• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” xodimlar ommaviy ishdan bo‘shatilganiga rasmiy munosabat bildirdi

    “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” korxonasining xodimlari yangi rahbar tomonidan ommaviy ishdan bo‘shatilgani aniqlangan edi. Korxona matbuot xizmati ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

    Korxona axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand viloyat bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarni ishdan bo‘shatilishi borasida o‘rganish ishlari olib borilmagan. O‘rganish olib borish to‘g‘risida Samarqand viloyat bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJga murojaat qilmagan.

    Tashkilotning fikricha, e’lon qilingan maqolada ishdan bo‘shatilgan xodimlarning ismi, sharifi va lavozimlari, ularning soni ko‘rsatilmagani kishida go‘yoki “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJda faoliyat ko‘rsatuvchi 2375 nafar xodim ishdan bo‘shatilayotgandek taassurot uyg‘otadi.

    “Vaholanki, mazkur maqolada so‘z Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasida faoliyat ko‘rsatib kelgan fuqarolar F.Rustamov, O.Fayzullayev, U.Mallayev, O.Turdiyev to‘g‘risida bormoqda”, — deyiladi munosabatda.

    Ta’kidlanishicha, mazkur fuqarolar bundan avval ham internet tarmog‘idagi ijtimoiy sahifalarda o‘z e’tirozlarini bayon qilgan va “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan. Yuqorida nomlari keltirilgan fuqarolarning barchasi o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashgani, mehnat intizomini qo‘pol ravishda buzgani sababli egallab turgan vazifalaridan ozod qilingan.

    Jumladan, F.Rustamov Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi aholi iste’molilari bilan ishlash muhandisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. Faoliyati davomida 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 2934 ta xonadonlarga biriktirilgan bo‘lib, mazkur xonadonlarning debitorlik qarzdorligini vaqtida undirish choralarini ko‘rmagan. Natijada hududidagi aholining debitorlik qarzdorligi 668 million so‘mga yetishiga yo‘l qo‘ygan.

    Bundan tashqari, 107 ta xonadonda jami 128 million so‘mlik qarzdorlik aniqlanib, tarmoqdan uzilgan bo‘lsa-da, mazkur xonadonlar elektr energiyasini qayta ulab, foydalanib kelgani aniqlangan. Shuningdek, debitorlik qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarning qarzdorliklarini asossiz qayta hisob-kitob qilish (qarzdorlikni elektron bazadagi iste’molchining hisobidan o‘chirish) holatlariga yo‘l qo‘ygan.

    Masalan, Samarqand shahar Z.Toshpo‘latova ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Rahmonovning elektr energiyasidan 6,2 million so‘m qarzdorlik aniqlanib, elektron bazaga kiritilgan bo‘lsa-da, 2021-yilning 25-fevral kuni ushbu mablag‘ asossiz ravishda qayta hisob-kitob qilinib, qarzdorlik bazadan chiqarilgan.

    O. Fayzullayev Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi Temiryo‘l hududi elektr hisoblagichlarni almashtirish elektromontyori vazifasida ishlab kelgan. Faoliyati davomida O.Fayzullayev ham unga yuklatilgan xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashib, qator qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani aniqlangan.

    Jumladan, 2020-yil 12-noyabr kuni Samarqand shahar Abu Bakr Roziy ko‘chasi 26-uy, 51-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Rahimovga nisbatan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzgani uchun dalolatnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, noqonuniy iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun 7,9 million so‘m qarzdorlik hisoblangan. O.Fayzullayev tomonidan mazkur qarzdorlik noqonuniy tarzda xatlov qilingan bo‘lib, qarzdorlik bazadan chiqarilgan.

    Akbar Ahrorov Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi Siyob hududi korxonalar bilan ishlash muhandisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. 2020-yil 26-sentabr kuni Samarqand shahar G‘ijduvon ko‘chasi 19-uyda yashovchi fuqaro F.Toshtemirovga nisbatan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzgani uchun dalolatnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, noqonuniy iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun 2,2 million so‘m qarzdorlik hisoblangan. Fuqaro F.Toshtemirov A.Ahrorovga murojaat qilgan, u fuqaroning uyiga ishchilarini jo‘natgani hamda ular 1,1 million so‘m evaziga elektr hisoblagichni to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab bergani aniqlangan.

    “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan xizmat tekshiruvi davomida bu kabi qonunbuzilish holatlari yuqorida ismi-sharifi qayd qilingan barcha xodimlar faoliyatida aniqlangan. Tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlariga huquqiy baho berish uchun viloyat huquqni himoya qilish organlariga yo‘naltirilgan.

    Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur fuqarolarga nisbatan bugungi kunda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov jarayoni olib borilmoqda.

    Viloyat elektr tarmoqlari korxonasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobchisi U.Mallayev ham o‘z faoliyatida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani, jumladan, korxona rahbarining xabari va roziligisiz U.Mallayev korxona hisobidan pul mablag‘larini xarajat qilgani aniqlangan.

    “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xodimlarni o‘z vazifasidan bo‘shatishda Mehnat kodeksining 100, 102 va 108-moddalari (mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish, mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish, mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berish) talablariga rioya qilinmagani ta’kidlangan.

    Yuqorida nomlari keltirilgan fuqarolarning barchasi Mehnat kodeksining 100-moddasiga asosan mehnat intizomini qo‘pol ravishda buzgani sababli vazifasidan ozod qilingan.

    Mazkur xodimlar “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan ogohlantirish xatlari va buyruqlar bilan tanishish hamda buyruq nushasini va mehnat daftarchasini olib ketish uchun chaqirtirilganda, kelmagani sababli amaldagi qonunchilik talablari asosida pochta aloqasi orqali ogohlantirish xatlari xodimlarning uy manzillariga yuborilgan.

    Avvalroq Navoiyda koronavirusga qarshi emlanmagan 20 nafar o‘qituvchini ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan direktor javobgarlikka tortilgani, Qashqadaryoda obodonlashtirish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning 171 nafar xodimiga ish haqi to‘lanmay kelgani aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:Namanganda ichki ishlar vaziriga murojaat yo‘llagan sobiq profilaktika inspektoriga nisbatan jinoiy ish ochildi. U 81 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

    26.11.2021, 13:30   Izoh (0)   18157
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 27-noyabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda

    26.11.2021, 13:15

    Andijonda qo‘shnisining 9 yoshli qizini o‘ldirganlikda ayblangan, ammo viloyat sudi tomonidan oqlangan ayol Oliy sudga protest kiritilgach yana jazoga tortildi

    26.11.2021, 12:07

    Shavkat Mirziyoyev Rossiyada kon portlashi oqibatida yuz bergan fojia munosabati bilan Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi

    26.11.2021, 11:37

    O‘zbekistonda retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati yangilanadi

    26.11.2021, 11:22

    Video: Qamchiq dovonidagi yo‘l qordan tozalanmoqda

    26.11.2021, 10:54

    Farg‘onadagi bog‘chadan erkak kishining jasadi topildi. U is gazidan zaharlangan bo‘lishi mumkin

    26.11.2021, 10:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. Messining jarimadan kiritgan goli “Inter Mayami”ga g‘alaba taqdim etdi, “PSJ” esa kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi (video)

    Sport | 20 iyun, 08:45

    Eron tashqi ishlar vaziriga suiqasdning oldi olindi

    Dunyo | 20 iyun, 08:27

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.