Afinada ish tashlashlar tufayli jamoat transportlarining harakati to‘xtab qoldi, deb xabar beradi “Izvestiya”.
Ma’lum qilinishicha, metro va tramvay ishchilari 41 yoshli xodimning fojiali o‘limiga qarshi norozilik bildirmoqda. Ular mehnatni muhofaza qilish choralarini kuchaytirishni talab qilib, 24 soatli ish tashlashni e’lon qilgan.
Ta’kidlanishicha, ish tashlash sababli avtobus va trolleybuslar bir necha soatga to‘xtab qolgan, shu bilan birga, avtobuslar faqat soat 09:00 dan soat 21:00 ga qadar yuradi, trolleybuslarning haydovchilari esa mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan soat 15:00 ga qadar ish tashlashni davom ettiradi. Shuningdek, tramvay va metro ham ishlamaydi.
Afinada baxtsiz hodisa yerusti metro liniyasida sodir bo‘lgan. 16-noyabr kuni tormoz buzilgani sabab temiryo‘l vagoni poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida uch nafar xodim jarohat olgan, ulardan biri keyinroq vafot etgan.
Metro ishchilari Pireya portidagi Cosko pirsida (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joy) sodir bo‘lgan yana bir sanoat fojiasini eslab o‘tgan va avariya sabablarini to‘liq o‘rganishni hamda aybdorlar jazolashni talab qilmoqda.
O‘z navbatida Gretsiya politsiyasi ish tashlashlar tufayli oyning juft sanali kunlarida juft sonli raqamlarga ega, toq kunlarda — toq raqamli mashinalarning Afina markaziga kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilgan. Qayd etilishicha, ish tashlashlar sabab shaharning ko‘plab yo‘llarida harakatlanish qiyinlashgan.
Izoh (0)