nihoyatda shirali edi. Ammo davr taqozosi bilan san’at yo‘lidan ketmaganlar. Doim san’atkor bo‘lolmaganimdan afsuslanaman, derdilar. Volidamning armonlari o‘rnini mening yutuqlarim to‘ldirganini keyinchalik o‘zi xursand bo‘lib ko‘p takrorlagan.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    8-sinfda o‘qib yurganimda ustoz san’atkor Fattoxon Mamadaliyev tumanimizdagi madaniyat uyida ansambl tashkil qilib berish uchun taklif etilgan. Ammo ijrochilar ko‘pligi bois meni xonanda sifatida qabul qilishmagan. Raqqosalar kamligi uchun raqs tushish bilan shug‘ullanganman.

    Foto: “munojot.com”

    Dadam san’atsevarligimni ko‘rib, ijrolarimni sevib eshitsa-da, bu kasbni tanlashimga hamisha tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan. Hatto akalarim ham ko‘nmagan. Maktabni bitirish arafasida tog‘am Abdulla Mavlonov uydagilarni, ayniqsa, otamni bir amallab ko‘ndirib, hujjatlarimni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining vokal yo‘nalishiga topshirishimni maslahat bergan”, — deydi u intervyularining birida.

    Foto: “munojot.com”

    Biroq imtihon vaqtida “Ovozingiz opera xonandaligiga to‘g‘ri kelmaydi”, deya Munojotni vokal yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilishmaydi. Shu payt O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shavkat Mirzayev “Ovozingiz ustida ishlab, maqomchi qilishim mumkin”, — deydi.

    Musiqadan bexabar bo‘lgan Munojot an’anaviy maqom ijrochiligining ikki yillik tayyorlov bo‘limiga o‘qishga qabul qilinadi.

    Sharof Rashidov nazariga tushgan yosh ijrochilar

    1980-yilning 9-fevral kuni “Nazm va navo” ko‘rsatuvida bir qancha yosh ijrochilar “Munojot” va “Ushshoq”ni ijro etishadi. Mazkur loyihadagi chiqishdan keyin 19 yoshli Munojot el nazariga tushadi. Xuddi shu ko‘rsatuvni ko‘rgan O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi rahbari Sharof Rashidov “Maqom yo‘nalishida kuylaydigan yoshlar bor ekan-ku. Shu qizlarni ‘Maqom’ ansambliga ishga olinglar”, deya ko‘rsatma beradi.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Munojot Yo‘lchiyeva tayyorlov bo‘limining ikkinchi bosqichini tamomlash arafasida “Maqom” ansamblining zabardast darg‘alari — Orif Alimahsumov, Berta Davidova, Komunna Ismoilova, Hadya Yusupova, Eson Lutfullayev, Matluba Dadaboyeva bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘ladi.

    Munojot Yo‘lchiyeva hamkasblari va xorijlik muxlislari davrasida

    Munojot Yo‘lchiyeva hamkasblari va xorijlik muxlislari davrasida
    Foto: “munojot.com”

    U 1980-yilning yozida ikki yillik tayyorlov kursini tugatgach, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maqom yo‘nalishiga o‘qishga kiradi. Ustozi Shavkat Mirzayev bilan san’atning eng murakkab yo‘lida ijod qilishda davom etadi.

    Foto: “munojot.com”

    Oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan Munojotga Moskva davlat konservatoriyasiga borib, opera yo‘nalishida tahsil olish zarurligini, keyinchalik Italiyada amaliyot o‘tashi mumkinligini, maqom esa san’at sohasida kelajaksiz yo‘l ekanligini uqtirishadi.

    Ammo u bu taklifni rad etib, “Maqom yo‘nalishidan voz kecholmayman, u mening muhabbatim”, — deya qat’iy javob qaytaradi.

    “Iffatimni yo‘qotganligim haqida gap-so‘z tarqalgan”

    Munojot “Maqom” ansamblida ish boshlagan ilk yillarda u va ustozi Shavkat Mirzayev to‘g‘risida turli gap-so‘zlar tarqaladi. Uni eshitgan yosh xonanda yig‘lab yuboradi.

