Amerikalik mashhur xonanda Britni Spirs Instagram ijtimoiy tarmog‘ini tark etdi. Britnining akkauntidagi “Kechirasiz, bu sahifa mavjud emas” yozuvi bunga isbot bo‘la oladi.
Instagram’da 34 million obunachisi bo‘lgan Britni keyinroq Twitter sahifasida nima uchun bunday qarorga kelganini ma’lum qilgan.
“Unashtiruvimni nishonlash uchun shunchaki kichik tanaffus qilyapman. Tez orada qaytaman”, — deb yozib qoldirgan xonanda. Avvalroq unashtiruvini e’lon qilgan Spirs brilliant uzugini muxlislariga ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)