Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida quvvati 100 megavatt bo‘lgan, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) tamoyili asosida shamol elektr stansiyasini (ShES) qurish bo‘yicha loyiha moliyaviy takliflarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Olingan takliflarni baholash natijalariga ko‘ra, “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan 100 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘olibi deb topildi va u har bir kilovatt-soat elektr energiyasiga 2,5695 AQSh sent tarifini taklif qildi.
Shuningdek, “Masdar” kompaniyasi 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 2,6550 sent taklif bergan va zaxiradagi g‘olib deb topilgan.
Mazkur stansiya 2023-yilda ishga tushiriladi va yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Mavzuga doir:
- “O‘zbekistonda 2025-yilgacha kamida 50 foiz elektr energiyasi xususiy elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi” — Prezident
- Navoiyda ilk bor xususiy investor tomonidan qurilgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda
- Xorijning ikki kompaniyasi Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida bug‘-gaz elektr stansiyalari quradi
Izoh (0)