Britaniyalik yozuvchi Nik Redfern Merilin Monroning Markaziy razvedka boshqarmasi ishlariga aralashuvi tufayli vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Sirlar kundaligi: NUJ fitnasi va Merilin Monroning sirli o‘limi” nomli kitobida yozgan.
Monro 1962-yil 5-avgustda 36 yoshida vafot etgan bo‘lsa-da, ammo uning o‘limi haqidagi bahslar hali ham davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa uyqu dori sifatida qabul qilgan barbituratning haddan tashqari dozasi tufayli vafot etgan. Monroning o‘limini o‘z joniga qasd qilish deb hisoblaydiganlar ham talaygina.
Ammo yozuvchining ishonch bilan ta’kidlashicha, Merilin Jon Kennedi aytgan ma’lumot tufayli o‘ldirilgan. Uning aytishicha, AQSh sobiq prezidenti aktrisaga halokatga uchragan NUJlar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni aytgan. Uning o‘limi Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan, shundan keyingina o‘zga sayyoraliklar haqidagi ma’lumotlarning tarqalishi to‘xtagan. “Monro halokatga uchragan NUJ (noma’lum uchar jism)lar va AQSh harbiy bazalarida saqlanayotgan g‘ayrioddiy jasadlar haqidagi maxfiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lgan”, deb iqtibos keltiradi The Sun nashri.
Mavzuga doir:
- Sirli o‘lim topgan jahon yulduzlari (foto)
- Afsonaviy Merilin Monro dunyoga tanilmasidan avval qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)
- Oq uy parisining fojiali qismati: Jaklin Kennedi haqida hammaga ham ma’lum bo‘lmagan 10 ta fakt (foto)
- Qirolicha bilan kechki ovqat: Merilin Monro, Anjelina Joli va Yelizaveta II bilan uchrashgan yana boshqa mashhurlarning noyob suratlari
- Qirolicha bilan kechki ovqat: Merilin Monro, Anjelina Joli va Yelizaveta II bilan uchrashgan yana boshqa mashhurlarning noyob suratlari
Izoh (0)