• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerika startapi genomni tahrirlash yordamida qirilib ketgan hayvonlarni qayta tiklamoqchi. U mamontlarni “tiriltirish” uchun 15 mln dollar jalb qildi

    Genatika mutaxassis Jorj Chyorch va tadbirkor Ben Lamm Colossal Business kompaniyasi tuzilganini e’lon qildi, u g‘oyib bo‘lgan turlarni qayta tiklash uchun genetik tahrirlash texnologiyasidan foydalanmoqchi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Daniel Eskridge / Stocktrek Images / Scanpix / LETA

    Foto: Daniel Eskridge / Stocktrek Images / Scanpix / LETA
    BMTning 2019-yil bo‘yicha ma’lumotlariga ko‘ra, hayvonlar va o‘simliklarning bir millionga yaqin turlari yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Kompaniya asoschilari fikricha, ularning tashabbusi yo‘qotilgan yoki o‘zgarib ketgan ekotizimlarni qayta tiklashda yordam beradi, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shadi.

    Colossal’ning birinchi loyihasi sertuk mamontni “tiriltirish”, aniqrog‘i — sovuqqa chidamli hamda qirilib ketgan jonivorning o‘rnini egallashga qodir fil va mamont chatishmasini yaratish bo‘ladi.

    https://www.instagram.com/p/CTw7jwJr5eN/?utm_source=ig_embed&ig_rid=35b4e28f-4a72-4284-9de0-3fb04a0e68f4

    Ben Lamm va Jorj Chyorch

    Chyorch anchadan buyon zamonaviy texnologiyalarning g‘oyib bo‘lgan alohida turlar, shu jumladan, mamontlarni rekonstruksiya qilish yoki “qirilib ketishdan qaytarish” maqsadida DNK bilan ishlash imkoniyatlarini tadqiq qiladi, biroq shu paytgacha u yirik sarmoyadorlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lmagan edi. Olimning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 15 yil ichida u PayPal asoschilaridan biri Pitel Tildan 100 ming dollar atrofidagina xayriya olgan, genetikning laboratoriyasi xodimlari esa uning loyihalari ustida ko‘ngilli ravishda, asosiy ishlaridan bo‘sh vaqtlarida ish olib borgan.

    2019-yilda biolog Lamm bilan tanishadi va oxir-oqibat, ular qo‘shma kompaniya tuzishga qaror qiladi. Birlamchi moliyalashtirish doirasida Colossal 15 million dollar jalb qildi. Tadqiqotni qo‘llab-quvvatlaganlar orasida Legendary Pictures (Amerikaning Warner Bros., Netflix va Universal uchun kino ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan kompaniya. “Dyuna”, “Yura davri olami”, “Qora ritsar” kabi filmlar uning loyihalaridir) sobiq rahbari Tomas Tull, biznesmen va ilk kosmik sayyohlardan biri Richard Gerriot hamda shaxsiy rivojlanish bo‘yicha murabbiy Toni Robbins bor.

    Colossal — tijorat kompaniyasi bo‘lsa-da, hozircha sarmoyadorlarning hech biri moliyaviy foyda olishga intilmayapti, dedi Ben Lamm. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamontni “qayta tiriltirish” bo‘yicha loyiha doirasida yangi texnologiyalar paydo bo‘ladi va ular kompaniyaga daromad olish imkonini beradi, ammo hozircha Colossal ushbu loyiha uchun texnologik yechimlar ishlab chiqishga diqqatini jamlagan.

    Olimlar Osiyo fili DNKsidan va Yoqutistonda xarid qilingan mamont to‘qimasidan olingan genetik materialdan foydalanmoqchi

    Dastlab Yevrosiyoning qariyb butun shimoliy qismiga joylashib olgan sertuk mamontlar bundan taxminan 10 ming yil avval qit’ada qirilib ketgan. Ushbu turning qadimdan saqlanib qolgan alohida vakillari yana bir necha ming yil davomida Bering bo‘g‘ozi yaqinidagi orollarda uchragan, ularning so‘nggilari esa Vrangel orolida saqlanib qolgan va qariyb to‘rt ming yil oldin qirilib ketgan.

    Ushbu turni “qayta tiklash” uchun Colossal olimlari mamontlarning eng yaqin qarindoshi — Osiyo filidan foydalanishmoqchi, u ham qirilib ketayotgan tur hisoblanadi. Surrogat ona sifatida urg‘ochi Afrika fili olinadi — u ham qirilib ketayotgan jonivorlar toifasiga kiritilgan bo‘lsa-da, yo‘qolib ketish xavfi kamroq.

    Loyiha doirasida Osiyo fili genomi mamont genomi bilan taqqoslanadi, uning to‘qimasi namunalari Chyorch tomonidan 2018-yilda Rossiyaning Yakutsk shahrida sotib olingan. Chyorchning aytishicha, mamontlarning sovuqqa moslashishi uchun 50 ta asosiy gen mas’ul, ularning “mamontcha versiyalari”ni CRISPR/Cas9 — DNKni yo‘naltirilgan tarzda tahrirlash texnologiyasi yordamida fil hujayrasi genomiga kiritish rejalashtirilmoqda. Shundan keyin chatishgan (gibrid) genomdan iborat hujayra yadrosi tuxum hujayraga o‘tkaziladi, u urug‘lantirilib, surrogate onaga “ekib qo‘yiladi”. Agar hammasi muvaffaqiyatli kechsa, 18—22 oydan keyin “sertuk mamontga xos biologic xususiyatlarga ega” filcha tug‘iladi.

    The New York Times qayd etishicha, urg‘ochi fillardan shu paytgacha hech qachon tuxum hujayralari olinmagan va ularda ekstrakorporal urug‘lantirish jarayoni amalga oshirilmagan. Muqobil variant sifatida olimlar fil to‘qimalaridan olingan tana hujayralaridan embrion va sun’iy bachadon yaratishni ko‘rib chiqmoqda. Shunga o‘xshash sun’iy bachadondan Filadelfiyada 2017-yilda genetik modifikatsiyalangan qo‘zichoqni yetishtirishda foydalanishgan edi. Mamontlarga kelganda, olimlardan bir necha marta kattaroq bachadon yaratish talab etiladi, axir u 90 kilogrammgacha bo‘lgan homilani sig‘dira olishi kerak bo‘ladi.

    Colossal mamontlarni tundraga joylashtirib, shu tariqa, Arktikada isish jarayonini sekinlashtirmoqchi

    Tadqiqotchilar ilk mamont bolasini besh yil mobaynida yetishtirishni rejalashtirmoqda. So‘ng ular Arktikada yashab ketishga qodir bo‘lgan gibrid turlarning butun bir populyatsiyasini yaratmoqchi. Colossal’dagilar taxmin qilishicha, agar ushbu jonivorlar Arktika tundrasiga ko‘chirib olib borilsa, bu Pleystotsen davriga oid mamont yaylovlarini qayta tiklash va shu tariqa, iqlim o‘zgarishlarini sekinlashtirish imkonini beradi.

    Ushbu rejalar ortida turgan g‘oya Pleystotsen bog‘ining yaratuvchisi, rossiyalik olim Sergey Zimovga tegishli bo‘lib, u mazkur fikrni 1990-yillar o‘rtalaridayoq ilgari surgan edi. To‘g‘ri, dastlab qirilib ketgan mamontlarni qayta tiriltirish emas, balki tundradagi cheklangan hududda hozir ushbu ekotizim uchun xos bo‘lmagan bizonlar, bug‘ular va boshqa yirik o‘txo‘rlar populyatsiyasini qayta tiklash ko‘zda tutilgan edi. Zimov Chyorch bilan tanishganidan keyingina pleystotsen loyihasi rejalariga ilgari Sibir shimolida yashagan qirilib ketgan mamontlar kiritildi.

    Zimovning loyihasi shundan iborat ediki, yirik sutemizuvchilar o‘simliklarni yeyishi, tuproqqa o‘g‘it solishi va ekotizimda elementlar almashinuvini umumiy tezlashtirishi hisobiga, biomassa jihatidan nochor va mahsuldorligi past bo‘lgan tundrani dashtga aylantira oladi. Bunday hayvonlar xuddi mamontlar kabi ushbu hududlarda minglab yillar avval yashagan.

    Bunday ekologik o‘zgarish ijobiy jihatlarga ega (masalan, hayvonlarni ovlash jihatidan), ammo bundan tashqari, abadiy muzliklarning erishini sekinlashtirishga ijobiy ta’sir o‘tkaza oladi. Gap shundaki, Arktika abadiy muzligi — karbonat angidrid gazi va metanning ulkan ombori bo‘lib, ular global isish tufayli asta-sekinlik bilan havoga chiqmoqda. Mamontlar va boshqa yirik hayvonlarsiz tundrada hech kim qish sovug‘ining yerga chuqur singishiga xalal beruvchi qalin qor qatlamini tepkilab tozalamaydi. Pleystotsen ekotizimining qayta tiklanishi, olimlar g‘oyasiga ko‘ra, abadiy muzliklar erishi va issiqxona gazlari havoga chiqib ketishini to‘xtatishga, hech bo‘lmasa, uni sekinlashtirishga qodirdir.

    Biroq ancha oldin qirilib ketgan turlarning “qayta tirilishi” ekotizimga zarar yetkazishi ham mumkin. TechCrunch yozishicha, Arktikani bunday hayvonlar egallashining jiddiy oqibatlari kasalliklar tarqalishi, boshqa turlarning siqib chiqarilishi va landshaftning o‘zgarishi bo‘lishi mumkin.

    Kaliforniya universiteti paleontologi va “Qanday qilib mamontni klonlashtirish mumkin?” kitobi muallifi Bet Shapiro Colossal loyihasini olqishladi, ammo mamontlar yaqin kelajada qayta yaratilishiga Shubha bildirdi. U yangi texnologiyalar yordamida qirilib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarga yordam berish mumkin bo‘ladi, deb umid qilmoqda.

    Stokgolmdagi Paleogenetika markazining evolyutsiya genetikasi professori Lav Dalen fikricha, Chyorch jamoasining ishi g‘oyib bo‘layotgan turlarni saqlab qolish nuqtai nazaridangina ilmiy qimmatlikka ega. Uning so‘zlariga ko‘ra, Arktikada mamontlarning paydo bo‘lishi iqlimga qandaydir ta’sir qilishi haqidagi gipotezani isbotlovchi hech qanday dalil yo‘q.

    Jorj Chyorch — Massachusets texnologiya instituti va Garvard universiteti professori, u yerda u o‘z laboratoriyalariga rahbarlik qiladi. Chyorch genomlarni tahrirlash bo‘yicha zamonaviy usullarning peshqadamlaridan biri deb ataladi. U 20 dan ortiq ilmiy kompaniyalar va loyihalarga asos solgan, ular orasida “Shaxsiy genom” hamda DNK asosida juftliklarni tanlab oluvchi DigiD8 tanishuv dasturi ham bor.

    Ben Lamm — o‘zining bir nechta startaplarini Zynga va Accenture kabi kompaniyalarga sotgan biznesmen. Motherboard nashri Lammni “NUJlar ovchisi” deb ataydi, chunki uning kompaniyalaridan biri — Hypergiant Industries — noma’lum uchar jismlarni qidirish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirmoqchi.

    21.09.2021, 08:56   Izoh (0)   13519
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiya prezidenti AQShdagi musulmonlar jamiyati vakillarini qabul qildi

    21.09.2021, 08:24

    Markaziy Osiyoda qariyb 2,5 mln odam iqlim muhojiriga aylanishi mumkin

    20.09.2021, 20:26

    Kobul xalqaro aeroporti rasman qayta ishga tushdi

    20.09.2021, 19:25

    KXDR yadro bombasi uchun foydalaniladigan uran ishlab chiqarishni ko‘paytirdi (foto)

    20.09.2021, 18:09

    Avstraliya fransuz suvosti kemalaridan voz kechish haqidagi qaroriga izoh berdi

    20.09.2021, 16:39

    Butun dunyoda bolalar unchalik ma’lum bo‘lmagan virus bilan ommaviy kasallanishni boshladi

    20.09.2021, 15:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.