• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    1526-yilgi Mohach jangi: Vengriya tarixidagi eng fojiali, sulton Sulaymon I Qonuniy faoliyatida esa eng muvaffaqiyatli jang

    29-avgust kuni Vengriya xalqi xotirasida unutilmas sana hisoblanadi. 1526-yilning shu kunida bo‘lib o‘tgan muhorabadan so‘ng Vengriya Yevropaning katta va qudratli davlatidan, uncha katta bo‘lmagan, harbiy va siyosiy qudrati past davlatga aylandi. “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov usmonlilarning Bolqonda erishgan eng muhim g‘alabalaridan biri — Mohach jangi haqida hikoya qiladi.

    Mohach jangini Vengriya tarixidagi eng dramatik va muhim voqea deb aytish mumkin. Qudratli sulton Sulaymon oldida tiz cho‘kishdan bosh tortgan qirol Layosh II, ulkan Usmoniylar saltanati bilan teng bo‘lmagan urushga kiradi. Tobora kuchsizlanib borayotgan Vengriya qirolligi Usmoniylarga qarshi turish uchun Yevropadan o‘ziga ittifoqdosh topa olmaydi va sulton Sulaymonning ulkan qo‘shini bilan yolg‘iz kurashishga majbur bo‘ladi. 1521-yilda boshlangan urush harakatlarining hal qiluvchi jangi Vengriya janubidagi Mohach tekisliklarida bo‘lib o‘tadi. Shu yerda venger qo‘shini turk armiyasi bilan to‘qnashadi.

    Jangdan oldingi vaziyat haqida

    Dastlab e’tiborimizni XVI asrning ikkinchi choragida Yevropa va Yaqin Sharqdagi ahvolga qaratsak. Qit’aning kuchli davlatlari hisoblanuvchi Ispaniya va Fransiya Italiyadagi mojarolar bilan band edi — Appenin yarimoroling boy yerlarini raqibga jangsiz topshirish mumkin emasdi. Nemis davlatlari esa dehqonlar qo‘zg‘oloni hamda diniy ixtiloflar sabab qarama-qarshiliklar va kurashlar ichida qolgandi. Sharqiy Yevropa ham notinch bo‘lib, to‘xtovsiz qo‘zg‘olonlardan tashqari, mintaqada Polsha, Avstriya va Vengriya o‘rtasida keskin kurash ketayotgandi.

    Bu paytda Yaqin Sharqning asosiy davlati bo‘lmish Usmoniylar saltanati esa aksincha, o‘z qudratining cho‘qqisiga chiqqandi. Sulton Salim I (1512—1520-yillar) hukmronligi davrida turklar nazorati ostidagi hudud ikki baravar ko‘paydi. Sulton sharq va janubdagi ulkan hududlar — butun Kichik Osiyo, Iroqning katta qismi, Kavkazorti, Falastin, Hijoz, Misr hamda Mesopotamiyani o‘z imperiyasi tarkibiga kiritdi.

    1520-yilda sulton Salim I vafot etgach, Istanbul taxtiga uning 26 yoshli o‘g‘li Sulaymon o‘tirdi. Yosh sultonga qudratli va zamonaviy armiyaga ega ulkan davlat meros qoldi. Sulaymon iqtidorli siyosatchi bo‘lib, taxtga kelishi bilan darhol g‘arbdagi qo‘shnilar: Avstriya, Vengriya va Moldova bilan munosabatlarga e’tibor qaratdi.

    Vengriya qirolligidagi siyosiy ahvol

    1520-yil boshlariga kelib Usmoniylar saltanatining Yevropadagi chegaralarida mustaqil va kuchli davlat sifatida faqat Vengriya qirolligi qoladi. Ammo XV asr oxirigacha Yevropaning eng qudratli davlatlaridan bo‘lgan Vengriya qirolligi Usmoniylar bilan boshlanajak urush arafasida tanazzulga yuz tutadi.

    Sulton Sulaymon I (chapda) va qirol Layosh II (o‘ngda)

    Sulton Sulaymon I (chapda) va qirol Layosh II (o‘ngda)
    Foto: Google Images

    Qirol Matyash Hunyadi (1458—1490-yillar) davrida Vengriyada bir qator moliyaviy va harbiy islohotlar o‘tkaziladi. Usmoniylar hujumiga qarshi turish uchun Polsha va Avstriya bilan ittifoq tuzishga harakat qilinadi. Xorvatiya va Chexiya Vengriya qirolligiga bo‘ysundiriladi.

    Biroq Matyash vafotidan so‘ng mamlakatda siyosiy ahvol yomonlashadi. Matyash Hunyadi o‘ziga qonuniy merosxo‘r tayinlamagani sababli uning taxtini Polsha qiroli Vladislav (1490—1516-yillar) egallaydi. Zodagonlarning qo‘llovi orqali Ulaslo II nomi bilan taxtga o‘tirgan Vladislav mahalliy dvoryan va zodagonlarga ko‘plab yerlar berishga majbur bo‘ladi va bu qirol hokimiyatini zaiflashtiradi. Bundan tashqari dvoryanlarning tobora kuchayib borgan zulmiga qarshi mamlakatda 1514-yilda qo‘zg‘olon ko‘tariladi.

    Yosh qirol

    Ulaslo II vafotidan so‘ng 10 yoshli Layosh II mamlakat qiroli deb e’lon qilinadi. 1522-yilgacha davlatni uning amakisi zodagonlarga tayangan holda boshqaradi va aynan uning davrida poytaxt Budaga sulton Sulaymon elchilari keladi. Sultonning o‘lpon haqidagi talabiga venger zodagonlari takabburlik bilan rad javobini beradi hamda elchilarni qamoqqa tashlaydi. Bunga javoban Sulton Sulaymon 1521-yilda Vengriyaga qarshi yurish boshladi.

    Besh yillik urush

    1521-yilning o‘zida “Vengriya kaliti” hisoblanuvchi Belgrad qamal qilinadi. Himoyachilarning qattiq qarshiligiga qaramasdan shahar usmonlilar qo‘liga o‘tadi va turklarning keyingi harakatlari uchun tayanch nuqtaga aylantiriladi. Venger kuchlari shaharni qaytarib olishga urinib ham ko‘rmaydi va asosan mudofaa janglari olib boradi.

    Besh yil davomida asosan pozitsion urushlar bo‘lib o‘tadi, sultonning boshqa frontlardagi harakatlari sabab Vengriyaga qarshi katta kuch tashlanmaydi. Nihoyat 1526-yilda sulton Sulaymon Vengriyaga hal qiluvchi zarbani berishga qaror qiladi hamda yuz mingdan ortiq qo‘shin va 300 artilleriya quroli bilan Buda tomon yo‘lga chiqadi.

    Mohach jangi

    Mohach jangi
    Foto: Alchetron

    Usmoniylar armiyasining yo‘lga chiqqanidan xabar topgan Layosh II qo‘shin yig‘ish ishlarini boshlaydi. Biroq venger dvoryanlarining ko‘pchiligi unga kelib qo‘shilmaydi. Qolaversa, qo‘shin yig‘ish ishlari juda sekin olib boriladi va turk qo‘shinlari mamlakat chegarasiga yetib kelgandagina qirol sultonga qarshi yurishga otlanadi.

    Turk qo‘shinining yo‘nalishini ular Bolqon tog‘laridan o‘tmaguncha aniqlab bo‘lmasdi. Shuning uchun Layosh II o‘z kuchlarini uchga bo‘ladi. Ularning birini Alp tog‘laridan Transilvaniyaga o‘tish joylarini qo‘riqlash uchun yuboradi. Ikkinchisi esa Kristof Frankopan boshchiligida kichik xorvat kuchlari edi. Asosiy armiyaga qirolning o‘zi qo‘mondonlik qiladi. Qo‘shin venger otliqlaridan tashqari nemis, ispan va chex yollanma askarlaridan iborat edi. Turklarning poytaxt tomon harakatlanayotganini eshitgan Layosh II ularni Mohach botqoq-tekisliklarida kutib olishga qaror qiladi.

    Qirolning nima uchun ulkan turk qo‘shini ochiq jangga kirishga qaror qilgani hozirgacha noma’lum. Ehtimol qirol turk otliq askarlarining (sipohlar) botqoqlikda qiyin harakatlanishini ko‘zlab shunday qarorga kelgan bo‘lishi mumkin. Biroq Usmoniylar qo‘shini o‘z tarixida hech qachon otliqlarga suyanmagan, turklar g‘alabalarining asosiy omili yanicharlar(maxsus piyoda askarlar) va zamonaviy artilleriya qurollari edi.

    Mohach tekisligi

    Yozning oxirida ikki qo‘shin Vengriya janubidagi Mohach tekisligida uchrashadi. Venger qiroli qo‘l ostida o‘ttiz mingga yaqin askar va 53 dona artilleriya quroli bor edi. Sulton Sulaymonning taslim bo‘lish haqidagi taklifiga Layosh II qat’iy rad javobini beradi.

    Mohach maydonining janubida kichik tepalik bo‘lib, usmonli qo‘shini shu yerga joylashadi. Tepalik turklarga vengerlarning harakatlarini ko‘rishga xalal beradi va Rumeliya qo‘shini tepalikdan o‘tib qarorgoh tiklashga yuboriladi. Butun usmonli qo‘shini bilan jangda g‘alaba imkoniyati yo‘qligini anglagan Layosh II uni qismlarga bo‘lib yengishga qaror qiladi va Rumeliya qo‘shiniga hujum qilishni buyuradi.

    Mohach jangi

    Mohach jangi
    Foto: Turk miniatyurasi

    Turklar hali chodirlarni tikmasdanoq venger yengil qurollangan otliqlari (venger qo‘shinlarining asosiy kuchi) hujumga shoshiladi. Voqealarning bunday rivojini umuman kutmagan usmonli askarlari orqaga qarab qocha boshlaydi. Bu muvaffaqiyatdan keyin ancha dadillashgan venger kuchlari oldingi intiladi. Biroq Rumeliya qo‘shini hujumga uchraganini eshitgan sulton darhol yanichar va sipohiy qismlarini jang maydoniga tashlaydi.

    Usmoniylar artilleriyasining mohirona boshqarilishi va yanicharlarning dushman markazini tor-mor qilishi jang taqdirini hal qiladi. Turk qo‘shinlarining butun kuchlari jangga kirganini ko‘rgan venger otliqlari jang maydonini tashlab qochib ketadi, faqatgina yollanma askarlar oxirigacha qarshilik ko‘rsatadi. Ammo qurshovga olingach ular ham usmonlilarga taslim bo‘ladi.

    Qirol Layosh II esa qochayotgan paytida Dunay daryosiga sakraydi va cho‘kib ketib, halok bo‘ladi. Deyarli barcha venger general va yetakchilari asir olinadi yoki o‘ldiriladi. Venger qo‘shinining umumiy talafoti 14 mingdan ziyod bo‘lgani deb aytiladi. Turklar esa 1000—2000 kishi atrofida talafot ko‘radi.

    Jang natijasi

    Mohach maydonidagi g‘alabadan bir necha kun o‘tgach usmonlilar qo‘shini Budaga kirib keladi. Garchi 1541-yilga kelibgina Buda to‘liq turklar qo‘liga o‘tgan bo‘lsa-da, Mohach jangidan so‘ng Vengriya qirolligi yagona hudud sifatida tugadi. Uning g‘arbiy, keyinroq shimoliy qismlari Avstriya nazoratiga o‘tadi. Markaziy va janubiy hududlar esa Usmonli imperiyasi tomonidan egallanadi.

    Avstriya va Usmoniylarning Vengriya ustidan hukmronlik uchun doimiy kurashlari natijasida venger hududi talon-toroj bo‘ladi, qishloqlarda odam soni kamayib ketadi, ulkan soliqlar natijasida aholi qashshoqlashadi.

    Vengriya qirolligining bo‘lib olinishi

    Vengriya qirolligining bo‘lib olinishi
    Foto: Pinterest

    Ko‘pgina vengerlar Mohach jangini mamlakat tarixidagi hal qiluvchi burilish deb hisoblaydi. Ularning fikricha aynan shu jang mustaqil va qudratli Yevropa davlatining tugashiga sabab bo‘lgan. Hozirda ham vengerlar orasida biron omadsizlik yuz bersa “Mohachda bundan ham ko‘proq yo‘qotilgan” iborasi mavjud.

    Usmonli saltanati uchun esa Mohachdagi g‘alaba Bolqonda mutlaq hukmronlik qilish imkonini berdi. Endilikda yarimorolda turklarga qarshi tura oluvchi davlat qolmagandi va usmonlilarning keyingi nishoni Markaziy Yevropa — Venaga qaratiladi.

    29.08.2021, 08:30   Izoh (0)   72504
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiyalik mexanik dunyodagi eng tor avtomobilni ishlab chiqdi (foto)

    Avto | 3 iyul, 16:25

    O‘zbekistonda dollar yana pastladi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:14

    Tohir Sodiqovdan Jonygacha: Xorazmdagi qovun sayliga qaysi yulduzlar tashrif buyuradi?

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:07

    Shavkat Mirziyoyev Fuzuliy shahriga bordi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:06

    Ronaldu Diogu Jota va uning ukasining fojiali o‘limiga munosabat bildirdi

    Sport | 3 iyul, 16:01

    Isroil hujumida G‘azo kasalxonasi direktori va oilasi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyul, 15:50

    G‘azoda 73 nafar falastinlik “sababsiz otib tashlandi”

    Dunyo | 3 iyul, 15:37

    Gollivudning mashhur bo‘ydog‘i — Leonardo Di Kaprioning yuragini zabt etgan Vittoriya Cheretti kim o‘zi?

    Layfstayl | 3 iyul, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.