“Tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-oktyabrdan quyidagilar bekor qilinadi:
- qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan YATT tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati;
- alohida tayyor import iste’mol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o‘tgach sotuvga qo‘yilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qo‘yilgan taqiq.
2021-yil 1-oktabrdan tegishli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining nazorat funksiyalari bekor qilinadi.
2022-yil 1-yanvardan:
- nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlar faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshiradi;
- Savdo-sanoat palatasi a’zosi bo‘lgan tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlar roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etadi;
- Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda yuritiladi;
- tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi (soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).
2022-yildan tadbirkorlarga ma’muriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etiladi.
Mavzuga doir:
- So‘x, Shohimardon va boshqa ayrim hududlarda soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi
- O‘zbekistonda olis hududlarga ishlashga borgan ayrim xodimlardan uy–joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi
- “Katta yo‘qotishlar bo‘lmaydi”. Moliya vazirining o‘rinbosari – QQS va daromad solig‘i stavkasi pasayishining davlat budjetiga ta’siri haqida
Izoh (0)