O‘zbekiston maktablarida 6-sentabrdan darslar to‘liq an’anaviy tarzda boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, faqat quyidagi holatlar bolaning ta’lim jarayoniga vaqtincha masofadan jalb etilishiga sabab bo‘lishi mumkin:
- o‘zi yoki oila a’zolaridan biri COVID-19 bo‘lib, vaqtincha davolanishda bo‘lgan o‘quvchilar uchun;
- o‘quv yili davomida o‘qituvchi yoki o‘quvchilar orasida koronavirus aniqlanib, vaqtinchalik karantinga olingan sinf yoki maktablar uchun.
Bunday o‘quvchilar uchun parallel ravishda darslar MTRK telekanallari orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida berib boriladi.
Bundan avval O‘zbekistonda o‘quvchi qizlarning maktabga ro‘mol o‘rab kelishiga ruxsat berilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- “Maktab yoshiga yetgan bolalar maktabga chiqolmay qolib ketaveradimi?” – Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov maktabga qabul qilishning elektron tizimidagi kamchiliklarni tanqid qildi
- Quyi Chirchiqda G‘ofur Rahimov homiyligida STEM fanlariga ixtisoslashgan maktab ochildi
- O‘zbekiston bo‘ylab 1-sinf o‘quvchilariga atalgan Prezident sovg‘alari hududlarga yo‘l oldi
Izoh (0)