• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali

    Muhammad Ali nafaqat barcha davrlarning eng yaxshi bokschisi, balki BBC talqiniga ko‘ra XX asrning eng yaxshi sportchisi hamdir. Uning ta’sir doirasi boks ringi o‘lchamidan ancha keng.

    Foto: Getty Images

    Ilk katta jangida Sonni Listonni mag‘lub etgan Kassius Kley (Muhammad Alining haqiqiy ismi) o‘zini GOAT (Greatest of all time) deb e’lon qilgandi. Shundan keyin u jamoatni faqatgina ringda emas, uning tashqarisida ham hayratda qoldirib keldi. Bu orqali u o‘zidan katta meros qoldirdi va barcha davrlarning eng yaxshi bokschisi deb hisoblanishiga olib keldi.

    Hozir har bir sport turining o‘z GOAT’lari bor, lekin eng munosibi — Ali. U butun hayoti davomida o‘z prinsiplarini puldan, hattoki faoliyatidan ham ustun qo‘ydi.

    Ali — jahon miqyosda yulduzga aylangan tarixdagi ilk sportchi

    Marketing sohasida tadqiqotlar olib boradigan OnePoll kompaniyasi 2019-yil mart oyida amerikaliklar o‘rtasida eng jarangdor slenglarni (ma’lum guruhlarga tushunarli bo‘lgan va asl ma’nosidan farq qiluvchi so‘z yoki ibora) aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. Birinchi o‘rinni GOAT so‘zi egalladi. Bu Greatest Of All Time — barcha davrlarning eng buyugi iborasining qisqartirilgan shakli. Inglizchadan tarjima qilinganda “goat” so‘zi “echki” degan ma’noni bildiradi, shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarda u yoki bu sportchining yoniga echki emojisi qo‘yiladi.

    Bu so‘zni ilk bor barcha davrlarning eng yaxshi bokschisi Muhammad Ali ishlatgan edi. 1964-yil fevral oyida Sonni Listonga qarshi birinchi jangida sensatsion tarzda g‘alaba qozonganidan so‘ng ringda: “Men — barcha davrlarning eng buyugiman” degandi.

    Muhammad Ali — Sonni Liston jangi

    Muhammad Ali — Sonni Liston jangi
    Foto: Getty Images

    U mazkur bir soat ichida shunchaki sport yulduzi emas, undan ancha yuqori darajaga ko‘tarildi. Xarizma va yutuqlari jihatidan Diyego Maradona, Maykl Jordan, Rojer Federer va Pele kabi yigitlardan qolishmasdi.

    Ali bilan ularning orasidagi farq shundaki, ular shunchaki o‘z davrining megayulduzlari bo‘lgan, xolos. Muhammad Ali ringda raqiblari bilan, sudda Vyetnam urushi tufayli hukumat bilan jang qilar, qora tanlilarning huquqlari uchun kurashardi. Hatto Parkinson kasalligi ham 33 yillik kurashdan so‘nggina undan ustun keldi. Muhammad sportchi ringdan tashqarida ham ko‘p narsalarga qodir bo‘lish mumkinligini isbotlab berdi.

    Masalan, Maykl Jordan siyosat haqida gapirishni istamagani uchun masxara qilingan. Shunday voqea 1990-yilgi saylovlarda yuz bergandi. Maykl o‘zi tug‘ilgan Shimoliy Karolina shtatida o‘tkazilgan saylovda amaldagi respublikachi, irqchiligi bilan tanilgan Jessi Xelmsga qarshi kurashgan afroamerikalik demokrat Harvi Gantni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgandi.

    Ali esa AQShda afroamerikaliklar huquqlarini himoya qiluvchi qahramonga aylangan edi. Futbol qiroli Pele apolitik (siyosatdan o‘zini olib qochish) ekanligi, Braziliyani 1964-yildan 1985-yilga qadar boshqargan harbiy diktaturaning qora tanlilarga yetkazgan zulmi kabi ijtimoiy muammolarga bee’tiborligi sabab millionlab braziliyaliklar tomonidan tanqidga uchragan.

    Pele irqdagi nomutanosibliklarga qaramay barcha braziliyaliklarga bir xil munosabatda bo‘lishini ko‘p bor ta’kidlagan. Irqchilikka oid savollarga Pele ko‘pincha, javob bermasdi.

    Hattoki, hozir ham braziliyaliklarning g‘azabiga uchrasa ham futbol afsonasi aniq bir pozitsiyani egallamaydi: “Keling Braziliyadagi barcha xavotir va noroziliklarni unutamiz, Braziliya jamoasi bizning vatanimiz, bizning qonimiz ekanini yodga olamiz”, — degandi Pele.

    Bu jihatdan olib qaraganda Ali — sportchilar ichidagi Yuriy Gagarin. Eng ko‘p gol urgan, Instagram’ida boshqalardan ko‘ra ko‘proq obunachilari bor insonlar emas, hayotda o‘zini yengishdan tashqari, tizim ustidan ham g‘alaba qozona olganlar u bilan bir qatorda turishi mumkin.

    Ali faoliyatini yakunlaganidan o‘n yillar o‘tib, faqat Mayk Tayson u bilan bir qatorda turish imkoniyatiga ega bo‘lgandi, ammo u o‘z obro‘sini to‘kib yubordi. Giyohvand moddalar, alkogol va qamoq uni barbod qildi.

    Foto: Getty Images

    Floyd Meyvezer o‘zini Alidan ham buyuk deb atadi va muxlislar nafratiga duchor bo‘ldi

    Muhammad shon-shuhratning eng yuqori cho‘qqisiga yetganda ham ko‘p pul va mashhurlik haqida bosh qotirmagan. Islomni qabul qilgach, ringdan tashqari hayotida ancha kamtar va mehribon insonga aylandi. Butun dunyoni kezdi, turli joylarda mahorat darslari o‘tdi, ko‘pincha qamoq, bolalar uyi, axloq tuzatish maskanlariga tashrif buyurardi. Bitta tashrifi bilan ko‘plab insonlar taqdirini o‘zgartirib yuborardi. Shu jumladan, Mayk Taysonning ham hayoti o‘zgarishiga Muhammad sababchi.

    Uni GOAT deb atalishiga yana bir sabab — jamoatchilikning unga bo‘lgan munosabati. Hatto ringdagi eng ashaddiy raqibi Jo Freyzer ham yillar o‘tib, Ali tomonidan qilingan haqoratlarni kechirganligini aytdi. Jo bularning barchasi jangning qo‘shimcha piari uchun qilinganini tushungandi. Haqiqatda ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik boks tarixidagi eng yaxshisiga aylandi.

    Tarixga “Maniladagi triller” nomi bilan kirgan, ular o‘rtasidagi uchinchi jangdan so‘ng Ali Freyzerni tarixdagi eng kuchli bokschi deb ataydi. O‘zidan keyingi, albatta. Alini butun dunyoda o‘n, balki yuz millionlab odam chin qalbdan yaxshi ko‘radi.

    Rekordi unikidan yaxshiroq va ko‘proq pul ishlagan bokschi Floyd Meyvezer haqida unday deb bo‘lmaydi. Ringdagi muvaffaqiyatlariga qaramasdan Floyd har doim takabbur, maqtanchoq, o‘ziga xos hayot tarziga ega inson edi. Lekin uning o‘zini Muhammad Alidan ham buyuk sanashi jamoatchilikni hayratga soldi.

    Floyd Meyvezer

    Floyd Meyvezer
    Foto: Getty Images
    Bokschini qaysi mezonlar asosida baholash mumkin? Agar biz shaxsiy fikrlarimizni ilgari sursak, ha, Ali eng yaxshisi. Agar kam zarba o‘tkazib, rekordlarni urishni hisobga olsak, Floyd Meyvezer eng yaxshisi.

    Muhammad Ali — afsona. U hozir men erishgan yutuqlarga yo‘l ochib bergan inson. Rekord haqida gapiriladigan bo‘lsa, ko‘pchilik Alining bor-yo‘g‘i yettida jang o‘tkazgan bokschiga kamarni boy berib qo‘yganini unutadi. Alining oldida shlyapamni yechaman, lekin men o‘zimdan kuchli jangchi bor deyish uchun boksga 40 yilimni bag‘ishlamadim.

