Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 8-turida “Tottenhem” 17-oktabr, yakshanba kuni “Nyukasl” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq Kallum Uilson maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Bunga londonliklar tanaffusga qadar uchta to‘p bilan javob qaytardi. Tanguy Ndombele, Harri Keyn va Son Hyon Min gollaridan keyin hisob 1:3 ko‘rinishiga keldi.
83-daqiqada Jonjo Shelvining chetlatilishidan keyin “Nyukasl” bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. 89-daqiqada Erik Dayer o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va bu o‘yindagi so‘nggi gol bo‘lib qoldi.
“Shporlar” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 15 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Nyukasl” (3) esa 18-pog‘onada bormoqda.
APL
8-tur bahslari
17-oktabr, yakshanba
“Nyukasl” — “Tottenhem” 2:3
Gollar: 1:0 – 2 Uilson, 1:1 – 17 Ndombele, 1:2 – 22 Keyn, 1:3 – 45 Son Hyon Min, 2:3 – 89, avtogol Dayer.“Nyukasl”: Darlou, Mankilyo, Klark, Lassels, Sen-Maksimen, Ritchi, Heyden, Longstaff (Shelvi, 60), Uillok (Myorfi, 77), Uilson (Freyzer, 77), Joelinton.
“Tottenhem”: Lyoris, Emerson, Dayer, Romero, Regilon, Skipp, Hyoybyerg, Ndombele, Lukas Moura, Son Hyon Min, Keyn.
Ogohlantirishlar: Longstaff (34), Klark (54), Emerson (64), Heyden (68), Shelvi (78), Joelinton (90).
Chetlatish: Shelvi (83).
Izoh (0)