• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashdi

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 19-noyabr kuni tashrif bilan Rossiyaga keldi.

    Oliy darajadagi muzokaralar Kremlda bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Vladimir Putin uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyevni samimiy qutlab, prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan yana bir bor tabrikladi va kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

    “O‘zbekiston nafaqat eng yaqin qo‘shnimiz, balki ittifoqdoshimizdir. Biz O‘zbekistonni aynan shunday qabul qilamiz. Bu yirik mintaqaviy davlat bo‘lib, bizlarni tarix nuqtayi nazaridan ham, bugungi kunda ham ko‘plab jihatlar bog‘lab turadi.

    Bugun O‘zbekiston tovar ayirboshlash hajmining 18 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda. Tovar ayirboshlash ko‘paymoqda: pandemiyaga qaramay, o‘tgan yili 15 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu ko‘rsatkich hatto murakkab davrda ham hamkorlik qilayotganimizni, hamkorligimiz muvaffaqiyatli kechayotganini aniq-ravshan ko‘rsatib turibdi.

    Bugun ham birgalikdagi ishlarimiz mintaqaviy formatda, davlatlararo shaklda barcha yo‘nalishlarda davom etmoqda. Iqtisodiyot, gumanitar aloqalar, transport infratuzilmasi shular jumlasidan. Bu borada birgalikda ishlashimiz uchun katta maydon mavjud, ikkimiz muhokama qilib olishimiz lozim bo‘lgan masalalar juda ko‘p”, — dedi Rossiya prezidenti.

    Davlat rahbari Rossiya prezidentiga taklif va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

    “Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, keyingi yillarda munosabatlarimizda chinakam ulkan yutuqlarga erishildi – bunday ko‘rsatkichlar ilgari bo‘lmagan. Siz aytganingizdek, tovar ayirboshlash ortmoqda: to‘qqiz oy yakunida besh milliardni tashkil etdi, yil oxirida yetti milliard bo‘ladi. Munosabatlarimizda bunday raqam ilgari kuzatilmagan.

    Bosh vazirlar boshchiligidagi hukumatlararo komissiya juda jiddiy ishlamoqda – siz qo‘llab-quvvatladingiz va jiddiy natijalarga erishilmoqda. Tashrifdan avval juda salmoqli ishlar qilindi. Uchta katta tadbir: hududlar, ta’lim va media forumlari o‘tkazildi.

    Natijalarga kelsak, bugun 14 milliard dollarlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, hududlararo forum doirasida. Uch yil avval siz bilan ushbu forumni boshlayotganimizda bunday tadbirlar yo‘q edi. Natija esa katta: hududlar uchrashmoqda, hamkorligimizga katta turtki bermoqda.

    Bugungi uchrashuvimiz hududlararo aloqalar, ikki tomonlama hamkorlik, xavfsizlik masalalari, Afg‘oniston masalasini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyatdir, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Umuman, prezidentlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan munosabatlar yuksak darajaga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

    Muzokaralarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Keyingi yillarda ushbu sohalarda chinakam ulkan yutuqlarga erishildi. Bosh vazirlar darajasidagi qo‘shma komissiya hamda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari muntazam o‘tkazilmoqda. Hududlar o‘rtasida yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Birgina 2021-yilda yuqori darajadagi 50 ta o‘zaro tashrif tashkillashtirildi.

    2020-yilda o‘zaro savdo hajmi 5,6 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, joriy yilning 10 oyida ushbu ko‘rsatkich 6 milliard yetib, yil yakuniga qadar 7 milliard dollarga yaqinlashishi kutilmoqda.

    Keyingi to‘rt yilda O‘zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobarga ko‘payib, qariyb 3 mingtani tashkil etmoqda.

    O‘zbekiston iqtisodiyotida Rossiyadan jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi va jadal o‘sishda davom etmoqda. Umumiy qiymati 14 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda.

    Prezidentlar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan holda investitsiyaviy hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

    Bunda O‘zbekiston rahbarining tashrifi arafasida o‘tkazilgan II Hududlararo hamkorlik forumi natijalari ham muhim o‘rin tutadi. Zero, forum yakunida sanoat, energetika, transport va farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatiga doir yangi bitim va shartnomalar imzolandi.

    Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta zaxiralar borligini qayd etdi. Shu munosabat bilan ustuvor sohalarda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

    Davlat rahbarlari madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratdilar.

    2021-yil may oyida Buxoroda Rektorlar anjumani, 16—17-noyabr kunlari esa Moskvada ikkinchi Ta’lim forumi o‘tkazilgani ta’kidlandi. Forum yakunida sheriklikning yangi yo‘nalishlariga doir 35 dan ortiq bitimlar imzolandi.

    Bugun Rossiya oliy ta’lim muassasalarining eng ko‘p xorijiy filiallari O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda ularning soni 15 tani tashkil etmoqda, shundan 12 tasi keyingi to‘rt yilda ochilgan.

    Sog‘liqni saqlash sohasida ham yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Rossiyalik hamkorlar ko‘magida O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish tashkil etildi, Toshkentda Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti filialini ochish ishlari yakuniga yetdi.

    Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik tomonlarni qiziqtirgan masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

    Mamlakatlar tashqi siyosat va mudofaa idoralari o‘rtasidagi ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari va Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

    Rossiya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi muhim sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

    Davlat rahbarlari BMT, MDH, ShHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

    Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan suhbat yakunida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida qat’iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladi.

    Muzokaralar yakunida prezidentlar Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Tashrif doirasida jami 18 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston va Rossiya rubldagi hisob-kitoblarga o‘tishi mumkin

    19.11.2021, 21:26   Izoh (0)   27366
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz”: Rossiyaning qator moliyaviy institutlari bilan 257,3 mln dollar miqdorida hamkorlik shartnomalari imzolandi

    19.11.2021, 21:25

    Sirdaryoda 1600 MVt quvvatga ega yangi issiqlik elektr stansiyasi quriladi

    19.11.2021, 20:57

    “O‘zbekneftgaz” AJ va Rossiyaning VEB.RF banki o‘rtasida 40 mln yevrolik kelishuv shartnomasi imzolandi

    19.11.2021, 20:35

    O‘zbekistonda vaksina olmagan xodimlarni ishdan chetlashtirish tartibi haqida ma’lumot berildi

    19.11.2021, 20:10

    Surxondaryoda omonatga qo‘yilgan 566 mln so‘mni talon-toroj qilgan sobiq bank xodimiga jinoyat ishi ochildi

    19.11.2021, 19:09

    Toshkent 2025-yilda yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

    19.11.2021, 18:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.