    “Bu gaplarning tarqalganiga ikki oydan ortiqroq vaqt bo‘lgan ekan. Bu gaplarni gapirish qanchalik og‘ir bo‘lmasin, aytaman. Bu haqda shu kungacha birorta intervyuda aytmaganman: iffatimni yo‘qotganligim haqida gap-so‘z tarqalgan ekan. Bunga sabab menga ko‘proq e’tibor berilyapti, deb hisoblashgan. Aslida, murabbiy hamma bilan birdek ishlaydi, faqat ba’zilar mashg‘ulotlarni tezda o‘zlashtirib oladi.

    Munojot Yo‘lchiyeva ustozi Shavkat Mirzayev bilan

    Munojot Yo‘lchiyeva ustozi Shavkat Mirzayev bilan
    Foto: “munojot.com”

    U paytlarda bemalol rahbariyatga chiqish u qadar qiyin bo‘lmagan. O‘zimni yomon his qilganman. Nahotki bir ansamblda ishlab yurgan aka-opalarim men haqimda shunday deb o‘ylashyapti, deb yig‘laganman. Afsuski, o‘sha kuni meni rahbar qabuliga kiritishmagan. Ertasi kuni ishga borsam, shov-shuv. Davlat rahbari qabuliga kirmoqchi bo‘lganim haqidagi xabar yetib kelibdi. Shunda ansambl direktori meni qabuliga chaqirib, ustozimni rahbarlik qilolmaganlikda ayblashgani va u o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketayotganini aytdi. Shunda men ishda qolmasligimni, haqiqatni aytolmaydigan hamkasblar bilan ishlamasligimni aytganman.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Mana shu voqeadan so‘ng Toshkentdan bosh olib qishloqqa ketishni va turmushga chiqib, aytilgan gaplar bo‘htondan bo‘lak narsa emasligini isbotlashni niyat qilgandim. Shunda davlat amaldorlaridan biri ishonch bildirib, boshqa jamoa bilan ijodni davom ettirishimni tayinlagan”, — deydi san’atkor bir intervyusida.

    Qirolichalar sahnasidagi birinchi Sharq san’atkori

    San’atkor ilk bor dunyo sahnasiga 1995-yilda Fran­siyaning “De la Vill” teat­rida o‘tkazilgan festivalda chiqadi. Shundan keyin u ushbu davlatga yigirma martadan ko‘proq tashrif buyurib, Fransiyaning deyarli barcha shaharlarida chiqishlar qiladi.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Munojot Yo‘lchiyeva Amerika, Angliya, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Hindiston, Italiya, Shveysariya, Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Daniya singari davlatlarning mashhur sahnalarida ham qo‘shiq kuylaydi.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    “Yigirma yillar avval Londondagi ‘elizabet xoll’, ya’ni ‘qirolichalar sahnasi’ degan hashamatli san’at saroyida konsert berganimda tashkilotchilar va tarjimonlar Sharq mamlakatlaridan birinchi bo‘lib bu yerda siz kuylayapsiz, shu paytgacha hech kim ushbu sahnada chiqish qilmagan. Chunki hammaga ham ruxsat berishmaydi, degan.

    Munojot Yo‘lchiyeva xorijlik muxlislari davrasida

    Munojot Yo‘lchiyeva xorijlik muxlislari davrasida
    Foto: “munojot.com”

    Geografik jihatdan katta bo‘lgan mamlakatlardan — Kanada va Avstraliya sahnalarida turib, mumtoz qo‘shiqlar kuylash orzum bor. Nasib etsa, bu maqsadlarim ham kun kelib, ro‘yobga chiqar, degan umiddaman”, — deydi maqom ijrochisi.

    “Munojot”dan “Yor-yor”gacha...

