“O‘zbekiston temir yo‘llari” 2021-yilning 1-noyabridan respublikaga import tashuvlarida xomashyo tashish uchun 25 foizlik chegirma joriy qilmoqda. Bu haqda kompaniyaning axborot xizmati xabar qildi.
Bu ro‘yxatga kimyo, oziq-ovqat va sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladigan 114 turdagi xomashyo kiritilgan. Ular orasida grechka, kakao doni, xlorid, sianid, turli bo‘yoq, antioksidant va boshqalar mavjud.
Ma’lum qilinishicha, chegirma mahalliy ishlab chiqaruvchilarning qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilmoqda.
25 foizlik chegirmaga ega bo‘lgan tovarlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Izoh (0)