    Floyd Meyvezer, bokschi

    Bu gaplar OAV, sport muxlislarining tanqidlariga sabab bo‘ldi. Floyd eng muhim narsani unutgandi. Mag‘lubiyatsiz rekord eng kuchli bokschi ekanligini anglatmaydi. Aksincha, boksda mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchliroq bo‘lib qaytish jangchiga buyuklik olib keladi.

    Shuning uchun ham u amerikalik bo‘lmagan Roberto Dyuran yoki Menni Pakyao AQShda muxlislar tomonidan o‘zidan ko‘ra ko‘proq e’tirofga sazovor bo‘lishini tushunmaydi. Ular faoliyati davomida bir necha bor o‘zlarini yenggan holda, qiyinchiliklarni bartaraf etgan.

    Vladimir Klichko 2003-yildagi navbatdagi irodasiz mag‘lubiyatidan (Korri Sandersga qarshi) so‘ng deyarli barcha maqomidan ayrildi, lekin u qayta oldi. Emanuel Styuard bilan birga ishlay boshladi va yillar mobaynida g‘alaba qozonuvchi mashinaga aylandi. Vitaliy Klichko esa jarohat sabab faoliyatini yakunladi, lekin oradan 4 yil o‘tib, ringga qaytdi va o‘sha vaqtdagi eng yaxshi pancher Samyuel Piterni mag‘lub etdi.

    Foto: Getty Images

    Vladimir Klichkoni mag‘lub etgan Tayson Fyuri kokain, alkogolga o‘tirib qoldi, ortiqcha 50 kilogramm vazn yig‘di va uch yil davomida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Lekin qaytdi va zamonaning eng xavfli nokautchisi Deontey Uaylderning g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi. Meyvezerda esa bunday voqea bo‘lmagan. Bu shunchaki oxirgi yillardagi misollardan bir nechtasi, xolos.

    Floyd doim o‘ziga qulay raqiblarni tanlagan va ular bilan o‘ziga ideal bo‘lgan vaqtda jang qilgan. Hatto Pakyao ham u bilan jangga chiqqan vaqtda o‘zining eng yuqori formasida emasdi.

    Foto: Getty Images

    Meyvezerda hech qachon Ali—Freyzer, Ali—Forman yoki Ali—Liston qarama-qarshiligi bilan tenglashadigan jang bo‘lmagan. Shuning uchun Floydning aytgan gapi faqat g‘azabni qo‘zg‘atadi. Ko‘pchilik Meyvezerni GOAT’dan ham o‘zini ustun qo‘ygani uchun yoqtirmaydi. Moliyaviy muvaffaqiyat va ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni urfda bo‘lgan hozirgi davrda Muhammad Alida bo‘lganidek hikoya haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

    Shunday ekan GOAT iborasi faqat unga yarashadi.

    Mavzuga doir

    • “10 ming kilometr bosib, odam o‘ldirgani bormayman”. Armiyaga borishdan bosh tortgani uchun sudlangan boks qiroli Muhammad Ali haqida
    • Muhammad Alini mag‘lub etgan Olimpiada chempioni Leon Spinks 67 yoshida vafot etdi

    03.12.2021, 21:14   Izoh (0)   45059
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APL. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Manchester Yunayted” “Arsenal” ustidan irodali g‘alabaga erishdi, Ronaldudan dubl. “Tottenhem” ham 3 ochkolik bo‘ldi

    03.12.2021, 06:28

    Yengilmas bokschi Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi, tergovga jalb etiladigan Ronaldu. La Ligani ko‘zlayotgan Levandovski va Kavani. Eng so‘nggi sport y...

    02.12.2021, 20:33

    “Olimpik” Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘tish o‘yinida “Mash’al”ni yengib, Superliga yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

    02.12.2021, 18:07

    Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

    02.12.2021, 17:04

    “Bu kabi xabarlar o‘ylab topilgan uydirma va bo‘hton bo‘lishi mumkin”. “Navbahor” Andrey Kanchelskisga tahdid qilingani bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot ber...

    02.12.2021, 16:15

    Igor Shkvirindan Mikael Sekeyragacha. Superliga 2021-yilgi mavsumida qaysi murabbiylarga “haydalish kuyi” chalindi?

    02.12.2021, 14:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.