Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Botir Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.
O‘zbek estradasi asoschisi, san’atkor Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.
“O‘zining buyuk iste’dodi, noyob va betakror ijodi bilan o‘zbek estrada san’atiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib hamda tavalludining 85 yilligi munosabati bilan xalqimizning ardoqli farzandi, buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti, marhum Botir Karimovich Zokirov ‘El-yurt hurmati’ ordeni bilan mukofotlansin”, — deyiladi farmon matnida.
Ma’lumot uchun, Prezidentning 2020-yil 2-dekabrdagi qaroriga muvofiq, 2021-yilda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahrida san’atkor haykalini o‘rnatish belgilangan.
Mavzuga doir:
- Hojiboy Tojiboyevdan Mirza Azizovgacha. O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan marhum ijodkorlar mukofotlandi
- Jahongir Ortiqxo‘jayevdan Zafar Hoshimovgacha. O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida bir guruh ijtimoiy-iqtisodiy soha vakillari mukofotlandi
- Prezident farmoniga asosan “Daryo” muharriri Sevara Nishonova “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi
Izoh (0)