    Dunyoning ko‘plab mamlakatida turli konsertlarda qatnashgan Munojot Yo‘lchiyeva intervyularining birida xorijlik muxlislari, asosan, qaysi qo‘shiqlarini qayta-qayta aytishini talab qilgani haqida shunday degan edi:

    Munojot Yo‘lchiyeva hamkasblari davrasida

    Munojot Yo‘lchiyeva hamkasblari davrasida
    Foto: “munojot.com”

    “Chet elda og‘ir va salobatli qo‘shiqlarga talab juda yuqori. Angliyadagi konsertlarimning birida qirq besh yoshlar chamasidagi ayol dastur boshlanmasidan oldin yonimizga kelib, siz bugun ‘Kim keyin, kim ilgari’ qo‘shig‘ingizni ham aytasizmi, deb savol berdi. Unga yuzlanib, bunday qo‘shig‘im borligini qayerdan bilasiz, desam, CD diskingizni xarid qilganman. Shu ijrongizni takror eshitib zerikmayapman, dedi.

    Foto: “munojot.com”

    Uning fikrini hurmat qilgan holda ‘Kim keyin, kim ilgari’ qo‘shig‘imni konsert rejasiga kiritganmiz. Xorijliklarning qaysidir biri Chustiy g‘azallari bilan yaratilgan qo‘shiqlarimni yoqtirishsa, ayrimlari ‘Munojot’ni, yana boshqalari milliy folklor namunasi ‘Yor-yor’ni so‘rashadi. Qisqasi, barcha ashulalarimning o‘z muxlisi bor. Har doim ovoz, musiqa va so‘z bir-birini to‘ldirib borsa, tinglovchini befarq qoldirmaydi”.

    Yuksak ijodiy muvaffaqiyatlar

    San’atkor ijodiy faoliyati davomida hukumatning ko‘plab mukofotlariga sazovor bo‘lib kelmoqda. Xususan, 1990-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, 1994-yil “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvonlari, 1998-yil “El-yurt hurmati”, 2004-yil “Fidokorona xizmatlari uchun”, 2011-yil “Buyuk xizmatlari uchun”, 2019-yil “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlanadi.

    Foto: “munojot.com”

    1995-yili Fransiya, 1997-yil Germaniyada audio albomlari chiqarilib, ko‘p nusxalarda sotiladi. 1997-yil “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida birinchi o‘rin sohibasiga aylanadi.

    2000-yildan buyon O‘zbekiston davlat konservatoriyasida pedagoglik faoliyatini yuritib kelayotgan san’atkor 2006-yilda faxriy professor ilmiy unvonini olgan.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    2001–2004-yillarda YuNESKO qoshidagi maxsus komissiya a’zosi sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. U 2004-yil Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan “BBC Word Music Awards” nufuzli mukofotini qo‘lga kiritadi.

    1982–2014-yillarda Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasida yakkaxon xonanda sifatida ishlab, oltin fonddagi katta-katta ashulalarga sayqal berib, o‘z yo‘nalishida qayta yozadi.

    2021-yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga loyiq ko‘rilgan san’atkor haqida prezident Shavkat Mirziyoyev taqdirlash marosimida shunday degandi:

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Munojotxon noyob ovozi, betakror ijro mahorati, o‘zbek ayoliga xos go‘zal fazilatlari bilan hammamizning muhabbatimiz, hurmatimizni qozongan. Har bir inson Munojotxonni ko‘rganida g‘urur bilan o‘z onasi, singlisini, go‘zal fazilatli o‘zbek ayolini ko‘rgandek bo‘ladi.

    Munojotxonning noyob ovozga egaligi, hozirgacha ham o‘z ustida ishlashi, tartib-intizom bilan konservatoriyada yoshlarga ta’lim berishlarining o‘zi qahramonlik. Men o‘ylaymanki, ushbu e’tirof, ehtirom hali juda katta kuch beradi”.

    “Beayb insonning obro‘siga putur yetkazadi”

    2018-yilning dekabrida Munojot Yo‘lchiyeva sud majlisiga chaqiriladi. Gap shundaki, bir talaba yigit Toshkent davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va ijodiy imtihondan Munojot Yo‘lchiyevaga aytib yuqori baho olib berishni va’da qiladi. Buning evaziga esa ikki nafar abituriyentdan 12 ming AQSH dollarini talab qiladi. Kelishilgan miqdordan 4 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga tushadi.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    “O‘sha voqeadan juda jahlim chiqdi. An’anaviy xonandalikka umuman daxli bo‘lmagan konservatoriyaning sobiq talabalaridan biri Munojot Yo‘lchiyeva bilan gaplashib, o‘qishga kiritib qo‘yaman, deya bir abituriyentdan kelishgan holda pul olgan. Eng qizig‘i, u paytda men Germaniyada xalqaro festivalda edim.

    Munojot Yo‘lchiyeva hamkasblari davrasida

    Munojot Yo‘lchiyeva hamkasblari davrasida
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Ijodiy safardan qaytsam, sudga chaqirishdi. Voqeadan xabar topgach, karaxt bo‘lib qoldim. Mana shunday holatlar beayb insonning yillar davomida misqollab yig‘gan hurmati, obro‘siga putur yetkazadi”, — deydi ustoz san’atkor.

    Shaxsiy hayot...

    1982-yili hind va urdu tillari bo‘yicha mutaxassis Hurmatillo Bo‘riyevga turmushga chiqqan san’atkorning Muzaffar va Shuhrat ismli farzandi bor. 2006-yilda Misr madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Namunali ayol” tanlovida g‘olib bo‘lgan Munojot Yo‘lchiyeva qaynonalik maqomiga erishgan.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    “Oilada ham mehribon, ham qattiqqo‘l onaman, ich-ichimdan mehr tuysam-da, ikki o‘g‘limga juda talabchan munosabatda bo‘lganman. Bolaligimizdanoq mehnatkash va mehribon otamning qattiqqo‘l, jiddiy tarbiyasi o‘laroq, mening xarakterimda ham shu jihatlar shakllangan. Farzandlarimga bergan jiddiy tarbiyam oqibatida, Xudoga shukrki, ikki o‘g‘lim ham yaxshi inson bo‘lib yetishdi.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Ayrimlar kelin qizdek bo‘lmaydi, deydi. Lekin men bu fikrga qo‘shilmayman. Rahmatli qaynonam ham juda muloyim ayol edilar. San’atkor bo‘lganim uchun xizmatlarini risoladagidek qilolmaganman. Bugun o‘zim ham qaynonaman, ikki nafar shiringina qizaloq — Muborakxon va Malikaxonning buvisiman. Kelinlarim ham farosatli, zehnli”, deydi u.

    Mirolim Isajonov tayyorladi

    Mavzuga doir:

    • “Iffatsizlikda ayblashganida san’atni tashlamoqchi bo‘lganman”. O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva faoliyati avvalida duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi (video)
    • “Ularning to‘ylardan katta pulni olib ketishi bizni ranjitardi”. Munojot Yo‘lchiyeva fonogrammada kuylaydigan hamkasblari haqida (video)
    • Munojot Yo‘lchiyeva Munisa Rizayevani bajonidil shogirdlikka olishini aytdi

    26.11.2021, 18:22   Izoh (0)   47056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fahsh sahnalar, “konfet” aktyor-aktrisalar, saviyasiz ssenariylar. Qo‘ziqorindek bolalagan o‘zbek seriallari haqida

    26.11.2021, 12:47

    Xitoy hukumati media yulduzlarining noma’qbul xatti-harakatlariga qarshi kurashni kuchaytirdi. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari qat’iy nazorat qilinadi

    25.11.2021, 06:32

    Parijda Eynshteynning qo‘lyozma qaydlari rekord qiymatda sotildi

    24.11.2021, 15:20

    “O‘zimga qo‘yilgan qabrtoshdayman”. Edgar Po, Silviya Plat, Frans Kafka — ruhiy muammolardan aziyat chekkan buyuklar

    23.11.2021, 10:43

    Yetti farzandning kenjasi, 18 yoshida turmushga chiqqan, 8 tilda qo‘shiq kuylagan: O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva 60 yoshda (foto)

    16.11.2021, 15:49

    “Uni ikkinchi Oxunjon Madaliyev deyishadi”. Xonanda Rahmatillo Yusupov va uning qo‘shiqlari ustozining qo‘shiqlari sifatida e’tirof etilishi haqida (video)

    16.11.2021, 09:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.