• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Maktab yoshiga yetgan bolalar maktabga chiqolmay qolib ketaveradimi?” – Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov maktabga qabul qilishning elektron tizimidagi kamchiliklarni tanqid qildi

    “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov yaqinda joriy qilingan bolalarni maktabga qabul qilishning elektron tizimidagi kamchiliklarni tanqid qildi.

    Uning ta’kidlashicha, yaqin–yaqingacha kollej universitetlar qatorida, bog‘cha va maktabga kirish ham “qistir-qistir”larsiz bitmagan. Ayniqsa, shaharda dong taratgan “prestij” bog‘cha va maktablar faqat “kattakon”larning bolalarini “yuqori”dan qo‘ng‘iroq asosida qabul qilib, mahalliy aholiga joy qoldirmasligi ko‘p bor isbotini ko‘rsatgan.

    Mavzuga doir: Xalq ta’limi tizimida olti oyda 65,1 mlrd so‘mlik o‘zlashtirish va kamomad aniqlangan

    “Mazkur korrupsiogen holatlarning oldini olish, maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylash uchun mudiraning, maktabga qabulda direktorning cho‘ntagini qappaytirishga barham berish uchun shaffof tizimlar yaratildi. MTTlarga Davlat xizmatlari agentligi orqali navbat tashkil qilish yo‘lga qo‘yilgani ko‘plab ota-onalarning ko‘nglidagi ish bo‘ldi.

    Bu yildan umumta’lim maktablariga qabul ham elektron shaklda my.maktab.uz portali orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi. Elektron tizimga o‘tilgani, albatta, yaxshi, ortiqcha ovogarchiliklar-u xarajatlarga hojat qoldirmaydi. Ammo, ayrim jamoatchilik vakillarining ta’kidlashlaricha, ushbu tizimga ishonib farzandini bu yil maktabga joylolmay qolgan, sentabr oyi – yangi o‘quv yili boshlanganiga qaramay, hamon farzandining hujjatlari qo‘lida turgan ota-onalar bor.

    O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, ota-onalardan sayt orqali ma’lumotlarni to‘ldirish va jarayonni kuzatib borish talab etilgan. Bu bosqichni bajarganlar yoz bo‘yi har kuni ko‘zi to‘rt bo‘lib saytdagi shaxsiy sahifasini kuzatgan va “ko‘rib chiqilmoqda” yozuvini o‘qib kelgan. Kimlardir navbati kelgani haqida xabar topib, bolasini maktabga joylashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo ota-onalarning bir qismi avgust oyining oxirgi kunlarida saytdagi “qaytarildi” degan hukmni o‘qib boshlarini changallab qolishdi. Xo‘sh, endi nima bo‘ladi? Maktab yoshiga yetgan bolalar maktabga chiqolmay qolib ketaveradimi? Xo‘p, qamrov yuqoriligi bois o‘zi tanlagan maktabida bo‘sh joy qolmagandir, bu haqida avvalroq xabar berish, ota-onalar uchun boshqa maktab uchun harakat qilish imkonini qoldirish mumkinmidi?

    Avvalgi tizim korrupsiya xavfi ostida deb, boshqa tizim yaratilgani maqsadga muvofiq, biroq bolalarda nima ayb? “O‘quvchi bo‘laman, Prezidentdan sovg‘a olaman”, deya entikib turgan murg‘ak qalblar 6-sentabr kuni uyda mung‘ayib qolsalar, bizga korrupsiyadan holi tizimga tasanno o‘qib o‘tirish yarasharmikin?

    Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga imkon qadar ko‘p qamrab olish haqida ko‘p gapirildi, takliflar berildi, ammo hozirgi vaziyatda MTTdan ham muhimroq va dolzarbroq bo‘lgan majburiy ta’limga jalb etish ham o‘z oqsoqligini berkitolmayapti. Vaqtida maktabga chiqib, kerakli ta’limni olmagan, bu borada bir yil yutqazgan, ustiga ustak hamma narsasini taxt qilib qo‘ygan holda maktabga borish orzusi sarobga aylangan bolakaylardan ertaga yuqori natijani talab qilishga haqlimizmi?

    Abituriyentlarning test natijalari hamon e’lon qilinmagani ham hozirda og‘riqli masalalar qatorida turibdi. Ammo ularning vaziyati bo‘lajak o‘quvchilarnikichalik chigal emas. Har holda, imtihonlar o‘tdi, yaxshi natijani qayd qilganlar ertami-kechmi talaba bo‘la oladi. Bog‘chadan chiqarilgan, maktabga qabul qilinmagan o‘quvchilar esa arosatda qolib ketdi.

    Xalq ta’limi vazirligi masalaga jiddiy qarab, oldindagi oz fursat ichida ana shu o‘quvchilar foydasiga biror ma’nili qaror qabul qiladi, degan umiddamiz. Zotan, ibtido intihoni hal qiladi. Farzandlarimiz ta’limining ilk pillapoyalaridanoq kerakli sharoitlarni yaratib beraylik”, – deydi Bahrom Abduhalimov.

    Mavzuga doir:

    • Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov: “Tonirovka” uchun jarima adolatsiz o‘rnatilgan
    • Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov majburiy emlash nazarda tutilgan qonunga e’tiroz bildirdi
    • Bahrom Abduhalimov obodonlashtirish xodimlarini uyida ishlatgani aytilgan prokurorni tanqid qildi

    03.09.2021, 18:22   Izoh (0)   16528
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ayrim talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti xorijdagi muassasalarda tashkil etiladi

    03.09.2021, 17:32

    O‘zbekistonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakatdan chiqarib yuboriladi

    03.09.2021, 16:31

    Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi emlanganidan so‘ng vafot etgani aytilgan fuqaro bo‘yicha holat nazoratga olindi

    03.09.2021, 15:34

    “Yoshlar” telekanalining jonli efir vaqtida boshi aylanib, yiqilib tushgan boshlovchining ahvoli haqida ma’lumot berildi

    03.09.2021, 15:19

    O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun o‘tkazilgan imtihonlarning natijalari soat 15:00 da e’lon qilinadi

    03.09.2021, 14:58

    “O‘zgidromet” 4-sentabrda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    03.09.2021, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.