Daryo

Ilon Maskning boyligi 200 mlrd dollardan oshdi va u yana dunyoning eng boy odamiga aylandi

Tesla aksiyalarining qimmatlashishi tufayli Maskning boyligi 27-sentabr kuni 3,8 milliard dollarga o‘sdi va bozor yakunida 203,4 milliardni tashkil etdi

1 daqiqa o‘qish36 194 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Forbes’ning real vaqt rejimida tuziladigan dunyoning eng boy kishilari reytingida Ilon Mask birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Foto: Reuters

Tesla aksiyalarining qimmatlashishi tufayli Maskning boyligi 27-sentabr kuni 3,8 milliard dollarga o‘sdi va bozor yakunida 203,4 milliardni tashkil etdi.

Amazon asoschisi Jeff Bezos ikkinchi o‘ringa tushib qoldi, uning boyligi ayni paytda Forbes tomonidan 197,7 milliard dollarga baholanmoqda. Uchinchi o‘rinda Louis Vuitton Moet Hennessy rahbari Bernard Arno turibdi, uning kapitali 175,2 milliard dollarga teng.

Forbes Real-Time reytingi yirik kompaniyalar aksiyalarining joriy qiymatiga qarab real vaqt rejimida yangilanadi. Shu sababli, undagi milliarderlarning o‘rni doimiy ravishda almashmoqda, chunki ular egalik qiladigan kompaniyalar aksiyalarining bir necha foizga oshishi yoki tushishi ularning reytingdagi maqomini birdaniga milliardlab dollarga avtomatik ravishda ko‘taradi yoki pasaytiradi.

Mask Forbes Real-Time reytingida boyligi 200 milliard dollardan oshgan tarixdagi uchinchi shaxsga aylandi (Bezos va Arnodan keyin). Mask, Bezos va Arno so‘nggi bir necha oy ichida bu reytingda bir necha bor birinchi o‘rinni egallagan.

Yanvar boshida ham Ilon Mask Jeff Bezosni ortda qoldirib dunyodagi eng boy biznesmenga aylangandi. Keyinroq ikkinchi o‘ringa, may oyida esa Bloomberg Billionaires Index versiyasiga ko‘ra, uchinchi o‘ringa tushib qolgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar