• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Igor Shkvirindan Mikael Sekeyragacha. Superliga 2021-yilgi mavsumida qaysi murabbiylarga “haydalish kuyi” chalindi?

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2021-yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi ikkinchi o‘rinni olganidan boshqa sensatsiya (garchi buning sensatsiya ekanligi borasida bahslashish mumkin bo‘lsa ham) bo‘lgani yo‘q. Mavsum davomida bir-ikki marta ro‘y bergan ommaviy mushtlashuvlar inobatga olinmaganda, hammasi kutilganidek va ko‘ngildagidek o‘tdi, so‘nggi, 26-tur esa bamisoli tort ustidagi olcha bo‘ldi. Shuningdek, 2021-yilgi mavsum davomida e’tiborga arzigulik voqealardan — murabbiylarning iste’folari bo‘ldi. “Turon”, “Andijon”, “Metallurg” (bir necha marotabadan), “Lokomotiv”, “Surxon”, “Navbahor” klublarida murabbiylar almashdi. Qolganlari (“Paxtakor”, “So‘g‘diyona”, “OKMK”, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Qo‘qon-1912”, “Qizilqum”, “Mash’al”) esa mavsumni bir murabbiy bilan yakunladi. “Daryo” quyida ortda qolgan mavsumda Superligada ro‘y bergan iste’folar haqida hikoya qiladi.

    No‘mon Hasanov — “Navbahor”

    Foto: “Navbahor”

    Foto: “Navbahor”

    2020-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Namangan klubi Andrey Kanchelskis bilan xayrlashgach, jamoada yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelayotgan No‘mon Hasanov bosh murabbiyga aylandi, biroq u bu lavozimda uzoq qolmadi. 2020-yilgi mavsumni 8-o‘rinda yakunlagan jamoa, mamlakat birinchiligining yangi mavsumini ham Hasanov boshchiligida boshlagandi. Ammo 1-turdan keyinoq namanganliklar matbuot xizmati mutaxassisning iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Klub bu qarorini quyidagicha izohladi:

    “Joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan ‘Navbahor’ uchun har bir o‘yin muhim va finalga teng. Ammo kutilmaganda jamoa 1-turda o‘z maydonida ‘So‘g‘diyona’ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Shu bois ‘Navbahor’ PFK rahbariyati jamoa murabbiylar shtabida o‘zgarish qilishga qaror qildi”.

    Uning o‘rniga shu vaqtga qadar jamoada maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Viktor Jalilov tayinlanadi. “Lochinlar” uning qo‘li ostida mavsumni 9-o‘rinda yakunladi. Noyabr oyining so‘ngida esa “Navbahor”da kelasi mavsumdan boshlab Samvel Babayan bosh murabbiy sifatida ish boshlashi ma’lum bo‘ldi.

    Andrey Shipilov — “Metallurg”

    Foto: “Metallurg” FK

    Foto: “Metallurg” FK

    Hisob bo‘yicha Superligadagi ikkinchi iste’fo ham 1-turdan so‘ng sodir bo‘ldi. “Metallurg”ni boshqarib kelayotgan Andrey Shipilov “Surxon”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin iste’fo so‘ragan. Klub esa o‘z navbatida murabbiyning so‘rovini qabul qilgan. Shipilov jamoani 2018-yildan beri boshqarib kelayotgandi.

    Shipilovning o‘rnini “Paxtakor”da yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan Jasur Abduraimov egalladi. Biroq keyinchalik Abduraimov jamoani tark etdi.

    Otabek G‘ulomxo‘jayev — “Andijon”

    Foto: “Andijon”

    Foto: “Andijon”

    Superliga yakunlari bo‘yicha musobaqa jadvalida 13-o‘rinni egallagan “Andijon” mavsum boshidanoq jiddiy muammolarga duch kela boshladi. “Burgutlar” 5-turga kelib jamoani 2020-yilning noyabr oyidan beri boshqarib kelayotgan Otabek G‘ulomxo‘jayevni iste’foga chiqarishga qaror qildi. Bunga sabab sifatida uning boshqaruvidagi futbolchilarning qoniqarsiz natijalari ko‘rsatildi.

    Shu tariqa 2001–2002-yillarda “Andijon”da futbolchi sifatida to‘p surgan G‘ulomxo‘jayevning klubdagi murabbiylik faoliyati uzoq davom etmadi. Uning o‘rnini esa Viktor Kumikov kelgunga qadar Yorqin Nazarov egallab turdi. Ammo 2020-yilda ham “Andijon”da ishlagan Kumikovning qaytishi jamoaning elitada qolishi uchun yetarli bo‘lmadi.

    Islombek Ismoilov — “Turon”

    Foto: “Turon”

    Foto: “Turon”

    Tashkil etilganidan hech qancha muddat o‘tmasdan Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Turon”, afsuski, elitada atigi bir mavsum davomida harakat qildi.

    Jamoa mavsum boshidanoq bir qator o‘yinlarda imkoniyatni boy berdi va biror marta ham g‘alaba qozona olmadi. Ba’zi vaziyatlarda jamoaning muvaffaqiyatsizliklarida hatto hakamlar ayblangan holatlar ham kuzatildi.

    8-turdan keyin “Turon” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Islombek Ismoilov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqdi. Ungacha yuqorida ta’kidlanganidek, uning hakamlar mavzusidagi chiqishlari katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

    Mavzuga doir: “Turon” futbol klubi bosh murabbiyi Jizzaxdagi o‘yindan so‘ng “portladi”. U “o‘yin bermayotgan hakamlar”ga chora ko‘rishni talab qildi

    Ismoilov ketgach, jamoani vaqtinchalik polshalik mutaxassis Boguslav Baniak boshqarib turdi. Biroz o‘tib Igor Shkvirin yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirildi.

