• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Musulmonlar, g‘ofil qolmang!

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Turkistondagi namoyish, 1920-yil.

    Turkistondagi namoyish, 1920-yil.
    Foto: Warspot

    Musulmonlar, g‘ofil qolmang!

    Yaqinda shahar dumasi1 ochilur. Shahar dumasi, shaharimizning pokizalik va obodlig‘i, maktablarimizning taraqqiy va intizomi, bolalarimizning tarbiyasi va xalqimizning tinchligi uchun kerak bo‘lgan ishlarni o‘z qo‘liga olur. Shahrimizdan xazinaga kiraturgan oqchalarni shu yo‘llarda sarf qilmoqchi bo‘lur.

    Bu oldimizdagi shahar dumasi eski hukumat zamonidagi shahar dumalarig‘a o‘xshamas. Yigirmadan o‘tgan butun shahar odamlarining ixtiyorlari bilan saylanurlar. Bu shahar dumasinda juhuddan, rusdan, musulmondan vakil qilib o‘turur2. Va shahar ishlari uchun gapurushurlar. Shaharning qaysi qit’asinda kasalxonalar qurmoq kerak, shaharning qaysi qit’asindag‘i yo‘llarni tuzatmoq kerak, shaharning qaysi qit’asinda qancha maktab solmoq kerak deb kengashurlar va shul to‘g‘rilardag‘i ishlarni “vakillar ko‘bchiligi”ning qarori bilan qilmoqchi bo‘lurlar. Vakillar ko‘bchiligi hammadan burunroq eski qit’aning yerlarin tuzaturg‘a qaror bersa, chora yo‘q, shu qilinur. Vakillar ko‘bchiligi ko‘broq kasalxonalarni yangi qit’ada solmoqchi bo‘lsa, iloji yo‘q, shu bo‘lur.

    Mana shularni onglagan har jamoat, har millat shahar dumasiga o‘zidan ko‘broq vakil o‘tkazmoq uchun tirishadir, dumaning ko‘bchiligining o‘ziga olmoqchi bo‘ladir. O‘tgan haftadagi “tahriri nufus”dan3 ong‘lashildiki: shahrimizda xalqning to‘rtdan uchi musulmon va to‘rtdan biri rus, armani va juhud ekanlar. Shunga qarag‘anda unlar xazinadan chiqim bo‘laturg‘an oqchaning uch shunchasi biz uchun chiqg‘uchidur. Unlarg‘a maktab ochilsa bizga uchta; unlarg‘a bir kasalxona ochilsa bizga uchtasi ochg‘uli; unlarg‘a bir put bug‘doy kerak bo‘lsa bizga uch put kerakdir.

    Qisqasi shulkim: bizning haqimiz ularning haqtarindan uch yo‘la berkdir. Mana shularni tilab olmoq uchun shahar dumasining ko‘bchiligini olmoq kerak, shahar dumasining ko‘bchiligini olmoq uchun musulmonlarning saylov kuni lozimdur. Yo‘q, saylov kuni har kim o‘z uyinda o‘tirsa; boshqalar ko‘bchilik bo‘lib kelsalar va dumaning ko‘bchiligini o‘z taraflarig‘a o‘tkarsalar; u vaqt biz hech bir haqimizg‘a erisholmasmiz, yana eski kabi huquqsiz bo‘lib qolurmiz; yana eskisi kabi o‘z shahrimizda o‘z oqchamizning rohatini o‘zimiz ko‘rolmasmiz.

    Shuning uchun bag‘iribroq aytamankim, o‘z xalqlarini yana boshqalarning oyoqlari ostinda qo‘ymoqchi bo‘lmag‘an musulmonlar! Saylov kuni g‘ofil qolmanglar, ko‘bchilik bo‘lib kelurg‘a tirishinglar.

    Abdurauf Fitrat,
    “Hurriyat” gazetasi, 1917-yil 25-avgust

    Abdurauf Fitrat qalamiga mansub ushbu maqola 1917-yili, Samarqand shahri dumasiga saylovlar oldidan yozilgan bo‘lib, “Hurriyat” gazetasining 1917-yil 25-avgust 33-sonida e’lon qilingan. Maqola 1991-yil “Yoshlik” jurnalining 10-sonida qayta nashr etilgan (N.Avazov nashrga tayyorlagan).


    Izohlar

    1 Duma — Rossiyadagi saylov tizimiga ko‘ra mustamlaka o‘lkalardagi xalq vakilligi organlari ham duma deb yuritilgan;
    2 Vakil qilib o‘turur — Samarqand shahri ko‘p millatli bo‘lgani uchun shahar dumasiga, asosan, turk, rus va yahudiy millatiga mansub kishilargina saylovlarda qatnashish huquqini olganlar;
    3 Tahriri nufus — Samarqandda 1917-yil 18—20-avgustlarda saylov oldidan aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilgan, o‘sha nazarda tutiladi.


    Mavzuga doir:

    • Abdulla Qodiriy: Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?
    • Cho‘lpon: Istiqbol uchun kurash

    03.10.2021, 19:16   Izoh (0)   80199
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 4 nafar maktab o‘quvchisini Damas urib yubordi. Ulardan biri shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi

    03.10.2021, 18:15

    Surxondaryoda yo‘ldan o‘tayotgan 5 yoshli qiz Lacetti urib yuborishidan vafot etdi

    03.10.2021, 16:24

    O‘zbekistonda vaksina olishi ko‘zda tutilgan aholining qanchasi to‘liq emlangani ma’lum qilindi

    03.10.2021, 15:23

    Sirdaryoda yuk mashinasiga borib urilgan “Jiguli” haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi

    03.10.2021, 14:36

    O‘zbekistonda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni iyun oyidan buyon ilk bor 400 kishidan kam bo‘ldi

    03.10.2021, 13:14

    O‘zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi

    03.10.2021, 11:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.