• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    To‘qson uch yildan beri na eshitadi, na gapira oladi: Dehqonobod tumani markazidan 200 km uzoqlikda joylashgan qishloqda yashovchi otaxon hayoti

    Internetda Qashqadaryo viloyatining olis qishloqlaridan birida yashovchi oilaning erta-indin to‘kilib tushish darajasiga yetgan kulbasi tasvirlangan surat tarqalib, ko‘plab muhokamalarni keltirib chiqardi. Bu haqda Facebook’da yozgan muallif kinoya bilan bu Afg‘oniston emas, O‘zbekiston degan bo‘lsa, Twitter’dagi muallif shunchaki dahshat, deya ta’riflagan.

    “Daryo” muxbiri suratdagi fuqarolarni izlab, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani markazidan salkam 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Oqzov qishlog‘ida bo‘ldi.

    Bolalarini yetaklab ketayotgan ayol.

    Bolalarini yetaklab ketayotgan ayol.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, suratda sovg‘a ko‘tarib turgani ko‘ringan qizlar va keksa otaxon Dehqonobod tumanining “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Oqzov qishlog‘ida yashovchi Safar bobo To‘raqulov va uning ikki nafar qizi — Jumagul va Jamila bo‘lgan.

    93 yoshli Safar bobo va uning ikki nafar qizi

    93 yoshli Safar bobo va uning ikki nafar qizi
    Foto: “Daryo”

    93 yoshli Safar bobo To‘raqulov.

    93 yoshli Safar bobo To‘raqulov.
    Foto: “Daryo”

    Safar boboning ikki nafar qizi — Jumagul va Jamila.

    Safar boboning ikki nafar qizi — Jumagul va Jamila.
    Foto: “Daryo”

    Suhbat davomida aniq bo‘lishicha, Safar bobo To‘raqulov ayni kunda 93 yoshni qarshi olgan. Turmush o‘rtog‘i Uldono momo Qo‘ziyeva 2000-yilda vafot etgan.

    Safar bobo va uning farzandlari, jiyani hamda uning oilasi yashab kelayotgan uy.

    Safar bobo va uning farzandlari, jiyani hamda uning oilasi yashab kelayotgan uy.
    Foto: “Daryo”

    Safar bobo va uning farzandlari yashab kelayotgan uy.

    Safar bobo va uning farzandlari yashab kelayotgan uy.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Safar bobo va Uldono momoning 3 nafar farzandi bor.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Taqdir taqozosi bilan Safar boboning 1993-yil va 1995-yilda tug‘ilgan qizlari, shuningdek, 1997-yilda tug‘ilgan o‘g‘li aqliy nosog‘lom bo‘lib, ularni ham voyaga yetkazish gapirish va eshitishda imkoniyati cheklangan otaxon zimmasida bo‘lgan.

    93 yoshli Safar bobo To‘raqulov.

    93 yoshli Safar bobo To‘raqulov.
    Foto: “Daryo”

    93 yoshli Safar bobo va uning ikki nafar qizi

    93 yoshli Safar bobo va uning ikki nafar qizi
    Foto: “Daryo”

    Safar boboning jiyani 50 yoshli Alisher Imomovning aytishicha, tog‘asi Safar boboning tug‘ilganidan buyon nutqida nuqson bor. Eshitish qobiliyati bo‘lmagan. Maktabda tahsil olmagan, savodi yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Tog‘am 93 yoshga kirgan bo‘lsa-da, shu yoshgacha eshitmaydi, gapirolmaydi. Taqdir taqozosini qarangki, tog‘amning uch nafar farzandi ham aqliy zaif bo‘lib tug‘ildi. Biroq nolimaymiz, to‘rt muchasi sog‘. Imkon qadar hayot kechirishmoqda”, — deydi Alisher Imomov.

    Foto: “Daryo”

    Kasbi o‘qituvchilik bo‘lgan Alisher Imomov oyiga nari borsa 500 ming so‘m nafaqa evaziga tirikchilik qilib kelayotgan Safar bobo va uning uch nafar farzandiga qo‘lidan kelgancha g‘amxo‘rlik qiladi. Biroq oila uchun bu yetarli emas. Shunga qaramasdan oila shukronalik bilan yashamoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Safar boboning turmush o‘rtog‘i 2000-yil vafot etgan. Tog‘am endigina 7 yosh, 5 yosh va 3 yoshga to‘lgan farzandlarini odamlarning molini boqib, og‘ir yumushini bajarib boqdi”, — Alisher Imomov.

    93 yoshli Safar bobo To‘raqulov.

    93 yoshli Safar bobo To‘raqulov.
    Foto: “Daryo”

    Eshmamat Ko‘charov.

    Eshmamat Ko‘charov.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Eshmamat Ko‘charov Safar bobo bilan qo‘shni bo‘lib yashashini, bobo va uning oilasini 40 yildan beri tanishini aytib, oilaga ko‘mak zarurligini aytdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Safar bobo bizga yon qo‘shni. Hozir 51 yoshda bo‘lsam, boboni 41 yildan beri yaxshi taniyman. Mendan eshitsangiz, bobo nogiron. Oyoq-qo‘li butun, yuradi. Non yeydi, choy ichadi. Ammo gapirolmaydi. Eshitmaydi. Farzandlari ham ruhiy nosog‘lom. To‘rt muchasi sog‘, ammo aqliy qobiliyati yo‘q”, — deydi Oqzov qishlog‘ida yashovchi Eshmamat Ko‘charov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu qishloqda bo‘lgan “Daryo” muxbiri qishloq aholisining turmush tarzi, tirikchiligi bilan ham qiziqdi.

    Foto: “Daryo”

    Eshmamat Ko‘charov qishlog‘i so‘lim va o‘ziga yoqishini, biror marta ham qishloqni tashlab shaharga ko‘chib ketish, shaharda yashash ishtiyoqi tug‘ilmaganini aytar ekan, “qishloqdoshlarimiz asosan chorvachilik bilan, qolaversa, dehqonchilik bilan tirikchilik qiladi, shukrki, Yaratgan rizqimizni kam qilmagan”, deydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Qishlog‘imdan ketish haqida hech o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Men uchun shu joy, shu qishloq, shu manzara qadrdon. Va hech qachon qishlog‘imni tashlab, shaharga ketish ishtiyoqi ham bo‘lmagan”, — deydi suhbatdosh.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Oqzov qishlog‘i joylashgan “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Hayitmurod Ismoilovning ma’lumot berishicha, 7 ta qishloqdan iborat MFYda 630 ta xonadon va ushbu xonadonlarda 3250 nafar aholi istiqomat qiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Oqzov qishlog‘ida esa 20 ta xo‘jalik istiqomat qiladi”, — deydi rais Hayitmurod Ismoilov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri so‘roviga javoban Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov 15-avgust, yakshanba dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan otaxon yashayotgan qishloqqa, Safar bobo xonadoniga bordi. Va otaxonga yangi uy qurib berilishini, aqliy zaif bo‘lgan farzandlari uchun nogironlik nafaqasi tayinlanishini ma’lum qildi.

    Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov otaxon va uning qizlarini ko‘rishga bordi.

    Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov otaxon va uning qizlarini ko‘rishga bordi.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, viloyatda tuman markazidan uzoqda joylashgan va aholi uchun tuman markaziga borib kelish muammo tug‘dirishi mumkin bo‘lgan qishloqlar soni ko‘p.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jumladan, Dehqonobod tumanining “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi qishloqlar — Oqzov, Oqqishloq, Kon, Qorabotir qishloqlari, “Sarchashma” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Duob, Boshchorbog‘, Chilgaz qishloqlari, Shahrisabz tumanidagi Ko‘l, G‘elon qishloqlari, Yakkabog‘ tumanining Vori, Zarmast, Guldara, Daryo qishloqlari, Chiroqchi tumanining Tarag‘ay, Langar qishloqlari tumanlar markazidan uzoq va olisda joylashgan qishloqlar hisoblanadi.

    Foto: “Daryo”

    Avvalroq “Daryo” ana shunday qishloqlarda yashovchi aholi muammolarini, tuman markaziga borib-kelishdagi mashaqqatlar va ob-havo noqulay paytlarda ushbu qishloq aholisining tuman markazidan uzilib qolishi haqida so‘z yuritgan.

    Mavzuga doir: 

    • Fotoreportaj: Qishda 10 kunlab dunyodan uzilib qoladigan Shahrisabzdagi Ko‘l qishlog‘ida bir kun
    • Fotosayohat: Qishda 10 kunlab tashqi dunyodan uzilib qoladigan Ko‘l qishlog‘i — suratlarda

    22.08.2021, 19:16   Izoh (0)   137396
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Mustaqillik shohko‘chasining bir qismi vaqtinchalik yopildi

    22.08.2021, 18:36

    Buxoroda 2017-yildan buyon qoramol o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgan uyushgan guruh qo‘lga olindi

    22.08.2021, 18:15

    O‘zbekistonga yana 3 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

    22.08.2021, 17:43

    Toshkentda imkoniyati cheklangan qizni kaltaklagan 27 yoshli yigit tergovdan yashiringani uchun qidiruvga berildi

    22.08.2021, 17:14

    O‘zbekistonda 21-avgust kuni o‘tkazilgan xayriya hashari tadbirlarida 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi

    22.08.2021, 16:13

    Dehqonobod tumani hokimligi Zoir Mirzayev va’dasini bajarmayotgani haqidagi maqolaga munosabat bildirdi

    22.08.2021, 15:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.