• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ona tilisiz xalq chirog‘i o‘chgan xalq

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Ona tilisiz xalq chirog‘i o‘chgan xalq

    Ilyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Ilyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Inson bir umr o‘zi bilib bilmagan holda ertasidan nimadir kutib yashaydi. To tomirlarida qon qaynab turar ekan, bu umid uni tark etmaydi. Chin millat kishisi keng doirada mushohada yuritadi, o‘tmishiga suyanib, kelajagiga ishonib amaliya ko‘rsatadi.

    Kechagina “zo‘rlik bilan qilinadigan zulm o‘rnini pora olgan, ijtimoiy xalqimizning eng asosiy vositasi qilich emas, pul bo‘lib qolgan” (Marks, Engels) bizning davrda bugun qayta qurish mevalariga haqiqat, adolat ziyolariga tashna millatimiz vakillari ona tilimiz taqdiri uchun kurashmoqdalar. Uning mustaqilligi uchun jon fido qilishga ham tayyor holatdalar. Zero, millatning millat sifatidagi birinchi alomati TIL! Buni Sharq fozil-u donish — faylasuflari ham, G‘arb marksistlari ham birdek tan olishgan.

    “Irqiy, qavmiy, jug‘rofiy, siyosiy, irodiy kuchlardan ustun keladigan va ularga hukm o‘tkazadigan, bizni millat so‘ziga bog‘lab turgan nadir?” — deb savol beradi buyuk shoir va olim Ziyo Ko‘kalp. Va bu savolga o‘zi shunday javob keltiradi: “Sotsiologiya ilmi shuni ta’kidlaydiki, bu bog‘lab turgan narsa — tarbiya, madaniyatda, ya’ni tuyg‘ularda ishtirok jarayonidir. Inson eng samimiy, eng ichki tuyg‘ularini pok tarbiya paytida oladi. To beshikda ekan, eshitgan allalari-la ona tilining ta’siri ostida o‘sadi. Natijada eng kuchli sevganimiz til — ona tilimizdir. Ruhimizga vujud bergan butun din, axloq va go‘zallikni o‘sha til vositasi-la olganmiz”.

    Millatning, xalqning kelajagi birinchi galda faqat ona tilga bog‘liqligini so‘zi boshqa, amaldagi ishi boshqa “mustabid shoh” Stalin ham rad etmaydi. U “Milliy masala va leninizm” asarida “… millionlarcha xalq ommasi madaniy, siyosiy va xo‘jalik taraqqiyoti bobida faqat ona tilida, milliy tilda yangidan yangi muvaffaqiyatlarga erisha oladi”, deb yozadi.

    Tarixdan ayon: qancha-qancha millatlar yo‘qolib ketganlar. O‘tmishidan nom-nishon qolmagan. Bunday xalqlarning uzoqlarni ko‘zlagan hayotiy g‘oyalari bo‘lmagan, buyuk sarvarlari bo‘lmagan, hamjihatliklari, totuvliklari bo‘lmagan. Kuch esa hamisha birlikda! Kuch bir-birini izzat-hurmat qilishda, sevishda, xalq sifatida o‘zini tarbiyalab boraverishda! Kamolotga intilmagan xalq — xalq emas!

    Albatta, men bu borada xalqning ma’naviy faoliyatini nazarda tutayapman. Qaysi bir xalq dunyodan yo‘qolib ketgan ekan, birinchi galda o‘sha xalqning ona tilisi yo‘qolgan!

    Bunga misol tariqasida insoniyat tarixidan hozircha bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimiy Shumer davlatini ko‘rsatish mumkin. Bu serquyosh o‘lka Mesopotamiya yerlarida joylashgan bo‘lib, Osiyoning ikki ulkan daryosi Dajla va Furotning suvi bilan ta’minlangan, unda olti ming yil avval qadimgi davrning buyuk sivilizatsiyasi — Shumer davlati vujudga kelgan. Shumerlar sivilizatsiyasi assiriylar, bobillar, okkadlar sivilizatsiyasidan keksaroqdir, san’ati, adabiyoti, yunonlarnikidan qadimiyroqdir. Pifagor teoremasini shumer matematiklari o‘sha paytdayoq isbot qilgan.

    Ana shu shumer xalqi tilidan bizga faqat “sopol kitob”larga bitilgan afsonaviy Nuh, aniqrog‘i, Bibliyadagi Nuh hamda Gilgamish haqidagi she’riy parchalargina yetib kelgan.

