Daryo

Quyi Chirchiqda G‘ofur Rahimov homiyligida STEM fanlariga ixtisoslashgan maktab ochildi

Mazkur ta’lim muassasasida 634 nafar o‘quvchiga 43 nafar pedagog ta’lim beradi

2 daqiqa o‘qish43 214 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xalq ta’limi vazirligi

30-avgust kuni Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida 2021/2022-o‘quv yili oldidan yana bir ta’lim muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu homiylik mablag‘i hisobidan qurilgan Respublikadagi ilk STEM fanlariga ixtisoslashgan maktab hisoblanadi, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Ochilish marosimidan oldin maktabni to‘liq qurib va jihozlab bergan homiy tadbirkor G‘ofur Rahimov hamda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan ramziy ma’noda ko‘chatlar ekilgan.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatida so‘nggi 3 yil davomida 268 ta maktab investitsiya va boshqa dasturlar asosida ta’mirlanib, buning uchun 380 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. 2021-yilning o‘zida qariyb 500 ta (55 foiz) maktabda ta’mirlash ishlari, jumladan, 40 ta maktabda investitsiya, 41 ta maktabda “Obod qishloq” dasturi asosida, 418 ta maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

“Quvonarli jihati, viloyatda maktablarning shaklini o‘zgartirish uchun saxovatli tadbirkorlar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bugun mana shunday tadbirkorlardan biri G‘ofur Rahimov mablag‘lari evaziga 45-maktabning eski binosi o‘rnida zamonaviy ta’lim maskani qad rostladi. Maktabda o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim olishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. 600 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan ta’lim muassasasida 634 nafar o‘quvchiga 43 nafar pedagog ta’lim beradi. Maktab eng zamonaviy jihozlar va so‘nggi axborot texnologiyalari bilan jihozlangan. STEM fanlariga ixtisoslashgan tayanch maktabida matematika, chet tili, axborot texnologiya, kimyo, biologiya fanlari chuqurlashtirgan holda o‘qitiladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq OTB O‘zbekistonda STEM ta’limini rivojlantirishga 100 million dollar ajratishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: G‘ofur Rahimov O‘zbekiston IIV qidiruvidagi shaxslar ro‘yxatidan o‘chirildi

Eslatib o‘tamiz, AIBA sobiq prezidenti G‘ofur Rahimov 2019-yilning iyulida tashkilot rahbarligi lavozimini butunlay tark etgandi. O‘sha yilning sentabrida esa u AQSh Moliya vazirligi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi ustidan sudga arz qilgan edi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar