Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Garri Potter romani yozilgan The Elephant House kafesida bundan bir oy avval katta yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda butun binoga jiddiy zarar yetgan.

Foto: Getty Images

Joan Rouling ushbu romanni Edinburgdagi The Elephant House kafesida yozgan. U yerning boshlig‘i Devid Teylor saga muallifi 90-yillarda kafega tez-tez tashrif buyurgani, o‘zining sevimli joyiga o‘tirib, afsungar bolakay haqidagi romanini yozish bilan mashg‘ul bo‘lganini ta’kidlagan.

O‘z vaqtida ishga kirishgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni zudlik bilan bartaraf qilgan. Kafe egasining ma’lum qilishicha, Roulingning yog‘ochdan yasalgan sevimli stoli saqlab qolingan. Qoldiqlar orasidan stolning topilishi uni g‘oyat shod qilgan.

Shuningdek, kafe egasi uyumlar orasidan Roulingning dastxati tushirilgan “Garri Potter”ning kitoblaridan birini topish ilinjida. Ma’lum qilinishicha, jiddiy zarar yetgani tufayli The Elephant House bir yilga yaqin vaqt ichida ochilmaydi. Yozuvchining stoli sotuvga qo‘yilishi yoki muzeyga yuborilishi hali aniq emas.

Shunga qaramay, kafe roman yozilishidagi yagona muhim joy emasligini ham ta’kidlash joiz. Kichik afsungar haqida yozish g‘oyasi Roulingning xayoliga to‘satdan kelgan. Bu vaqtda u Manchesterdan Londonga keladigan poyezdni kutayotgan bo‘lgan. Yetib kelganidan keyin esa darhol sujet ustida ishlashni boshlab yuborgan.

Garri Potter haqida dunyo ilk bor bundan deyarli 25 yil avval eshitgan. Ammo o‘sha vaqtning o‘zidayoq yaxshilik va yovuzlik, do‘stlik va hamfikrlik haqidagi hikoyaning muvaffaqiyat keltirishi aniq bo‘lgan. Roman asosida suratga olingan film esa kitobdan kam bo‘lmagan mashhurlikka erishgan. 2021-yilning fevralida HBO Max striming platformasi Garri Potter haqida serial suratga olish rejalashtirilayotgani haqida ma’lumot bergan. Loyihalashtirish ishlari hali davom etayotgani sabab aktyorlar tarkibi va qachon efir yuzini ko‘rishi haqida hali ma’lumot yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent xalqaro aeroportida sumka va kolyaskada qariyb 1,2 kg tilla buyumlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Mahalliy
Jizzaxda aliment pulini undirish uchun borgan MIB xodimi pichoqlandi
Dunyo
Bangladesh talabalari yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi