Hafta davomida olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Primorskiy o‘lkasidagi “Oq sher” yovvoyi tabiat bog‘ida yashayotgan sher bolasi.

Foto: “TASS”

Toshkent shahridagi bog‘larning birida o‘sib chiqqan qo‘ziqorinlar.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Kaliforniyada o‘tkazilgan an’anaviy itlar syorfingi musobaqasi.

Foto: Getty Images

Toshkent shahri “Abu-Saxiy” bozori yaqinidagi piyodalar yerosti o‘tish joyi odamlar bilan to‘lgan. Bozordagi karnaylarda esa 2 metr ijtimoiy masofani saqlash so‘ralmoqda.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Kolombo shahridagi sun‘iy ko‘l bo‘yidagi saqoqqushlar.

Foto: AFP

Toshkent shahrining Mustaqillik ko‘chasida nisbatan salqin havoda panjaralarni yuvayotgan obodonlashtirish xodimlari.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Meksikaning Syudad-Akunya shahridagi qochqinlar lagerida futbol o‘ynayotgan muhojirlar.

Foto: “TASS”

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida akkordeon chalayotgan Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Ibragim Junusov va favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxon Xudoybergenov.

Foto: Toshkent viloyati xalq qabulxonasi

Italiyadagi Polinyano-a-Maredagi Red Bull Cliff Diving musobaqasi qatnashchisi suvga sakramoqda.

Foto: Getty Images

Ispaniyaning Mayorka shahrida o‘tkazilgan olov festivali.

Foto: Getty Images

Xitoyning Shinjon shahrida quritilayotgan chili qalampiri.

Foto: Getty Images

Sidneyda quyosh botishi.

Foto: Getty Images

Pekindagi Baraban minorasi yonida yo‘lovchilarni kutib suhbatlashayotgan velosiped haydovchilari.

Foto: Getty Images

AQShning Sekvoya milliy bog‘ida davom etayotgan yong‘in.

Foto: EPA

Roziya va uning olti yoshli qizi Aliya Puli-Charxi qamoqxonasidagi ayollar bo‘limida. “Tolibon” shimoliy Puli Xumri shahrini o‘z qo‘liga olganida, yagona ayollar boshpanasining operatori 20 nafar ayolni tashlab qochgan. “Tolibon” boshpanaga kelganida, ayollarga ikkita tanlov taklif qildi: ularga zo‘rlik ishlatilgan avvalgi oilalariga qaytish yoki toliblar bilan ketish. Ushbu ayollarni joylashtira olmagan “Tolibon” ularni Afg‘onistondagi mashhur Puli Charxi turmasidagi tashlandiq ayollar bo‘limiga olib bordi.

Foto: AP Photo

Ispaniyaning Palma orolidagi otilgan vulqonning lavasi El-Pasodagi xonadon oshxonasining derazasidan ko‘rinib turibdi.

Foto: Reuters

Milanda o‘tkaziladigan Youth4Climate uch kunlik sammitida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o‘ralgan shved iqlim faoli Greta Tunberg.

Foto: AP Photo

Angliyaning Ashford shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchasida navbatda turgan mashinalar. Bosh vazir Boris Jonsonning ko‘rsatmasi bilan benzin yetkazib berishga harbiylar jalb qilingan.

Foto: PA

Kobulda mashina yukxonasida o‘tirib ketayotgan afg‘on bolalar.

Foto: PA

Och qutb ayig‘i Norvegiyaning Svalbard arxipelagidagi Piramiden orolining qirg‘oq bo‘ylab ovqat qidirmoqda.

Foto: AFP

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati, Chandauli tumanidagi dalaga pestitsid sepayotgan fermerlar.

Foto: AP Photo

Braytonda o‘zini toshga ko‘mib yotgan bola.

Foto: Getty Images

Venesuelaning Karakas shahrida qonuniy abort qilishni yoqlab chiqqan faollar.

Foto: EPA

Mattia Destro A Seriyaning “Jenoa” va “Hellas Verona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda urgan golini nishonlamoqda.

Foto: Getty Images

Universal Studios’ning Pekindagi bog‘ida Garri Potter sehrli dunyosidagi Xogvarts afsungarlik maktabidagi shouni tomosha qilayotgan odamlar.

Foto: Getty Images

Britaniya Qirollik Harbiy havo kuchlari Red Arrows uchuvchi jamoasi Kiprdagi Britaniya Yepiskopi harbiy bazasi ustidan uchib o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Dianmu tropik dovuli Tailandning 30 ta provinsiyasida suv toshqiniga sabab bo‘ldi.

Foto: AFP