Daryo

Tesla bosh ofisi Kaliforniyadan Texasga ko‘chiriladi

Bu haqda kompaniya bosh direktori va asoschisi Ilon Mask e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish23 711 ko‘rishlar0 izoh0

AQShda elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining shtab-kvartirasi Kaliforniya shtatining Kremniy vodiysidagi Palo-Alto shahridan Texas shtatining Ostin shahriga ko‘chiriladi. Kompaniya bosh ofisining boshqa joyga ko‘chirilishi haqida uning bosh direktori va asoschisi Ilon Mask aksiyadorlarning yillik yig‘ilishida e’lon qildi, deb yozadi CNBC.

Foto: Getty Images

Telekanal Tesla Ostinda avtomobil yig‘ish zavodini qurayotganini eslatib o‘tdi. “Ochig‘ini aytganda, biz Kaliforniyadagi operatsiyalarimizni kengaytirishda davom etamiz”, — dedi Mask, shuningdek, kompaniya Fremont va “Giga Nevada”dagi mavjud inshootlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Ostin meri Stiv Adler elektron maktubida Maskning qaroriga izoh berib, rasmiylar Tesla’ni “uyidagidek” qarshi olishini yozgan.

Mask kompaniyani Kaliforniyadan Texasga ko‘chirishni rejalashtirayotgani haqida CNBC dekabr oyida xabar bergandi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor tez-tez Texasga tashrif buyurib, ko‘p vaqtini Ostinda o‘tkazgan. Shaharda Tesla filialidan tashqari, Maskning Boring kompaniyasi  joylashgan bo‘lib, u infratuzilma va tunnellar qurish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Mask sohil bo‘yidagi Boka-Chika qishlog‘iga tashrif buyurgan. U yerda o‘zi asos solgan yana bir korporatsiya — SpaceX joylashgan. Telekanal Maskning asosiy yashash joyi Los-Anjeles ekanini aytgan.

Kaliforniya AQShdagi daromad solig‘i bo‘yicha eng yuqori stavkaga ega shtat, shuning uchun shtab-kvartiraning ko‘chib o‘tishi “Maskning milliardlab dollarlarini tejashi mumkin”, deb yozadi CNBC. Texasda bu ko‘rsatkich nolga teng.

May oyida Mask Kaliforniyadagi Tesla avtomobil va butlovchi qismlari zavodi joylashgan Alamida okrugining COVID-19 pandemiyasi tufayli kompaniyalarga joriy qilingan taqiqlarni uzaytirish haqidagi qarorini tanqid qilgandi. Hukumat bu qarorni qabul qilganda, Mask Tesla’ning shtab-kvartirasini bu shtatdan Nevada yoki Texasga ko‘chirish bilan tahdid qildi va ushbu qaror uning uchun oxirgi chora ekanini qo‘shimcha qildi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar