• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shahrisabzning Ko‘l qishlog‘ida 2 metr qor yog‘di: 10 kunga “dunyodan uzilib qolgan” qishloq ahli qanday hayot kechirdi?

    “Daryo”ga Shahrisabz tumanidagi Ko‘l qishlog‘i aholisidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda ta’kidlanishicha, Ko‘l qishlog‘iga joriy yilning 6-yanvar kuni qalin qor tushgan. Balki ishonmassiz — 2 metr. Oqibatda, yo‘l yopilib qishloq ahli tashqi dunyodan butunlay uzilib qolgan. Murojaatchilarning qo‘shimcha qilishicha, bu holat 10 kun davom etgan.

    Ko‘l qishlog‘iga olib boradigan yo‘l.

    Ko‘l qishlog‘iga olib boradigan yo‘l.
    Foto: Jamshid Jamolov

    To‘g‘risi, 2 metr qor yoqqani sal mubolag‘a bo‘lsa kerak degan o‘yda yo‘lga chiqdik. Dastlab Shahrisabzda, so‘ngra tuman markazidan 86 km uzoqlikdagi Ko‘l qishlog‘ida bo‘ldik.

    Ko‘l qishlog‘iga olib boradigan yo‘l.

    Ko‘l qishlog‘iga olib boradigan yo‘l.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Masofa 86 kilometr bo‘lsa-da, shu yo‘lni “Niva” rusumli avtomobilda 3 soatda bosib o‘tdik. “Munavvar” bog‘igacha qiynalmasdan yo‘l bosdik, ammo manzilimizning keyingi 16 kilometrida hali-hamon qalin qor borligi sababli yo‘lda biroz qiynaldik. Haydovchi Sayfullo Zayniddinovning aytishicha, qishloqqa faqatgina “Niva” yoki “UAZ”dagina chiqish mumkin.

    Foto: Jamshid Jamolov

    Ko‘l qishlog‘iga olib boradigan yo‘l.

    Ko‘l qishlog‘iga olib boradigan yo‘l.
    Foto: Jamshid Jamolov

    “Bu darajadagi qalin qor 2016-yil yoqqan edi, — deydi Ko‘l qishloq vrachlik punkti mudiri Abdumalik Safarov. — O‘shandan beri bunday yo‘l yopilib qolish holati bo‘lmagandi. Bu yilgi qor esa juda qalin yog‘di. Ba’zi hududlarda 2 metrdan ham oshdi”.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 2 metr yoqqan qor tufayli qishloqdan tuman markaziga olib tushuvchi yo‘llarni qor bosgan. Qorni tozalash maqsadida qishloq aholisidan iborat 30—40 kishilik jamoa 9 kun mehnat qilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Yo‘lni tozalashga 9 kun vaqtimiz ketdi, — deydi Ko‘l mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ismoil Boboyev. – Shu vaqt mobaynida qishloqdoshlar tinimsiz mehnat qilishdi. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbari Alimardon Qurbonov ham har daqiqada qo‘ng‘iroq qilib vaziyatdan xabardor bo‘lib turdi”.

    Ko‘l MFY raisi Ismoil Boboyev.

    Ko‘l MFY raisi Ismoil Boboyev.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Qishloqda joylashgan 64-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shohimardon Valmatovning aytishicha, qor bosgan kunlari qishloq aholisi 7 kun davomida elektr tokisiz qolgan.

    Shohimardon Valmatov.

    Shohimardon Valmatov.
    Foto: Jamshid Jamolov

    “Qo‘shni qishloqdagi transformatordagi nosozlik sababli yetti kun “svet”siz o‘tirdik, — deydi muallim. — Bunday paytda na televizor ko‘rdik, na radio eshitdik. Respublikamizda kechayotgan jarayonlardan bexabar qoldik”.

    Foto: “Daryo”

    “Qalin qor yog‘ib, yo‘l yopilgach “svet” ham o‘chdi, — deydi mahalla raisi. — O‘sha paytda qanday qilib tuman markaziga xabar berishni o‘yladik. Boisi tok o‘chgach, telefonlarda “antenna” ham chiqmaydi. Shundan keyin “dvijok” yoqib, “antenna” chiqqach tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbari Alimardon Qurbonovni xabardor qildik”.

    Foto: “Daryo”

    “Vaziyatdan xabar topishimiz bilan yordamga shoshdik, — deydi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Alimardon Qurbonov. – Respublikadan ham telefon qilishdi. Vaziyatdan xabardor qildik. Buldozer uchun keragidan ortiq yoqilg‘i yubordik. Ammo o‘zimizning texnikamiz yo‘qligi ancha pand berdi”.

    Shahrisabz tuman FVB boshlig‘i Alimardon Qurbonov.

    Shahrisabz tuman FVB boshlig‘i Alimardon Qurbonov.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Qishloq ahlining aytishicha, ayni kunda ularning kuniga yarayotgan buldozerni ham qishloq aholisi bundan 15 yil ilgari pul yig‘ib o‘zlari sotib olgan.

    Foto: Jamshid Jamolov

    Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sohib Ravshanovning aytishicha, nafaqat tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, hatto boshqarmada ham tog‘ hududlariga mo‘ljallangan texnika yo‘q. “Ammo texnikaga ehtiyoj tug‘ilganda tuman va viloyatdagi texnikasi mavjud tashkilotlardan iborat guruh shakllantirilib aholiga yordam ko‘rsatiladi, — deydi Sohib Ravshanov. — Ko‘l qishlog‘ida 10 kunlab emas, 2 kun yo‘l yopilib qolgani rost. O‘shanda ham qishloq aholisi bilan suhbatlashganimizda faqat yoqilg‘i so‘rashdi. Yo‘lni ochishga bizning qurbimiz yetmaydi deyishganda, biz albatta alohida guruh tuzgan holda muammoni bartaraf qilardik”.

    Ko‘l qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lni ko‘rsatuvchi belgi o‘rnatilgan “Munavvar” bog‘i.

    Ko‘l qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lni ko‘rsatuvchi belgi o‘rnatilgan “Munavvar” bog‘i.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Ko‘lliklar vaziyatdan xabardor qilgach, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari dizel yoqilg‘isini “Munavvar” bog‘igacha yetkazib bergan. Qolgan 16 km masofa qor bilan qoplanganligi sababli hatto tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ham o‘tolmagan. So‘ngra qishloq aholisidan iborat 6 nafar kishi yayov tushib, yoqilg‘ini olib chiqqan.

    Foto: “Daryo”

    Shu qishloqda yashovchi Ahmad Rahmatovning aytishicha, uning boshqaruvidagi buldozer yo‘lni tozalashga kirishgan payt yo‘lni ko‘rmay qolganligi sababli qor yorilib, buldozer 30 metr pastlikka qulagan. Qishloq ahli yordami bilan ikki kun deganda buldozer chuqurlikdan olib chiqilib, yana ishini davom ettirgan.

    Foto: “Daryo”

    “Yaxshiyam Ahmad aka bor ekan, — deydi mahalla fuqarolar yig‘ini kotibi Begali Begimov. – Bu kishi hech qanday oyliksiz qishloqdoshlari uchun jonini fido qilib, mehnat qiladi. Buldozerni ham o‘zi ta’mirlaydi. O‘shanda 30 metr chuqurlikka tushib ketganda, yordamga bordik. Muammoni bazo‘r hal qildik”.

    Foto: “Daryo”

    Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Alimardon Qurbonovning ma’lumot berishicha, Ko‘l qishlog‘i aholisiga joriy qish mavsumi uchun 1 tonna 400 litr dizel yoqilg‘isi berilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Har yili yoqilg‘ini ham o‘zimiz qishloqdoshlardan pul yig‘ib sotib olardik, — deydi buldozer haydovchisi Ahmad Rahmatov. — Ko‘z tegmasin bu yil tuman hokimligi tomonidan berildi. Texnikamizni ta’mirlashga ham mablag‘ ajratishdi”.

    Buldozer haydovchisi Ahmad Rahmatov.

    Buldozer haydovchisi Ahmad Rahmatov.
    Foto: Jamshid Jamolov

    “Meni quvontirgan narsa shu bo‘ldiki, tuman hokimi azbaroyi biz uchun qayg‘urgani sababli, texnikamiz uchun kerakli “zapchast”larni biz bilan birga izlab topib, olib berdi”, — deydi Ko‘l mahalla fuqarolar yig‘ini kotibi Begali Begmatov.

    Foto: “Daryo”

    QVP shifokori Abdumalik Safarovning aytishicha, yo‘lning qalin qor bilan qoplanishi bemorlar uchun ham noqulayliklar tug‘dirish barobarida moddiy qiyinchiliklarga ham sabab bo‘layotgan ekan.

    Foto: “Daryo”

    “Odatda homilador ayollarning tug‘uruq payti yaqinlashgach, tuman markazidagi shifoxonaga olib borish uchun 250 ming so‘mga mashina “zakaz” qilib olib tushishadi, — deydi shifokor Abdumalik Safarov. – Shunda ham yo‘l ochiq bo‘lsa. Agar xudo ko‘rsatmasinu yo‘l yopiq bo‘lsa nafaqat onaning, tug‘ilajak bolaning ham hayoti xavf ostida qoladi”.

    QVP shifokori Abdumalik Safarov.

    QVP shifokori Abdumalik Safarov.
    Foto: Jamshid Jamolov

    QVP shifokorining ma’lumot berishicha, 2016-yil fevral oyida 3 kun ketma-ket yoqqan qor tufayli yo‘l yopilib qolgach, tug‘uruq payti yaqinlashgan homilador ayolni yaqinlari 5 km masofaga “nosilka”da olib tushishgan.

    “Bemorni olib tushishda kechikkanimiz, qolaversa ayol “nosilka”da qiynalgani sababli ham homilasi nobud bo‘lgan, — deydi QVP mudiri holatni izohlar ekan. — Eng yomoni ayol ham vafot etgandi o‘shanda. Men har safar qishloqdoshlarimizga homilador ayollarni imkon qadar vaqtliroq tuman markazidagi tug‘uruqxonaga yetkazishlari lozimligini aytaman. Ammo bunga hammaning ham qurbi yetavermaydi”.

    Ko‘l QVP.

    Ko‘l QVP.
    Foto: Jamshid Jamolov

    QVP mudirining hisob-kitobiga ko‘ra, homilador ayolni tuman markaziga olib borish va bir bolaning tug‘ilishi uchun qishloqdoshlari 2,5 million so‘mgacha mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelmoqda.

    “Bu mablag‘ ko‘pchilik uchun juda og‘irlik qiladi, — deydi QVP mudiri. — Shuning uchun aksariyat qishloqdoshlarimiz hayotini xavfga qo‘yib bo‘lsa-da, shu yerda QVPning o‘zida tug‘ishga qaror qilishadi. Bu juda xavfli ekanligini tushuntirishga harakat qilmay baribir befoyda. Chunki qishloqdan pastga tushib chiqish xarajatlari ularni qiynab qo‘yadi”.

    Foto: “Daryo”

    QVP mudirining qo‘shimcha qilishicha, tog‘liklar ko‘pincha tuman shifoxonasiga borganda shaharga jo‘natishidan, shaharga borganda esa tumanni ro‘kach qilishidan charchashganini ta’kidlamoqda.

    Foto: “Daryo”

    Kezi kelganda shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, asosan chorvachilik va kartoshka ekib daromad ko‘rayotgan qishloq ahli qishloq hududida o‘rmon xo‘jaligi tashkil etilishidan xavotirda.

    “O‘rmon xo‘jaligi tashkil etilgach, har bir qarich yer o‘rmon xo‘jaligi ixtiyoriga o‘tar ekan, — deydi Rustam Kamolov. — O‘shanda yaylov yer uchun bir bosh qora mol uchun 75 ming, bir bosh mayda shoxli mol uchun esa 35 ming so‘m pul to‘lashimiz kerak ekan. O‘zi zo‘rg‘a kun kechirayotgan qishloq ahli uchun bu ko‘plab muammolarni keltirib chiqarishi tayin”.

    Rustam Kamolov.

    Rustam Kamolov.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Aholini qiynayotgan muammolardan yana biri yovvoyi ayiqlar bilan bog‘liq ekan. “Ayiqlarning bizga eng katta zarari shu bo‘lyaptiki, — deydi aholi vakillaridan biri Aslan Solihov. – Yoz oyida qishlog‘imizga keladigan ayiqlar qabristonga borib, mayitlarni bezovta qilayapti. Bir kuni qabristondagi ko‘milgan yosh bolaning jasadini tashqariga chiqarib tashlaganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. To‘g‘ri, mayitga umuman tegmagan. Ammo mayitni qabridan tashqariga chiqarib tashlashi bu yaxshi emas-da. Shu muammoni ham yechish uchun ko‘p joylarga murojaat qildik. Ammo natija bo‘lmayapti”.

    Foto: Jamshid Jamolov

    “Bu muammoni bartaraf qilish uchun ekologiyaga ham murojaat qildik, — deydi Ko‘l mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ismoil Boboyev. – O‘zboshimchalik bilan bu muammoni hal etolmaymiz. Tez orada bu muammoni hal qilamiz deyishgan. Kutayapmiz”.

    Ko‘l qishlog‘i.

    Ko‘l qishlog‘i.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Tog‘liklar bilan suhbatlashib ortga qaytar ekanmiz, ularning bardoshiga, sabriga qoyil qoldik. Yo‘lda qaytayotganda har bir daqiqada yurakni hovuchlab keldik. Boisi, yo‘lning ahvoli qor va yomon bo‘lgani yetmagandek qir adirlar bag‘rida joylashgan yo‘lga tog‘dan har daqiqada tosh tushish ehtimoli yuqori. O‘ylaymizki, tez orada mutasaddilar shunday muammolar girdobida yashab kelayotgan aholi dardini tinglaydi va muammolariga yechim topishadi.

    31.01.2019, 16:25   Izoh (0)   237731
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik fuqaro 38 yoshli ayolni pichoqlab ketdi

    31.01.2019, 16:06

    Respublika suv xo‘jaligi korxonalarida 4,2 mlrd so‘m mablag‘ talon-taroj qilinganligi aniqlandi

    31.01.2019, 15:42

    Bahodir Bobonazarov Toyloq tumani hokimi etib tasdiqlandi

    31.01.2019, 15:02

    Toshkentda xayriyalar sovutgichi paydo bo‘ldi (foto)

    31.01.2019, 14:54

    Samarqandda o‘quvchi yoshlar dala-o‘quv maydonida ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulot o‘tadi (foto)

    31.01.2019, 14:45

    Qoraqalpog‘iston, Toshkent va Namangan ichki ishlar tizimida kadr bo‘yicha rahbarlar o‘zgardi

    31.01.2019, 14:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.