O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining muzokaralari 5-oktabr, seshanba kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tadi.
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Shermanni qabul qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)