Surxondaryoda fuqarolarning omonatga qo‘ygan mablag‘ini o‘zlashtirgan sobiq bank bo‘lim boshlig‘ining kirdikorlari fosh bo‘ldi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” tuman filialining murojaatiga asosan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.
Tekshiruvda filialning chakana xizmatlari sobiq bo‘lim boshlig‘i J.T. 9 nafar fuqaroning omonatga qo‘yish uchun topshirgan jami 566 mln so‘m naqd pullarini omonat hisob raqamlariga qo‘ymasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib, talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Chiroqchida bankirlar 119 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan salkam 1 milliard so‘mni o‘zlashtirgani, Surxondaryoda 741 mln so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan viloyat perinatal markazi mutasaddilariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Andijonda bankomatlardan noqonuniy ravishda 345,5 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank xodimiga jinoyat ishi ochildi
- Buxoroda bandlik markazi mansabdorlari 134 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-taroj qilgani ma’lum bo‘ldi
- Andijonda 50 nafar kam ta’minlangan fuqaroga ajratilgan mablag‘lar talon-toroj qilingani aniqlandi
Izoh (0)