    Rifat Akromxo‘jayev — “Surxon”

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Amal-taqal qilib, Superligada jon saqlab qolgan “Surxon” ham mavsumni bir murabbiy bilan yakunlamadi. Mamlakat birinchiligining 12-turidan keyin Termiz klubi mavsum boshidan beri jamoani boshqarib kelayotgan Rifat Akromxo‘jayevning jamoadan ketganini e’lon qildi.

    Jamoa uning qo‘l ostida qoniqarsiz natijalar ko‘rsatganiga qaramay klub Akromxo‘jayevning o‘z arizasiga ko‘ra jamoa bosh murabbiyligidan olingani va bunga mutaxassisning oilaviy muammolari sabab bo‘lganini ko‘rsatdi.

    Uning o‘rnini esa shu vaqtga qadar klub texnik direktor sifatida faoliyat yuritgan Bahrom Haydarov egalladi. Haydarov qo‘l ostida “Surxon” chempionat yakunlari bo‘yicha 10-o‘rinni egallab, elitada qolish masalasini hal qildi.

    Igor Shkvirin — “Turon”

    Foto: “Turon”

    Foto: “Turon”

    Superliganing 10-turiga kelib, “Turon”da yangi murabbiy ish boshladi. Klub matbuot xizmati yaqin o‘tmishning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lgan Igor Shkvirin bilan shartnoma imzolanganini e’lon qilindi. Uning oldiga jamoani Superligada olib qolish vazifasi qo‘yildi. Mutaxassisning o‘zi “Championat.asia” nashriga bergan intervyusida jamoa bilan yil oxirigacha shartnoma imzolaganini ma’lum qilgandi.

    Biroq 25-oktabr kuni, mavsum tugashiga 3 tur qolganida uning o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shagani ma’lum qilindi. Bu qaror 23-tur doirasidagi “Bunyodkor”dan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:3) keyin klubda tashkil qilingan yig‘ilishda qabul qilingan.

    “Turon” Shkvirin qo‘l ostida 13 ta o‘yin o‘tkazib, shundan atigi 2 tasida g‘alaba qozondi, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan bo‘lsa, yana 7 ta bahsda jamoa mag‘lubiyatga uchradi.

    Jasur Abduraimov — “Metallurg”

    Foto: “Metallurg”

    Foto: “Metallurg”

    Klubda ancha (mahalliy murabbiyning o‘zbek klubida 3 yil ishlashini ancha deyish mumkin) yil davomida faoliyat yuritgan Andrey Shipilovning o‘rnini egallagan Jasur Abduraimov mart—oktabr oylarida jamoani boshqardi. Jamoa uning qo‘l ostida mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi va hatto klubning elitani tark etishi ehtimoli borligi inkor etilmaydigan darajaga yetdi. Biroq 23-turga kelib, tomonlar hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. “Ma’danchilar” matbuot xizmati Abduraimovning jamoadan ketishini murabbiyning salomatligidagi muammolar bilan bog‘ladi.

    Uning o‘rnini esa Luisma Ernandes egalladi. Jamoa aynan ispaniyalik mutaxassisning qo‘l ostida so‘nggi ikki turda g‘alaba qozonib, xavfli zonani tark etishning uddasidan chiqdi.

    Mikael Sekeyra — “Lokomotiv”

    Foto: “Lokomotiv”

    Foto: “Lokomotiv”

    2021-yilning boshida “Lokomotiv” boshqaruvini qabul qilib olgan Mikael Sekeyra mavsum davomida “temiryo‘lchilar”ning o‘yiniga yevrofutbol havosini olib kirishga harakat qildi. Ammo jamoa musobaqa yakunlariga ko‘ra, kuchli beshlikka ham kira olmadi — 6-o‘rin.

    Sekeyra oktabr oyida Superliga 23-turi doirasida “Qo‘qon-1912”ga qarshi kechgan o‘yindan keyin hakamlik va tizimni keskin tanqid ostiga oldi. O‘shanda u bu tizim bilan o‘zbek futbolining cho‘kishda davom etishini aytgandi.

    Shu qatorda uning “Lokomotiv”dan ketishi ham ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Boisi u chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida vatani Portugaliyaga jo‘nab ketdi. Mavsumning oxirgi o‘yinida “temiryo‘lchilar”ni Denis Korostichenko boshqarib bordi.

    Mavzuga doir: Qaysi hisob ko‘p qayd etildi, eng kam g‘alaba kimda, qaysi mamlakat legionerlari ko‘proq? Superliga 2021-yilgi mavsumiga oid qiziqarli statistika

    02.12.2021, 14:29   Izoh (0)   35397
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    La Liga. “Real” Karim Benzemaning goli evaziga “Atletik”ni mag‘lub etdi

    02.12.2021, 06:05

    APL. “Liverpul” Mersisayd derbisida yirik g‘alabaga erishdi. “Chelsi” va “Manchester Siti” kichik hisobda raqiblaridan ustun keldi

    02.12.2021, 05:55

    Liga 1. “PSJ” o‘z maydonida ochko yo‘qotdi. “Lion” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lub bo‘ldi

    02.12.2021, 05:43

    A Seriya. 40 yoshli Ibrahimovich jarima zarbasidan gol urgan o‘yinda “Milan” “Jenoa”dan ustun keldi. “Napoli” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    02.12.2021, 05:32

    A Seriya. Eldor Shomurodov zaxiradan tushgan o‘yinda “Roma” mag‘lubiyatga uchradi, “Inter”da ishonchli g‘alaba

    02.12.2021, 00:33

    Andrey Kanchelskis tahdidga uchradi. Noma’lum shaxslar unga “Navbahor”dan kamroq pul undirish shartini qo‘ygan

    01.12.2021, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.