• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Tokioning sirli dunyosidan Xirosima fojiasigacha. Yapon rejissorlarining tomosha qilish tavsiya qilinadigan eng yaxshi animelari

    Stereotiplardan farqli o‘laroq, anime yosh janr emas. Uning tarixi 1950-yillarda, animatsiya bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan odamlarning alohida tajribalari emas, balki sanoatga aylanganda boshlangan. O‘tgan o‘n yillar mobaynida ko‘plab TV va OVA-seriallari (Original Video Animation — Yaponiyada anime-seriallarning o‘ziga xos formati) qisqa va to‘liq metrajli filmlar chiqarildi. Bu sohalarda eng yaxshi kartinalar ro‘yxatini tuzish deyarli imkonsiz, chunki ma’lumotlar juda ko‘p. Lekin shunga qaramay Cosmopolitan nashri ekran yuzini ko‘rganiga ancha bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan klassikalar, hayratlanarli darajada bajarilgan va diqqatga sazovor anime kartinalar bilan tanishtiradi.

    “Stimboy” (Katsuhiro Otomo, 2004)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    XIX asrdagi Angliya. Rey Stim — juda iste’dodli, mexanikaga qiziquvchi bola, bobosi unga bug‘ sharining chizmalarini yuborganidan so‘ng hayoti siyosiy voqealarga qorishib ketadi.

    “Stimboy” — Katsuhiro Otomoning yetarlicha baholanmagan kartinalarining eng yorqin namunasidir. Mazkur animatsiya ruhiy jihatdan yengil va bolalarcha samimiy. Bu ajoyib animatsiyada, ayniqsa, xayoliy mexanizmlar haqida gap ketganda haqiqiy stimpank (XIX asr oxiridagi bug‘ energiyasidan ilhomlanib yaratilgan ilmiy-fantastik yo‘nalish) sarguzashtdir. Otomo — ajoyib grafik. “Stimboy”da bo‘lgani kabi hech qayerda mexanizmlarning ajoyib dizaynini bunchalik aniq ko‘ra olmaysiz, tomosha qilish davomida animatsiya san’ati nimalarga qodir ekaniga qoyil qolishingiz aniq.

    “Stimboy” Otomoning “Akira” nomli animatsiyasi singari unchalik mashhur bo‘lolmagan. Bir vaqtlar bu 3D va 2D animatsiyasining kombinatsiyasi nimaga qodirligini ko‘rsatib beruvchi ajoyib film bo‘lgan.

    “Haqiqiy qayg‘u” (Satosi Kon, 1998)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Pop yulduzi Mima Kirigoye o‘z konsertida karyerasini o‘zgartirmoqchi ekanini e’lon qiladi: bundan buyon u serialda rol o‘ynamoqchi! Garchi muxlislari uning qaroridan unchalik mamnun bo‘lmasalar-da, Mima bunga qat’iy qaror qiladi. To‘g‘ri, u bu haqda o‘zining kundaligidagi yozuvdan bilib qoladi, albatta, buni u yozgan emas. Lekin qaysi yulduzning aqldan ozgan muxlislari yo‘q?

    Satosi Konning mazkur kartinasi birinchi soniyadayoq tomoshabinni bezovta qila boshlaydi. Satosi Kon bu jihati bilan Lars Von Trierga biroz taqlid qilgan: ularning har ikkalasi ham samimiy va begunoh qahramonlarini umidsizlik, og‘riq va yovuzlik dunyosiga tashlaydi. Biroq “Haqiqiy qayg‘u”ni aqldan ozgan muxlislarning ahmoqligi deb hisoblash vijdonsizlik va noto‘g‘ri bo‘lardi. San’at ko‘pincha shafqatsiz bo‘lishga majbur bo‘ladi. Satosi Kon esa tomoshabinni umuman ayamaydi, ularni og‘riq va azoblar orqali go‘zallikka olib boradi.

    “Haqiqiy qayg‘u” animesi media olamidagi shaxsning mashhurligi bilan bog‘liq jinnilikning turli tomonlarini qo‘rqinchli va realistik tarzda ochib beradi. Mima o‘zi shaxsiyatining qaysi tomoni haqiqiy ekanligini anglay olmay qoladi, uning qiyofasi boshqa odamlarning — unda tirik odamni payqamaydigan suratga olish guruhi, eski va yangi muxlislari, hamkasblarining munosabatida sinadi.

    “Xokusay xonim” (Keyichi Hara, 2015)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Katsusiki Oi — saroyning mashhur rassomi bo‘lgan Xokusayning qizlaridan biri. U aqlli, o‘qimishli va iste’dodli, u rasmlar chizish orqali otasi olgan buyurtmalarni tayyorlashga yordam beradi. Va hech qachon suratlariga o‘z imzosini qo‘ymaydi

    Keyichi Xara bir necha bor Xayao Miyazaki ijodiga taqlid  qilishda ayblangan, ammo bu ayblovlar isbotlanmagan. Uning uslubi haqiqatan ham Ghibli estetikasiga o‘xshash bo‘lsa-da, Keyichi Xara yapon to‘liq metrajli animatsiyasida, xususan, Ghibli qo‘l urmagan mavzularni muhokama qilishdan uyalmaydi. “Xokusay xonim” — bu hozirgi zamonning eng feministik anime filmlaridan biri bo‘lib, G‘arbning kamchiliklarini tan olmagan holda eng yaxshi namunalardan ilhomlanilgan.

    “Xokusay xonim” yaxshi o‘ylangan markaziy personajdan tashqari, anime chizishning ajoyib  texnikasiga ega Edo davridagi yapon mumtoz rasmlarining go‘zalligini tomoshabinga mukammal tarzda yetkazib beradi.

    “Samoviy qal’a — Laputa” (Xayao Miyazaki, 1986)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Bir kuni konchilar qishlog‘ida yashaydigan bola bo‘yniga billur tumor taqqan qizni topib oladi va unga boshpana beradi. Qiz hushiga kelganida, u samoda suzib yuradigan afsonaviy orolning malikasi ekanligini va uni harbiylar hamda osmon qaroqchilari qidirayotganini bilib oladi.

    “Samoviy qal’a — Laputa” stimpankning ajdodi bo‘lib, Xayao Miyazaki uchun epik fantaziyaning noyob namunasi hisoblanadi. Bu anime hozirgacha ajoyib bolalar animatsiyasi bo‘lib, lekin shu bilan birga yovuzlikka qarshi kurash haqidagi qahramonlik hikoyasidir.

    Shuningdek, bu sayyoramiz kelajagi uchun ekologik kurash haqidagi filmlarning kamdan kam uchraydigan muvaffaqiyatli misollaridan biri. Bu mavzu kelajakdagi dunyoning tozaligi bosh qahramon kurashining mavzusi bo‘lgan Miyazakini doim xavotirga solgan. Sayyorani razilliklardan va militarizmdan qutqarish uchun mas’uliyat juda yosh bolalarga — dunyomizning kelajagiga yuklatilgan, chunki ijodkorning fikricha, kattalar bunga dosh berolmaydi.

    “Qobiqdagi ruh” (Mamoru Osii, 1995)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Kelajakda jinoyatchilik hozirgidan-da ayanchli ahvolda bo‘ladi. Ammo endi kibertexnologiyalar rivojlanishi bilan firibgarlar o‘ziga xos turdagi jinoyatlarni sodir etish imkoniyatiga ega bo‘ladi: neyron implantlari orqali odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, “arvoh”-kiborgni buzish ... Maxsus bo‘limning eng yaxshi xodimasi — kiborg, mayor Motoko Kusanagi shunday jinoyatchilarning iziga tushgan. Bu ishi bilan u Qo‘g‘irchoqboz laqabli sirli jinoyatchining e’tiborini tortadi.

    Mamoru Osiining boshqa filmlaridan farqli o‘laroq “Qobiqdagi ruh” 2029-yilda Tokioning sirli sovuq dunyosiga boshqacha nazar bilan qaraydigan ulkan franshizaga asos solgan. Biroq boshqa filmlarning hech biri Mamoru Osiining sehrli muhitini takrorlay olmagan. Albatta, bu narsa ularning mashhurligiga ta’sir qilmaydi, shunchaki “Qobiqdagi ruh” janr chastotasiga qaramay, takrorlab bo‘lmaydigan filmga aylangan. Bu ishning uddasidan chiqisholmagan, garchi Yaponiyada ham, Gollivudda ham bunga urinishlar bo‘lgan.

    “Nafis so‘zlar bog‘i” (Makoto Sinkay, 2013)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Takeo — yaxshi talaba, lekin u turli poyabzallar dizaynini yaratishni yoqtiradi va bu sevimli mashg‘uloti tufayli u yomg‘irli kunlarda o‘qishga bormay, shahar bog‘idagi ayvonchada rasm chizadi. Bir kuni u bu yerda o‘zidan bir necha yosh katta go‘zal ayol bilan tanishib qoladi va ular o‘rtasida chiroyli va samimiy suhbat bo‘lib o‘tadi.

    Bundan tashqari Makoto Sinkayning ko‘plab filmlari haqida gapirish mumkin, lekin uning filmografiyasida “Nafis so‘zlar bog‘i” alohida o‘rin tutadi. Bu qisqa metrajli film bo‘lib, unda deyarli hech qanday kadrorti ovoz eshitilmaydi (Sinkayning sevimli usuli) va qahramonlar orasidagi romantika kutilmagan tomondan ko‘rsatiladi. Odatda Sinkay qahramonlari o‘z fikrlari va his-tuyg‘ularini nazorat qila olmaydi, lekin bu kartinada filmning butun sujeti yengil va samimiy suhbatga qurilgan.

    “Dunyoning bu burchagida” (Sunao Katabuti, 2016)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Suzu Urano — Xirosimada yashovchi oddiy qishloq qizi. U o‘z oilasiga g‘amxo‘rlik qiladi va ba’zida hordiq paytida daftariga dengiz quyonlari rasmini chizadi. Uni boshqa viloyatdan kelgan odamga turmushga berishadi. Hozir u asta-sekin yangi oilaga ko‘nikmoqda. Shu bilan birga, avval imperator Xiroxitoning fashistik davrini, keyin urushni, so‘ngra urushdan keyingi ocharchilik yillarni boshdan kechirmoqda...

    Xirosima — hali ham yaponiyaliklar uchun, ayniqsa, anime uchun og‘riqli mavzu, lekin kamdan kam odam bu fojiani o‘z mamlakati tarixining bir qismi deb hisoblaydi. Biroq filmda siyosat mavzusi orqa fonda qoladi: u tabiiy ravishda tajovuzkor politsiya, armiyaga ommaviy jalb qilish va radio xabarlari orqali o‘zini bildirib turadi, lekin hikoyaning markazida unchalik boy bo‘lmagan oilaning oddiy hayoti, muloyim va ijodkor qiz taqdiri turadi.... U kattalardek bo‘lishni o‘rganadi, kecha unga begona bo‘lgan odamlarga yordam beradi, deyarli tanimaydigan eri bilan munosabat o‘rnatadi va o‘zida kichik bo‘lsa-da, lekin qalbga iliqlik baxsh etuvchi kuch topa oladi.

    “Ame va Yuki — bo‘ri bolalari” (Mamoru Xosoda, 2012)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Yosh qiz Xana bo‘riga aylana oladigan yigitni sevib qoladi va undan ikki farzand ko‘radi: qiz va o‘g‘il. Ammo sevgilisi vafot etgach, oilani boqish, bolalarni oyoqqa turg‘izish uning o‘ziga qoladi.  Bu orada bolalarining haqiqiy yovvoyi bo‘rilar kabi o‘zini tutishi qo‘shnilari, ham ijtimoiy xizmat xodimlarining e’tiborini tortadi...

    Mazkur kartinada Mamoru Xosoda o‘zini chiroyli oilaviy anime ustasi sifatida ko‘rsatib, yosh ota-onalarning odatiy qiyinchiliklarini boshqa rakursdan tasvirlaydi. Keyinchalik u “Maxluq shogirdi” va “Kelajakdan kelgan Mirai” filmlarini suratga oladi, ular ham oila mavzusiga tegishli bo‘lib, lekin u buni birinchi bo‘lib “Bo‘ri bolalari”da tasvirlagan. Xosoda buni juda samimiy, ta’sirchan va ayni paytda real tarzda, yosh oila hayotining murakkab tomonlarini yashirishga urinmasdan amalga oshira olgan.

    Mavzuga doir: 

    • Buyuk yapon rejissori Miyazaki multfilmlari yordamida hal qilish mumkin bo‘lgan bolalardagi muammolar
    • Shahar uzra uchib o‘tayotgan Totoro: Ghibli studiyasi personajlari — hayotning haqiqiy manzaralarida
    • Yaponiyalik dizayner gugurtlardan aqlbovar qilmas stop-moushen animatsiyani yaratdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni “sehrgar” deb atamoqda

    17.09.2021, 11:54   Izoh (0)   23321
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mahoratli aktyorlar ishtirokidagi kartina: Leonardo Di Kaprio, Jennifer Lourens, Timoti Shalame, Meril Strip va Ariana Grande birgalikda bitta filmda (video)

    12.09.2021, 20:54

    “Eshigimni qoq” turk seriali Twitter’da “Taxtlar o‘yini” rekordini yangiladi

    12.09.2021, 18:50

    Turk aktrisasi Hazal Kaya “Marashli” seriali ijodkorlarining yangi loyihasida ishtirok etadi

    08.09.2021, 21:36

    “Masha va Maymoq” multseriali YouTube’da jami 100 mlrd martadan ortiq tomosha qilindi

    08.09.2021, 19:59

    Gollivud yulduzi Xyu Jekman otasi vafot etganini ma’lum qildi

    08.09.2021, 13:58

    Kun videosi: Anjelina Joli Salma Xayekni yuzi bilan tortga itardi

    07.09.2021, 15:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.