• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xarajatlarimizni bog‘ga kirish uchun pul olmay qoplamoqchimiz”. Tashkent City ma’muriyati parkka kirish nega bepul qilinganiga izoh berdi

    Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi 2021-yil 14-oktabrdan Tashkent City bog‘i hududiga kirish bepul bo‘lganini e’lon qildi. Direksiya rahbari Bahrom Rizayev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyuda bog‘ga kirish nega bepul qilinganiga izoh berdi.

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Uning aytishicha, Tashkent City tizimida parkni boshqarish kompaniyasi bor. Ushbu kompaniya yangi strategiyani ishlab chiqqan. Bu bo‘yicha parkda — ochiq havoda festival, ko‘rgazmalar, ommaviy dasturlar tayyorlanadi va o‘tkaziladi. Shu ishlardan tushgan mablag‘lar park xarajatlarini qoplashga sarflanadi.

    “Qandaydir yo‘l bilan odamlarni jalb qilib, servislarni ko‘paytirib, biror tadbirlar o‘tkazish va shularning orqasidan pul ishlab, xarajatlarni qoplashga harakat qilyapmiz. Ya’ni, kelib-ketadigan odamlarga zarar qilmay, kirishga pul olmay, o‘z xarajatlarimizni qoplash masalasini o‘ylayapmiz”, — dedi Bahrom Rizayev.

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Biroq, Tashkent City’ga kirish qachongacha bepul bo‘lishini aniq aytolmasligini bildirdi.

    “Kirish qachongacha bepul bo‘lishi haqida aniq sana aytolmaymiz. Parkni saqlab turish uchun oyiga 900 million so‘m atrofida malag‘ sarf etiladi. Park qurilishida ham, hozir ham budjetdan hech qanday pul aralashmagan. Bog‘ investorlardan tushgan mablag‘lar evaziga qurilgan. Biz uchun qandaydir alohida imtiyozlar yo‘q, hamma parklar qatori to‘lovlarni to‘laymiz”, — deb ta’kidladi u.

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning oktabr oyida Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City ochilishi munosabati bilan qilgan videomurojaatida “Bu — xalqimiz uchun. Bu joy — millatimiz uchun. Ilohim, millatimizga ushbu yaxshi joy buyursin! Xalqimiz kelib yayrasin! Farzandlari bilan o‘ynab-kulsin! Hammasi xalqimiz, O‘zbekiston xalqi uchun va aziz, mehribon millatimiz uchun!”, — deb aytgandi.

    2020-yil 17-dekabrdan boshlab Tashkent City bog‘iga bayram arafasi va Yangi yil kunlarida kirish pullik etib belgilandi. Bayram chiptalari narxi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 000 so‘m, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 000 so‘m, pensionerlarga — 5 000 so‘m (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda), nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 000 so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda) etib belgilandi.

    O‘shanda Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik direksiyasi rahbari jurnalistlarning bog‘ga kirish nima uchun pullik bo‘lgani haqidagi savollariga javob berib, “pullik rejim bir oyga rejalashtirgani”ni ma’lum qilgandi. “Agar jamoatchilikning salbiy e’tirozlariga sabab bo‘lsa, keyin pullik rejim bekor qilinadimi?” degan savolga esa aniq bir javob bermagandi.

    Dastlabki reja bo‘yicha, pullik kirish tartibi 10-yanvarga qadar davom etishi kerak edi. Biroq 11-yanvar kuni Bahrom Rizayev pullik kirish tartibini 31-martga qadar uzaytirish to‘g‘risida buyruq chiqardi. Shundan buyon bog‘ga kirish pullik bo‘lib kelayotgandi. Buyruqda pullik kirish tartibi park faoliyatini saqlab turish xarajatlarini hamda bog‘ infratuzilma va obyektlarini 2021-yilgi mavsumga tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida uzaytirilgani aytilgan.

    14.10.2021, 19:55   Izoh (0)   16983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangandagi mehribonlik uyini oxirgi 5 nafar bola tark etdi. Bu dargohda endi tarbiyalanuvchilar qolmadi (foto va video)

    14.10.2021, 19:25

    Buxoroda “Volga”ning gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

    14.10.2021, 19:09

    Samarqandda tadbirkorlarning qariyb 550 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

    14.10.2021, 18:43

    Qarshida qum ortilgan Howo yuk mashinasi ag‘darilib, Nexia va Spark’ka ham zarar yetdi

    14.10.2021, 18:12

    Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun 4 ta maxsus poyezd reysi qo‘yiladi

    14.10.2021, 17:42

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    14.10.2021, 17:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.