Daryo

O‘zbekiston bo‘ylab 1-sinf o‘quvchilariga atalgan Prezident sovg‘alari hududlarga yo‘l oldi

Sovg‘alar dastlab Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga yetib boradi

1 daqiqa o‘qish48 176 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Har yili O‘zbekistondagi maktablarning 1-sinf o‘quvchilari uchun tuhfa qilinadigan Prezident sovg‘alaridan iborat karvon 23-avgust kuni hududlarga yo‘l oldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Sovg‘alar 12 turdagi o‘quv qurollari, jumladan, portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim, o‘chirg‘ichni o‘z ichiga olgan.

Sovg‘alar dastlab Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga yetib boradi. Yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar mazkur sovg‘alar bosqichma-bosqich barcha maktablarga yetkazilib, o‘quv yilining ilk kuni o‘quvchilarga topshiriladi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Ma’lumot uchun, 2021–2022 o‘quv yilida 641 604 nafar o‘quvchilar maktablarning 1-sinflariga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar