Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik pop-qo‘shiqchi Britni Spirsning otasi Jeymi qizining vasiyligidan voz kechishga roziligini ma’lum qildi. Bu haqda Jeymi Spirsning advokati sudga taqdim etishni rejalashtirayotgan hujjatlarga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: BBC

Foto: BBC

Unda aytilishicha, Britnining otasi muntazam “asossiz hujumlarga” uchramoqda, uning fikricha, qizi bilan omma oldidagi janglari uning vasiy rolidagi “manfaatlariga mos kelmaydi”.

Shu bilan birga, Britning otasi vasiylikdan voz kechayotganiga real asoslar yo‘q deb hisoblamoqda. Shuningdek, u qizining ixtiyoriga zid ravishda biror ishni qilishga, jumladan, sahnada chiqish qilishiga majburlaganini rad etgan.

Hujjatlarda aytilishicha, Spirsning otasi Britni ustidan vaziylik qilish huquqini boshqa insonga berish uchun sud bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, 2008-yilda xonanda bilan bog‘liq ruhiy muammolar sabab nafaqat mablag‘lari, balki shaxsiy hayoti va ishini ham nazorat qilgan otasi Jeyms unga vasiy etib tayinlangan. 2021-yilning iyulida esa sud Britni Spirsning o‘z otasini vasiylikdan ozod etish borasidagi so‘rovini rad etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi