Daryo

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

Davlat rahbarini “Vnukovo-2” aeroportida Rossiya prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi

1 daqiqa o‘qish84 714 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 19-noyabr kuni tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketgandi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbari Moskvaga yetib borganini ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, “Vnukovo-2” aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Rossiya prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Kremlga yo‘l oldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Rossiya TIV matbuot xizmati tashrif davomida har ikki davlat o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolanishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar