Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Eko-hayot” MChJ tomonidan xodimlarga oylik ish haqi berilmagani aytilgan xabar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi gazni qayta ishlash zavodining qariyb 60 gektar hududi tozaligiga javob beradigan “Eko-hayot” MChJ xodimlariga ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmayotgani yuzasidan videolavha tarqaldi.

Ishchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, qachon hokimlikka shikoyat qilib borishsa, oylik berib kelingan, oxirgi vaqtlarda hokimlik ham ularni tinglamay qo‘ygan. Maosh nima sababdan kechiktirilayotganiga oydinlik kiritish maqsadida tashkilot rahbari bilan bog‘lanilgan, ammo u uchrashuvdan bosh tortgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash yetakchi muhandisi Ismoil Tilakovning ta’kidlashicha, zavodning obodonlashtirish xizmatlarini ko‘rsatadigan “Eko-hayot” tashkiloti oldida muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emas.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lum qilishicha, “Eko-hayot” MChJ tomonidan fuqaro T.Shomirzayev va jamiyatning 171 nafar ishchi va xizmatchilarining 2021-yil avgust oyi ish haqlari to‘liq, sentabr oyi ish haqining esa 55 foizi 28-oktabr kuni to‘lab berilgan.

Shuningdek, jamiyat tomonidan fuqaro T.Shomirzayevning 2021-yil sentabr oyi ish haqining 45 foizi va oktabr oyi ish haqi jami 1 711 386 so‘m hamda jamiyatning 171 nafar ishchi va xizmatchilarining 222 275 857 so‘m miqdoridagi ish haqlari Mehnat kodeksining 154-, 161-moddalari (mehnatga haq to‘lash kafolatlari, mehnatga haq to‘lash muddatlari) talabiga ko‘ra to‘lab berilmagani aniqlangan. Mazkur ish haqlarini undirish masalasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Avvalroq Andijonda uyida obodonlashtirish xodimlarini majburan ishlatgan prokuror ishdan olingani, Andijon va Jizzax neft bazalari sobiq rahbarlariga oid jinoyat ishi sudga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak