Oddiy mahsulotlar yordamida ishtaha ochar shohona taom tayyorlab ko‘ring.
Kerakli mahsulotlar:
- makaron – 150 gramm;
- piyoz – 1 dona;
- o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
- sarimsoq – 2 bo‘lak;
- qiyma – 500 gramm;
- sariyog‘ – 2 osh qoshiq;
- kraxmal – 1 osh qoshiq;
- mannniy yormasi – 2 osh qoshiq;
- tuxum – 1 dona;
- ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Makaron sho‘r suvda qaynatib olinadi.
- Piyoz mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. O‘simlik yog‘ida 3-4 daqiqa davomida qovuriladi.
- Sarimsoq va ko‘katlar mayda to‘g‘raladi.
- Qiyma piyoz, sarimsoq, ko‘kat, sariyog‘, kraxmal, manniy yormasi va tuxum bilan aralashtiriladi.
- Ta’bga ko‘ra aralashmaga tuz va ziravorlar sepiladi,
- Oziq-ovqat plyonkasi ustiga qiymali aralashma bir tekisda to‘rtburchak shaklda yoyiladi. Bir chetiga qaynatilgan makaron solinadi. So‘ngra plyonka bilan birgalikda rulet shaklida aylantiriladi. Folga bilan mahkam o‘raladi.
- 200 daraja pechda 40 daqiqa davomida pshiriladi. So‘ngra folga qog‘ozi kesib olinadi va usti qizarguncha yana 15-20 daqiqaga qoldiriladi.
Izoh (0)