• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odamga aylandi

    Tesla aksiyalari qiymatining o‘sishi tufayli Ilon Maskning boyligi ma’lum vaqt davomida 300 milliard dollarga yaqin bo‘lib turdi, bu esa uni Forbes reytinglari tarixidagi eng boy odamga aylantirdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    25-oktabr, dushanba kuni bozorlar yopilishida uning jami aktivlari 271,3 milliard dollarni tashkil etdi, bu 22-oktabr, juma kungi savdolar yakuniga nisbatan qariyb 41,7 milliard dollarga ko‘p.

    Real vaqt rejimida yangilanadigan Forbes Real Time reytingida 26-oktabr kuni Maskning boyligi 254,9 milliard dollarga tushgani qayd etilgan. Shunga qaramay, uning bundan oldin erishgan darajasi hali ham rekord bo‘lib qolmoqda. Avval Forbes reytingi tarixidagi eng boy odam Amazon asoschisi va sobiq bosh direktori Jeff Bezos bo‘lgan edi. Amazon aksiyalari narxi iyul oyida eng yuqori cho‘qqiga chiqqanida uning boyligi 212 milliard dollarga ko‘tarilgan, hozir esa 196,5 milliard dollarga baholanmoqda.

    Forbes talqini bo‘yicha eng boy odamlarning birinchi reytingi 1918-yilda paydo bo‘lgan, o‘shanda nashr 30 ta eng badavlat amerikaliklarning mol-mulkini baholagan. O‘shanda Jon Rokfeller 1,2 milliard dollarlik boylik bilan yetakchiga aylangan (inflyatsiyani hisobga olgan holda 2021-yilda bu miqdor 21 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lardi).

    1982-yilda jurnal muntazam ravishda birinchi Forbes 400 (eng boy 400 amerikalik ro‘yxati) bilan reytinglar tuzishni boshladi. 1987-yilda sayyoramizdagi eng katta boylik egalarining birinchi ro‘yxati (The World’s Billionaires) e’lon qilindi. O‘sha paytda unga 20 milliard dollarlik boyligi bilan yaponiyalik magnat Sutsumi Yosiaki (hozirgi dollar kursi bo‘yicha taxminan 47 milliard dollar) boshchilik qilgan.

    1997-yildan 2008-yilgacha dunyoning eng boy odamlari reytingida Microsoft asoschisi Bill Geyts birinchi o‘rinda turgan. Reytingning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan paytda uning boyligi 36,4 milliard dollarga baholangan (2021-yil kursi bo‘yicha taxminan 60 milliard dollar). 2008-yilda, global moliyaviy inqiroz boshlanganidan so‘ng, Geyts uchinchi o‘ringa tushib ketdi, investor Uorren Baffet reyting yetakchisiga aylandi (62 milliard dollar yoki hozirgi kurs bo‘yicha 77 milliard dollar boylik bilan). 2009-yilda va 2014-yildan 2017-yilgacha Bill Geyts yana birinchi o‘rinni egalladi. 2010—2013-yillarda u meksikalik magnat Karlos Slimdan o‘zib ketdi. Forbes reytingida yetakchilik qilgan vaqtlarda Slimning boyligiga berilgan eng yuqori baho — 2011-yilda 74 milliard dollar (2021-yil kursi bo‘yicha 88 milliard dollar) edi.

    2018-yilda Amazon asoschisi Jeff Bezos ilk bor reytingda birinchi o‘rinni egalladi. U keyingi uch yil davomida o‘z pozitsiyasini mustahkamladi. The World’s Billionaires’ning 2021-yil uchun klassik reytingida (yiliga bir marta tuziladi) uning boyligi 177 milliard dollarga baholangan.

    Dunyodagi eng boy odamlarning yana bir reytingi Bloomberg agentligining hisob-kitoblariga asoslanadi. Bloomberg Real Time Billionaires ro‘yxati har kuni yangilanadi. 26-oktabr holatiga ko‘ra, agentlik Ilon Maskning boyligini 289 milliard dollarga, Jeff Bezosniki esa 193 milliard dollarga baholagan.

    Tesla aksiyalari yangi hisobotlar e’lon qilinganidan keyin ko‘tarila boshladi. 25-oktabrda ma’lum vaqt kompaniyaning bozor kapitallashuvi hatto 1 trillion dollarlik chegarani ham buzishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkichga erishishga Hertz avtoulovlarni ijaraga berish servisi uchun 100 mingta elektromobil yetkazib berish kelishuvi haqidagi xabarlar yordam berdi.

    Mavzuga doir:

    • Ilon Mask Berlinda Tesla zavodi ochilishi munosabati bilan 9 ming kishiga bazm uyushtirdi
    • Tesla bosh ofisi Kaliforniyadan Texasga ko‘chiriladi
    • Ilon Maskning boyligi 200 mlrd dollardan oshdi va u yana dunyoning eng boy odamiga aylandi
    • Mask dunyoning eng badavlat insoniga aylangach, Bezosga 2 raqami tushirilgan ulkan haykal va kumush medal yubordi

    27.10.2021, 14:55   Izoh (0)   24656
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy AQShni Tayvan bilan rasmiy aloqalarini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

    27.10.2021, 14:25

    Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hukumat tarkibini yangiladi

    27.10.2021, 13:54

    AQSh KXDRga nisbatan dushmanlik niyati yo‘qligini ma’lum qildi

    27.10.2021, 13:23

    Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari Oslodagi taqdirlash marosimiga taklif etildi

    27.10.2021, 10:58

    Harbiylar tomonidan hibsga olingan Sudan bosh vaziri bir sutkadan so‘ng uyiga qaytdi

    27.10.2021, 10:43

    Braziliya senatorlari koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab prezident Bolsonaruga qarshi ayblovni ma’qulladi

    27.10.2021, 09:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.