    Turkiy, ya’ni hozirgi tilimizning qadimiyligi haqida ko‘p gapirib o‘tirmayman. Va lekin Qutayba bosqinlaridan keyin ona tilimiz kelajagi uchun kurashgan buyuk tilshunosimiz Mahmud Koshg‘ariy nomini eslamay o‘tish nojoizdir. “Xudo davlat quyoshini turklar burjida yaratdi. Falakni ham shular mulkiga moslab aylantirdi. Ularni turk deb atadi, mulkka ega qildi, ularni zamonamizning xoqonlari qilib ko‘tardi. Zamon ahlining ixtiyor jilovini shular qo‘liga topshirdi, xalqqa bosh qildi, bularni to‘g‘ri yo‘lga yurishga qodir qildi. Bularga qarashli kishilarni g‘olib qildi. Ularga qarashli kishilar maqsadlariga yetib, beboshlar halokatidan qutuldi. Ularning o‘qlaridan saqlanmoq uchun ularning xatti-harakatlarini mahkam tutmoq har bir aqlli kishiga loyiq va munosibdir. Bularga yaqin bo‘lish uchun eng asosiy yo‘l — ularning tillarida so‘zlashishdir, chunki ular bu tilda so‘zlashuvchilarga yaxshi quloq soladilar, o‘zlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar. Hatto ular o‘z panohida turgan boshqalarning gunohini ham kechib yuboradilar” (“Devonu lug‘otit turk”dan).

    Ammo “zamonamiz xoqonlari” bobolarimiz asrlar davomida o‘z xoqonlik-hukmronlik davronlarida arab imlosiga o‘tilgan ona tilimizni, ya’ni davlat tilini fors tiliga almashtirib, siyosat yurgizib keldilar. Natijada Yassaviy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Otoyining sof tilini forsiy, arabiy so‘zlar “egallab” bordi.

    “Til — til arab ast, forsiy shakar ast, turkiy hunar ast” kabi iboralar ziyolilarning orasida matallashib ketishining boisi ham ana shundan. Buyuk Alisher Navoiyning ona tilimiz himoyasi “jangi”ga kirishining ham boisi ana shundan. Navoiy davrida fors tilida yozuvchilar shu darajaga yetdiki… “Har kiro dar dahon zabon boshad, Dar sanoi shohi jahon boshad”, ya’ni “Og‘zida tili bor har bir kimsa jahon shohiga hamd-u sano o‘qisin!” bo‘ldi.

    Keyinroq Zahiriddin Bobur ona tilimiz sofligi uchun kurashga harakat boshladi, hatto qadimiy turkiy imlomizni keng joriy qilish uchun “Xatti Boburiy” degan asar ham yozdi, biroq uni ommaviylashtirolmadi.

    Bugungi kunda adabiy jamoatchilik o‘rtasida gohi-gohida “tilimizni forschadan, arabchadan tozalash” haqida gap ketib qoladi. Ammo, mening nazarimda bu biryoqlama, xato qarashdir. Biz eski o‘zbek imlosiga qaytishimiz joizdir! “Biz tariximizdan uzilib qolgan xalqmiz… Hayotning past-u balandini tushunganimiz sari bu masala yuzaga chiqib qolayapti. U chuqurlashib boraveradi (“Guliston”, 1989-yil, 7-son.). Bitta Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida to‘plangan qo‘lyozmalar hozirgi kunda 18 ming tomdan oshib ketibdi.

    Til libosi — imlo! Tilimiz libosidan ayiruvchilar, ko‘pchilik ta’kidlaganidek, 30-yillarda paydo bo‘lgani yo‘q. Uning ildizi XIX asrning ikkinchi yarmidagi chor Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosatiga borib taqaladi.

    O‘ttiz besh yil Turkistonda yashagan, Samarqandga gubernatorlik qilgan chor ma’muri N. S. Likoshin (“Полжизни в Туркестане. Очерки бытa туземного население”. Санкт-Петербург, 1917 г.)ning yozishicha, Turkistonning sobiq general-gubernatori baron Vrevskiy 1891-yil o‘lka viloyatlari harbiy gubernatorlariga yo‘llagan maxfiy xatida quyidagi ko‘rsatmani bergan: “…ishni, janoblar, shunday tashkil qilish payti keldiki, mahalliy xalq (туземцы) rus va faqatgina rus maktabida ijtimoiy faoliyat va davlat xizmati uchun zarur bilimlar maskani va targ‘ibotchisi timsolini ko‘rishsin va ayni vaqtda an’anaviy maktab va madrasadan olgan bilimlarining hozirgi davlat va ijtimoiy tuzumga yaroqsizligini anglab yetishsin” (56—57-betlar). Qarangki, chor general-gubernatori tarixiy madaniyatimizni, ona tilimizda ta’lim olishni ochiqdan-ochiq taqiqlagan yoki milliy maktab-madrasalarni yopishni tavsiya qilmayapti, balki ularni faqatgina “ijtimoiy va ma’muriy faoliyatda keraksiz” qilib qo‘yishni maslahat beryapti. Yana shu yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan nashrda aytilishicha, N. P. Ostroumov tomonidan ishlab chiqilgan eski o‘zbek alifbosini kirill alifbosi bilan almashtirish plani bo‘lgan. Bu plan nimagadir o‘z paytida amalga oshirilmay qolgan.

    Ammo “…mamlakatda ona tilida ko‘p maktablar ochish kerak, ularni ona tilini biladigan o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlash kerak”, “…boshqaruv apparatlarining hammasini, partiya va kasaba soyuzlaridan tortib davlat va xo‘jalik apparatlarigacha milliylashtirish, ya’ni ularni tarkibi jihatidan milliy qilmoq kerak”, “…ona tilida matbuotni, teatrlar, kino va boshqa madaniy muassasalarni ko‘paytirmoq kerak…”, degan Stalin va u boshliq mahalliy “rahnamolar” uni ming libosda turlanib, boplab amalga oshirdilar. Bu siyosiy “o‘yin”lar oqimiga qarshi turganlarning taqdiri bugun barchaga ma’lum.

    Darhaqiqat, millat tili rivoji — millat maorifining rivojidir. Maorif rivojisiz hech bir millat, hech bir davlat tub tayanchga, yashab qolishdek poydevorga ega bo‘lolmaydi!

    Bizga ma’lumki, hozirgi kunda butun dunyo xalqlari havas bilan (ba’zilari hasad bilan) qarab turgan Yaponiya XX asr boshida faqat maorif vositasi orqali oz fursatda ulkan yuksalishlarga erishdi. Bu yuksalishning asosiy boisi o‘zining barcha kuch-qudratini maorif sohasiga yo‘naltirganligidadir. Buni Turkiya misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

    Maorif rivoji esa, ayonki, o‘zligini tanishga, milliy madaniyatni, milliy sanoatni rivojlantirishga, Vatanning ishlab chiqarish quvvatini oshirishga, davlat harakatlarini xalq orzu-intilishlari, murod-maqsadlari bilan birlashtirishga olib keladi.

    O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, to‘la ma’nodagi huquqsiz tilli xalqning kelajagi yo‘q! O‘zbeklarda “chirog‘i o‘chgan xalq” degan ibora bor. Zero, ona tilisiz xalq — chirog‘i o‘chgan xalq.

    Bugun oshkoralik, qayta qurish zamonida ko‘p millatlar, tillar borasida ham “dohiy”ga murojaat qilmoqda: “Kimki millat va tillarning teng huquqliligini e’tirof etmasa va himoya qilmasa, har qanday milliy zulmga yoki teng huquqsizlikka qarshi kurashmasa, unday kishi marksist emas, unday kishi hatto demokrat ham emas!” (“Milliy masala to‘g‘risida tanqidiy mulohazalar” maqolasidan).

    Haqiqat ayon: o‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilishi — zaruriyat!

    Azim Suyun“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, 1989-yil 15-sentabr

    Mavzuga doir:

    • Sharoit talabi. Til haqida mulohazalar
    • Tarqoq dard
    • Elimiz dard-u quvonchi — tilimiz

    04.10.2021, 21:20   Izoh (0)   14651
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maktabgacha ta’lim vazirligi Samarqanddagi bog‘chada yuz bergan yong‘in bo‘yicha ma’lumot berdi

    04.10.2021, 21:14

    “Cho‘lpon otilmagan, u bolta bilan chopib o‘ldirilgan”. Akademik Naim Karimov 4-oktabr fojiasi haqida

    04.10.2021, 20:39

    Chirchiq shahar hokimligi o‘zbek tilida gapirish targ‘ib qilingan flayerlarda hech bir tilni kamsitish maqsad qilinmaganini ma’lum qildi

    04.10.2021, 20:37

    Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga keldi

    04.10.2021, 19:36

    Qashqadaryoda bolta bilan chopib o‘ldirilgan chol-kampir o‘limida gumonlanganlar ustidan sud ishi boshlandi. Biroq sudya jarayonni yoritish istagidagi jurnalist va...

    04.10.2021, 19:15

    O‘zbekistonning qaysi viloyatida qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish holatlari ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘ldi

    04.10.2021, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.