• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Jahon chempionatida 2-o‘rinni egallagan yosh sambochilar, yana Messi bilan birlashishi mumkin bo‘lgan Aguero va “Oltin to‘p” uchun tanlovini aytgan de Bryuyne. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 18-oktabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Yosh sambochilar Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi

    Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

    Sambo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi 15—17-oktabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni oldi. Birinchi pog‘onadan Rossiya terma jamoasi joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Ukraina vakillari yakun yasab berdi, deb yozmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

    Shu tariqa o‘zbek sambochilari ilk marotaba Jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bungacha sambochilarning bunday Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi uchinchi pog‘ona bo‘lgandi.

    Terma jamoa jahon birinchiligi yakuniga ko‘ra 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza, umumiy hisobda 17 ta medal qo‘lga kiritdi.

    Buxoroda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

    Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

    Buxoro shahrida 10—16-oktabr kunlari boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Musobaqada mamlakatning barcha hududlaridan jami 362 nafar bokschi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.

    Musobaqada umumjamoa hisobida mezbon Buxoro viloyati vakillari 1-o‘rinni egalladi. Ular 4 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medalga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Andijon va Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoalari egalladi.

    U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi o‘yinlar Toshkentda o‘tkaziladi

    23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi doirasidagi D guruhi o‘yinlari Toshkentda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

    Kuvayt futbol assotsiatsiyasi saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlarni qabul qilishni rad etgach, ushbu o‘yinlar Toshkentda o‘tkaziladigan bo‘lgan, dastlabki o‘yinlar 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

    Ma’lumot uchun, D guruhidan Saudiya Arabistoni, Bangladesh va O‘zbekiston o‘rin olgan.

    Jahon

    “Nyukasl”ni boshqarishga asosiy nomzodlar aniqlandi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Saudiya Arabistoni fondi tomonidan sotib olingan “Nyukasl” yangi bosh murabbiy qidirishda davom etmoqda.

    The Times nashrining yozishicha, ushbu lavozimga asosiy nomzod sifatida “Reynjers”ni boshqarib borayotgan Stiven Jerrard, Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines va “Vilyarreal” ustozi Unai Emeri ko‘rilmoqda.

    Qayd etilishicha, klub rahbariyati ushbu haftada yangi murabbiy masalasida ish olib boradi.

    Neymar va yana jamoaning ikki yetakchisi “PSJ”ning “Leypsig”ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “PSJ” futbolchilari Neymar, Leandro Paredes va Serxio Ramos jarohatlar tufayli jamoaning yaqin oradagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

    Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Neymar Braziliya terma jamoasi yig‘inidan son mushaklaridagi og‘riq bilan qaytgan. Uning tiklanishiga bir necha kun ketadi va futbolchi Chempionlar Ligasi doirasidagi “Leypsig”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, argentinalik Paredes ham terma jamoa safida jarohat olgan, “PSJ”da hali debyut qilmagan Ramos esa hamon jarohatidan tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.

    “PSJ” — “Leypsig” uchrashuvi 19-oktabrdan 20-oktabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

    “PSJ” Serxio Agueroga qiziqmoqda

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “PSJ” “Barselona” hujumchisi Serxio Agueroni sotib olmoqchi.

    El Nacional’ga ko‘ra, Parij klubi 33 yoshli argentinalik uchun Mauro Ikardini taklif qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. Biroq manba “Barselona”ning bu kelishuvga qiziqish bildirmayotganini qo‘shimcha qilgan.

    Qayd etish kerak, Aguero yozda Lionel Messi bilan birga to‘p surish uchun “Barselona”ga o‘tgandi, biroq Messi “PSJ”ga yo‘l oldi. Agar Serxio Parij klubiga o‘tsa, yana Messi bilan bir jamoada to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    De Bryuyne “Oltin to‘p”ni Levandovskiga berishni taklif qildi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne “Oltin to‘p”ni kim olishi kerakligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    “Agar tanlashim kerak bo‘lsa, oxirgi ikki yilga qarab qaror qabul qilardim.

    Robert Levandovskini tanlagan bo‘lardim, chunki u ‘Bavariya’ safida juda ko‘p gol urdi va qator sovrinlarni qo‘lga kiritdi”, — deydi de Bryuyne.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    18.10.2021, 22:57   Izoh (0)   23320
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati saralash o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi

    18.10.2021, 22:15

    La Liga. “Barselona” 4 ta gol urilgan o‘yinda “Valensiya”ni taslim etdi

    18.10.2021, 02:01

    A Seriya. Eldor Shomurodov zaxiradan tushgan o‘yinda “Roma” Turinda “Yuventus”ga yutqazib qo‘ydi

    18.10.2021, 01:50

    APL. “Tottenhem” saudiyaliklar qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

    17.10.2021, 23:08

    “Oltin to‘p”—2021 ga kim haqliroq? Yilning eng muhim sovrini uchun kurashdagi 5 favorit

    17.10.2021, 21:50

    Bundesliga. “Bavariya” 8 daqiqa ichida 4 ta gol urib “Bayer”ni tor-mor etdi, Levandovski va Gnabrida dubl

    17.10.2021, 20:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.