2012-yilning 11-fevralida 48 yoshli xonanda Uitni Xyuston haddan ortiq kokain dozasi sababli vafot etdi. Dunyo bo‘ylab xonandaning millionlab muxlislari hozirgacha uni eslashadi va afsonaviy qo‘shiqlari ijro etib kelinadi.

Foto: Legion Media

  1. Uitni Xyuston hech qachon qo‘shiqchi bo‘lmasligi ham mumkin edi. Bolaligida u akasi bilan o‘ynab, bo‘ynidan jarohat oladi: kiyim ilgich tegib, uning tomog‘ini yirtib yuboradi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, agar ilgak atigi bir santimetr chuqurroqqa kirganda, Uitni qo‘shiq aytish tugul, hatto gapira olmas edi.

    Foto: Legion Media

  2. Uitni Xyuston karyerasini model sifatida boshlagan va Seventeen’ning muqovasida chiqqan birinchi qora tanli model bo‘lgan.
  3. 70-yillarning o‘rtalarida Elvis Presli kantri-xonanda Dolli Partondan I Will Always Love You qo‘shig‘ining mualliflik huquqini olishga harakat qilgan, ammo qo‘shiqchi bunga rozi bo‘lmagan. Kompozitsiya 1992-yilda Uitni Xyuston tomonidan “Tansoqchi” filmida ijro etilganidan so‘ng mashhurlikka erishgan.

    Foto: Legion Media

  4. Shuningdek, bu qo‘shiq siyosiy maqsadlarda ham ishlatilgan. Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn o‘zining saylovoldi kampaniyasida qo‘shiqning arab tilidagi kover-versiyasidan foydalangan.
  5. “Tansoqchi” filmi bilan bog‘liq bir necha qiziqarli faktlar mavjud. Dastlab Uitni o‘z qahramonini juda isterik deb hisoblagani uchun bu roldan qat’iyan bosh tortgan. Oxir-oqibat aktyor Kevin Kostner partnyorini aslida bunday emasligiga ishontira olgan. Filmni suratga olishdan so‘ng irqlararo janjal yuzaga kelgan: film treylerida bosh qahramonning yuzi ataylab ko‘rsatilmagan. Premyeradan keyin esa Xyuston ham, Kostner ham “Oltin malina” mukofotiga nomzod bo‘lib, natijada Uitni “Eng yomon aktrisa” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan. Bunday omadsizliklarga qaramay, I Will Always Love You qo‘shig‘i barcha vaqtlarning eng ko‘p sotilgan musiqiy soundtreki bo‘lgan.

    Foto: Legion Media

  6. 26 yoshida Uitni Xyuston Whitney Houston Foundation For Children nomli bolalarga yordam fondini ochadi. Bobbi Braun bilan bo‘lgan nikoh to‘yida Xyuston mehmonlardan to‘y sovg‘asi o‘rniga fondga pul o‘tkazishlarini so‘raydi.
  7. 2002-yilda otasi Uitni Xyustonni sudga beradi. Jon Xyuston qizini o‘z kompaniyasi bilan shartnomani buzganlikda ayblagan (Jon Xyuston Entertainment qo‘shiqchining prodyuserlik faoliyati bilan shug‘ullangan). Jonning vafotidan bir necha yil o‘tgach, Xyustonning o‘gay onasi vafot etgan otasining merosini qaytarishini talab qilib, yana Uitnini sudga bergan.

    Foto: Legion Media

  8. Uitni Xyuston eri Bobbi Braun bilan ajrashgandan so‘ng aktyor Eddi Merfi bilan uchrashib yurgan. Robert De Niro esa Uitnining unga bo‘lgan javobsiz sevgisidan azoblangan.
  9. Bobbi Braun bilan tanishishidan avval Uitni “yaxshi qiz” sifatida obro‘ga ega edi. Xonanda har doim yig‘ilishlarga o‘z vaqtida kelgan, janjallarga aralashmagan va shubhali erkaklar bilan munosabatda bo‘lmagan. 2000-yilda Uitnining giyohvand moddalarga qaramligi haqida birinchi mish-mishlar paydo bo‘ladi. Uitni va uning eri marixuana saqlashda ayblangan.

    Foto: Legion Media

  10. Uitni Xyuston 2012 yil 11-fevralda Beverli Hilton mehmonxonasida vafot etgan. Shundan so‘ng mehmonxona ma’muriyati qarori bilan fojia sodir bo‘lgan xona hozirgacha ijaraga berilmaydi.