• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘istonda 29-avgust harbiy qismdagi portlashlar qurbonlari xotirasiga motam kuni deb belgilandi. Mamlakatda yana qachon milliy motamlar e’lon qilingan?

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 29-avgustni harbiy qismdagi omborlarda yuz bergan portlashlarda halok bo‘lganlar xotirasiga umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.

    Foto: The Economist

    Foto: The Economist

    “Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va qutqaruvchilar haqiqiy qahramonlik va fidoyilik ko‘rsatdi. Ular xalq xotirasida mangu qoladi”, — deb yozdi To‘qayev o‘z Twitter’ida.

    Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea qurbonlari soni 13 kishiga yetgan. Hodisa joyida yana uch nafar bedarak yo‘qolganni qidirish davom etmoqda. Jami jabrlanganlar soni qariyb 90 kishini tashkil etadi.

    Eslatib o‘tamiz, 26-avgust kuni kechqurun Qozog‘istonning Jambil viloyatida muhandis-sapyorlik brigadasi joylashgan 28349-sonli harbiy qismda yong‘in sodir bo‘ldi. Alanga muhandislik o‘q-dorilari joylashgan omborni qamrab oldi, shundan keyin bir necha marta portlash yuz berdi. Qozog‘iston hukumati hodisaning bir nechta sabablarini ko‘rib chiqmoqda, qasddan o‘t qo‘yish versiyasini ham istisno qilmayapti.

    Tengrinews yozishicha, ayni paytgacha Qozog‘istonda o‘n marta milliy motam e’lon qilingan. Fojialar turlicha — sanoat korxonalaridagi portlashlardan tortib, samolyotlar halokati va to‘g‘on yorilishigacha — bo‘lgan.

    Mustaqil Qozog‘iston tarixida birinchi marta 2006-yilda milliy motam kuni e’lon qilingan, o‘shanda 26-sentabr kuni Qarag‘andi viloyatida Lenin nomli konda metan portlab, yong‘in yuzaga kelgan. Oqibatda 41 nafar konchi halok bo‘lgan.

    Oradan qariyb ikki yil o‘tgach — 2008-yil 11-yanvarida — o‘sha hududning o‘zida yana bir portlash sodir bo‘ldi. Abay shahridagi konda 30 nafar tog‘-kon ishchisi halok bo‘ldi. Favqulodda vaziyat ustki qatlamni o‘rnatish texnologiyasining buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan.

    2010-yil 11-martida yana bir fojia yuz berdi. Qizilagachda to‘g‘on yorilishi zamonaviy Qozog‘iston tarixidagi eng halokatli toshqinlardan biriga aylandi. 45 kishi halok bo‘ldi, ularning 11 nafari — bolalar.

    2012-yil fojialar soni bo‘yicha antirekord o‘rnatdi. 5-iyun kuni mamlakatda “Arkankergen” postida qozog‘istonlik chegarachilarning fojiali o‘limi munosabati bilan motam e’lon qilindi. 14 nafar harbiy xizmatchi va o‘qchi askarlar 28-may kuni postning o‘zida o‘ldirib ketilgan.

    25-dekabr kuni esa Chimkent osmonida An-72 samolyoti halokatga uchradi. Bortda 27 nafar chegarachi, shu jumladan, yetti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

    2013-yil 31-yanvarda ham halok bo‘lganlar xotirasiga milliy motam e’lon qilingan. Olmaota viloyatining Kiziltu qishlog‘i yaqinida Kokshetau — Olmaota reysini amalga oshirayotgan Challenger-200 samolyoti qulab tushdi. 16 nafar yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.

    2016-yil 5-iyun kuni Aqto‘beda ikkita qurol do‘koni va harbiy qismga bir guruh odamlar qurolli hujum uyushtirdi. Bir necha kishi halok bo‘ldi, ularning uch nafari — harbiy xizmatchilar. 9-iyun kuni motam e’lon qilindi.

    Bek Air aviakompaniyasining Fokker-100 samolyoti halokati 2019-yil dekabrida yuz berdi. Olmaota—Nur-Sulton reysi uchib chiqishda keskin pasayib, beton to‘siqqa borib urildi. Qozog‘iston prezidenti 28-dekabrni umummilliy motam kuni etib belgiladi.

    2020-yil 13-iyulda esa koronavirus pandemiyasi qurbonlari xotirasiga bayroqlar tushirildi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Jambil viloyatida yuz bergan portlash munosabati bilan hamdardlik bildirdi
    • Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy omborlardagi portlashdan keyin iste’foga chiqishga qaror qildi

    29.08.2021, 13:28   Izoh (0)   27288
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda parlament saylovlari 28-noyabrga belgilandi. Avvalgi saylov natijalari ommaviy noroziliklar fonida bekor qilingan edi

    29.08.2021, 11:26

    1526-yilgi Mohach jangi: Vengriya tarixidagi eng fojiali, sulton Sulaymon I Qonuniy faoliyatida esa eng muvaffaqiyatli jang

    29.08.2021, 08:30

    “Tolibon”dan ham radikalroq “Viloyati Xuroson”: IShIDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi kimlar, nima uchun ularni hatto “Tolibon” ham qoralamoqda?

    28.08.2021, 19:36

    Bangladeshda qayiq va trauler to‘qnashib ketdi. Oqibatda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

    28.08.2021, 16:36

    AQSh razvedkasining koronavirus kelib chiqishi haqidagi hisoboti e’lon qilindi

    28.08.2021, 14:13

    Peruda avtobus jarlikka qulab tushdi, 15 kishi halok bo‘ldi

    28.08.2021, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.