• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy bank 5 ming va 10 ming so‘mlik banknotalarning yangi ko‘rinishini taqdim etdi

    O‘zbekiston Markaziy banki 2021-yilning 26-avgustidan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 5000 so‘m va 10 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilarining muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

    Mazkur banknotalar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo‘li” hamda mamlakatimiz hududidagi qadimiy Samarqand va Toshkent shaharlari tarixiga bag‘ishlangan. Banknotlar himoyalangan qog‘ozda chop etilgan.

    5000 so‘mlik banknot

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    O‘lchami 142 x 69 millimetr banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “5000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

    Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 2 millimetr bo‘lgan “UZB” yozuvi tushirilgan turli ranglarda tovlanuvchan metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.

    Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – yashil va jigarrangdan iborat.

    Banknot old tomoni chap qismida 1619–1635-yillarda qurilgan Samarqand shahridagi Sherdor madrasasi tasvirlangan.

    Yuqori qismining chap tarafida o‘zgaruvchan rangli OVI bo‘yog‘ida bosilgan “5000” raqami joylashtirilgan bo‘lib, ma’lum qiyalik burchagi ko‘rinishi ostida qirmizi rangdan yashil rangga o‘zgaradi.

    Banknot yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni, yuqori o‘ng burchagida O‘zbekiston Respublikasining gerbi jigarrangda aks ettirilgan.

    O‘ng va chap tomoni chekkasida jigarrangda joylashgan maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

    Banknotning quyi qismida naqshinkor bezak asosida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega.

    Quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “BESH MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

    Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalaganda bo‘yoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

    Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi turli diametrdagi halqalar joylashtirilgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yo‘qoladi.

    “Xonatlas” fonida tushirilgan O‘zbekiston xaritasi chizmasida ko‘k chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

    Yuqori chap qismida Samarqand shahrining ramzi hisoblangan “qanotli qoplon” tasviri registr vazifasini bajargani holda “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli fon bilan qo‘shilib to‘liq tasvir hosil qiladi.

    Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan tashkil topgan bo‘lib, o‘ng qismida gorizontal va chap qismida vertikal ko‘rinishda bosilgan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi VIII-V asrlarga tegishli bo‘lgan Afrosiyob arxeologiya yodgorligi tasvirlangan.

    O‘ng qismida Afrosiyob xarobalaridan topilgan X asrga tegishli bo‘lgan sopol ko‘za va naqshinkor sopol lagan arxeologiya topilmasi tasviri aks etgan.

    Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

    Banknotning pastki qismi chap va o‘ng burchaklarida banknot nominal qiymati “5000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori o‘ng burchakda “BESH MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

    Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.

    10 000 so‘mlik banknot

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    O‘lchami 147 x 69 millimetr banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “10000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

    Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 3 millimetrli “golografik” himoyalangan, “UZB” yozuvi mavjud metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.

    Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – ko‘k, binafsha va pushti ranglardan iborat.

    Banknot old tomoni chap qismida 1551—1575-yillarda qurilgan Toshkent shahridagi Ko‘kaldosh madrasasi me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

    Yuqori qismining chap tarafida o‘zgaruvchan rangli OVI bo‘yog‘ida bosilgan “10000” raqami joylashgan bo‘lib, ma’lum qiyalik burchagi ko‘rinishi ostida tilla rangdan yashil rangga o‘zgaradi.

    Banknot yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni, yuqori o‘ng burchagida O‘zbekiston Respublikasining gerbi ko‘k rangda aks ettirilgan.

    O‘ng va chap tomoni chekkasida joylashgan ko‘k rangdagi maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

    Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega.

    Quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “O‘N MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

    Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalaganda bo‘yoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

    Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi har xil diametrdagi halqalar joylashtirilgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yo‘qoladi.

    Yuqori qismidagi O‘zbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

    Yuqori chap qismida Toshkent shahri darvozalari timsolidagi “darvoza” tasviri registr vazifasini bajargan holda, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli elementlar bilan qo‘shilib to‘liq tasvirni hosil qiladi.

    Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan tashkil topgan bo‘lib, o‘ng qismida gorizontal va chap qismida vertikal ko‘rinishda bosilgan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi I asrga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri hududidagi eng qadimiy yodgorlik – Shoshtepa arxeologiya yodgorligi tasvirlangan.

    O‘ng qismida Toshkentning qadimiy hunarmandchilik namunalari bo‘lgan X-XII asrlarga tegishli sopol lagan hamda X asrga tegishli ro‘zg‘or idishi tasviri aks ettirilgan.

    Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

    Banknotning pastki qismi chap va o‘ng burchaklarida banknot nominal qiymati “10000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori o‘ng burchakda “O‘N MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

    Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA‘QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.

    “Muomalaga chiqarilayotgan yangi ko‘rinishdagi qiymati 5000 so‘m va 10 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2013-yil namunasidagi 5000 so‘mlik va 2017-yil namunasidagi 10 000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi, ya’ni, 2013-yil va 2017-yil namunasidagi 5000 so‘mlik va 10 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.

    Shuningdek, yangi ko‘rinishdagi pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart”, — deb qayd etilgan Markaziy bank xabarida.

    Ma’lumot uchun, 5000 so‘mlik banknota 2013-yilning 1-iyulidan, 10 000 so‘mlik esa 2017-yilning 10-martidan muomalaga kiritilgan.

    Mavzuga doir: 5 ming, 10 ming va 50 ming so‘mlik kupyuralarning g‘aroyib tarixi

    20.08.2021, 14:49   Izoh (0)   57062
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qo‘qon mintaqaviy temiryo‘l uzeli” Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari pora bilan ushlanishi ishiga aloqadorligini rad etdi

    20.08.2021, 14:25

    Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Surxondaryoning eng yaxshi inspektorlarini taqdirladi

    20.08.2021, 14:14

    O‘zbekistonda 2021-yil yakunigacha yana qancha davlat aktivlari ochiq savdoga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

    20.08.2021, 14:12

    “O‘zgidromet” 21-avgustda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    20.08.2021, 14:08

    Shavkat Mirziyoyev: “Elektr energiyasidagi uzilishlar ko‘pchilik tadbirkorlarimizni bezovta qilayotgani ayni haqiqat”

    20.08.2021, 13:56

    O‘zbekistonda 13 mingta umumiy ovqatlanish obyekti 2021-yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinadi

    20.08.2021, 13:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.