Daryo

Unashtiruvini e’lon qilgan Britni Spirs brilliant uzugini muxlislariga ko‘rsatdi

Bu haqida qo‘shiqchi Instagram sahifasida e’lon qilgan

1 daqiqa o‘qish74 460 ko‘rishlar0 izoh0

O‘n yildan ko‘proq otasining vasiyligi ostida bo‘lgan va ozodlikka erishish arafasida turgan xonanda Britni Spirs shaxsiy hayotida ham o‘zgarish qilishga qaror qildi.

Foto: Elle

Qo‘shiqchi Instagram’dagi sahifasi orqali unashtiruvini e’lon qildi. U yaqin orada model va fitnes bo‘yicha trener Sem Asgari bilan turmush qurishi mumkin. Qaylig‘i bilan birga ko‘rinish berib, brilliantdan ishlangan uzugini muxlislariga ko‘z-ko‘z qilgan Spirs videoga izoh sifatida bunga ishonmayotganini yozib qoldirgan.

Foto: Elle

Ushbu zargarlik buyumi Forever Diamonds NY brendi dizayneri Roman Malayev tomonidan taqdim qilingan. Uzuk 4 qirotlik tosh bilan bezalgan.

Britni bo‘ynidagi choker, qizil french manikyuri hamda yangi soch turmagi bilan ko‘rinish bergan. Sochlarining uchini qirmizi rangga bo‘yab, nomiga jingalak qilgan.

2016-yildan buyon munosabatda bo‘lgan juftlik Slumber Party qo‘shig‘ining klipida tanishgan. Britni hayotidagi qiyinchiliklar vaqtida Sem hamisha uning yonida bo‘lib, qo‘llab-quvvatlagan. Avvalroq Britni Spirsning otasi qiziga vasiylik qilishdan voz kechish uchun 2 million dollar talab qilgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar