26-avgust kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Afrikadagi milliy qo‘riqxonalarning birida yashovchi babuin haddan tashqari to‘polonchi bolasini dumidan sudrab ketmoqda. Bolakayning uyida qattiq jazo kutib turganga o‘xshaydi?.

Foto: Legion Media

Toshkent shahrida otilgan salyut.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Shveysariya tog‘laridagi fransuz rassomi Giyom Legroning “Yangi nafas” nomli ulkan freskasi.

Foto: AFP

Rassom Bokibaning “Virtual Notting-Xill” festivalini targ‘ib etuvchi Londondagi surati.

Foto: Getty Images

Kobul xalqaro aeroportida AQSh harbiy samolyotiga chiqayotgan afg‘on oilasi.

Foto: AFP

Sidney sohilida syorfing bilan shug‘ullanayotgan sportchilar.

Foto: Getty Images

Turmush o‘rtog‘idan koronavirus sababli judo bo‘lgan Andrea Montero bolalari — uch yoshli Sedrik, besh yoshli Sezar va 12 yoshli Karla Paola bilan Meksikaning Varakruz shahridagi uyida o‘tiribdi.

Foto: Getty Images

Chegarada namoyish o‘tkazgan falastinliklar va jurnalistlar Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan uloqtirilgan ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan qochmoqda.

Foto: Getty Images

Edinburgdagi ulkan kaleydoskop ichidagi ayol.

Foto: PA

Yaman poytaxti Sana shahrida ayollar o‘tasida o‘tkazilayotagn shaxmat chempionati.

Foto: AFP

AQShning Lavlend shahri politsiya xodimi Metyu Grashornning bodikamerasidan olingan surat. U to‘pponchasini o‘ziga qarab yugurib kelgan itga qaratib turibdi. Politsiya xodimi ushbu itni otib o‘ldirishda ayblanmoqda. It egalari Grashornni, uning rahbarlarini va Lavlend shahrini sudga berdi.

Foto: AP Photo

Tokio Paralimpiya o‘yinlarida musobaqa yakunlanganidan so‘ng tennis stolini dezinfeksiya qilayotgan ko‘ngillilar.

Foto: Getty Images

London hayvonot bog‘ida har yilgi og‘irlik o‘lchash jarayoni.

Foto: EPA

G‘azoda Isroil chegaradagi cheklovlarni kuchaytirgani uchun norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Foto: Getty Images

Bog‘dagi dam oluvchilar Delta Air Lines samolyotining Los-Anjeles aeroportiga qo‘nishini kuzatmoqda.

Foto: Getty Images

Hindiston Tereza ona tavalludining 111 yilligini nishonlamoqda.

Foto: EPA

Velosipedchi Mixail Astashov Tokio Paralimpiadasida 3000 metr masofadagi poygada oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images

Falastin dengiz portidagi baliqchilar.

Foto: Getty Images

Extinction Rebellion Londonda qazilma yoqilg‘ilarga qarshi namoyish o‘tkazdi.

Foto: “TASS”

Xitoyning Bijzi shahrida xrizantemalarni qayta ishlash jarayoni.

Foto: Getty Images

Polshaning Lodz shahridagi hayvonot bog‘ida yashovchi tojli kaptar Viktoriya.

Foto: EPA