Warner Bros. bir vaqtlar Uitni Xyuston va Kevin Kostner o‘ynagan “Tansoqchi” filmi qayta suratga olinishini rasman e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Film.ru” nashri. Loyihaga ssenariy muallifi sifatida “Meros” (The Inheritance) spektaklini sahnalashtirgan teatr dahosi Metyu Lopez tasdiqlangan.
Original nusxaning ssenariysini yozgan prodyuser Lorens Kasdan 1992-yildagi lentani qayta ko‘rib chiqish ustida hamkorlikda ishlaydigan bo‘ldi. Prodyuserlar orasida Deng Ling ham bor, u bu loyihani 10 yil avval boshlamoqchi bo‘lgandi, lekin jarayon amalga oshmagan.
Bosh rollarni kimlar ijro etishi va qachon ekranlarga chiqishi hozircha ma’lum emas. Turli yillarda Kris Xemsvort, Tessa Tompson, Chenning Tatum va qo‘shiqchi Cardi B loyihaga qiziqish bildirishgan. Shuningdek, hali oldinda filmga rejissor topish vazifasi ham turibdi.
Izoh (0)