Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bugun, 12-oktyabr kuni Tashkent City xalq uchun rasman ochilganini ma’lum qildi.
“Qadrli va aziz xalqimiz! Bugun Tashkent City’ning ochilish kunida o‘tiribmiz. Hammangizni ertadan boshlab Tashkent City’ga kelishingizni, Parkini ko‘rib, hordiq chiqarishingizni, oilangiz bilan mazza qilib, Toshkentimizning keyingi etapdagi yana bir yutug‘ini ko‘rishingizni tilab qolamiz. Taklif qilamiz!
Bu — xalqimiz uchun. Bu joy — millatimiz uchun. Ilohim, millatimizga ushbu yaxshi joy buyursin! Xalqimiz kelib, yayrasin! Farzandlari bilan o‘ynab, kulsin! Hammasi xalqimiz, O‘zbekiston xalqi uchun va aziz, mehribon millatimiz uchun!”, – deydi Toshkent hokimi o‘z videomurojaatida.
Tashkent City 2018-yildan qurilishi boshlangan bo‘lib, barcha obyektlar 2021-yilgacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)