Dunyo bo‘ylab 29-sentabr kuni olingan sara suratlar jamlanmasini namoyish etamiz.

“PSJ” jonli devori ortida yotgan Messi. Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan “PSJ” va “Manchester Siti” bahsida parijliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Londonda Agent 007 Jeyms Bond haqidagi “O‘lishga vaqt yo‘q” filmining jahon premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Bangkokda hukumatga qarshi namoyish davom etmoqda.

Foto: EPA

Londonda o‘tayotgan Leyboristlar partiyasi konferensiyasida Batli va Spen okrugidan saylangan deputat Kim Lidbiter so‘zga chiqdi.

Foto: PA

Meksikada Xalqaro xavfsiz abort qilish kuniga bag‘ishlangan namoyishda qatnashayotgan feministlar klubining a’zolari.

Foto: Reuters

Napoleon davriga xos maxsus formada Luvr oynali piramidasi yonida turib, Fransiya prezidenti va Gretsiya bosh vazirining muzeyga tashrifini kutayotgan Respublika gvardiyasi xodimasi.

Foto: Getty Images

Parijda Sent-Loran moda namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Afg‘onistondagi Qarg‘a ko‘li yarmarkasiga tashrifi chog‘ida kemada raketali granatani olib yurgan “Tolibon” jangarisi.

Foto: AFP

Pokistonning Lahor shahridagi shifoxonada pashshaxonada uxlayotgan Dange bezgagi bilan og‘rigan bemorlar.

Foto: AFP

Pekindagi Tyananmen maydonida Xitoyning milliy bayramiga tayyorgarlik.

Foto: EPA

Rim Papa Fransisk Vatikanda haftalik umumiy yig‘ilishda ishtirok etdi.

Foto: EPA

Antaliyadagi baliqchilik fermasida boqilayotgan oltin baliq.

Foto: Getty Images

Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasidagi Xongshi tog‘ini qoplagan tuman.

Foto: Getty Images

Xitoyda energetik inqiroz shimoliy provinsiyalarda elektr energiyasining katta uzilishlariga olib keldi.

Foto: “TASS”

Ispaniyaning Palma orolida otilgan vulqon lavasi Atlantika okeaniga yetdi.

Foto: Getty Images

Singapurda bepul film namoyishi paytida bo‘sh o‘rindiqlar orasida o‘tirgan erkak.

Foto: Reuters

Tailandda Dianmu tropik bo‘roni oqibatida suv toshqini sodir bo‘lganidan so‘ng shahar aholisi qisman suv ostida qolgan qishlog‘ida baliq ovlamoqda.

Foto: AFP

Bangladeshdagi Milliy emlash kampaniyasi davomida tibbiyot xodimi fuqaroni koronavirusga qarshi vaksina bilan emlamoqda.

Foto: Getty Images

Shimoliy Koreyada yangi ishlab chiqarilgan “Hvasong-8” gipertovushli raketasi KXDR Mudofaa fanlari akademiyasi tomonidan sinovdan o‘tkazildi.

Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Mali jangarilari bilan bo‘lgan to‘qnashuvda halok bo‘lgan fransuz askari, marhum Maksim Blaskoning tobuti ustida hurmat bajo keltirmoqda.

Foto: Reuters

Airshow China 2021 — Xitoy Xalqaro aviatsiya va aerokosmik ko‘rgazmasini tomosha qilayotgan ishqibozlar.

Foto: EPA