Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 9-turida “PSJ” 3-oktabr, yakshanba kuni “Renn” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Gaetan Labord maydon egalarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Flaviyen Te jamoasining ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa parijliklar Liga 1 joriy mavsumidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. “PSJ” 24 ochko bilan hamon peshqadam bo‘lib turibdi. “Renn” esa ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda 7-pog‘onaga ko‘tarildi.

Liga 1

9-tur bahsi

3-oktabr, yakshanba

“Renn” — “PSJ” 2:0

Gollar: 1:0 – 45 Labord, 2:0 – 46 Te.

“Renn”: Gomis, Traore, Agerd, Omari, Meling, Burijo (Assinon, 75), Marten (Santamariya, 76), Te (Ugoshukvu, 87), Labord, Terye (Girassi, 75), Sulemana.

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Markinyos, Kimpembe, Mendesh, Di Mariya, Guye (Errera, 76), Verratti (Veynaldum, 76), Messi, Neymar (Ikardi, 76), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Labord (24), Marten (55), Kimpembe (55), Donnarumma (56), Mbappe (86).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent xalqaro aeroportida sumka va kolyaskada qariyb 1,2 kg tilla buyumlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Mahalliy
Jizzaxda aliment pulini undirish uchun borgan MIB xodimi pichoqlandi
Dunyo
Bangladesh talabalari yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi