• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘istonda bir oylik chaqaloq koronavirusdan vafot etdi, Gruziyada antirekord qayd etildi, Yaponiyada favqulodda vaziyat rejimi uzaytirildi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 207 914 588 kishiga yetdi, shularning 4 372 554 nafari vafot etgan. Dunyo bo‘ylab ayni paytgacha koronavirusga qarshi 4 724 797 711 doza vaksina qo‘llanilgan.

    Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (36,3 million kishi), Hindiston (32,2 million), Braziliya (20,3 million), Fransiya (6,4 million) va Rossiya (6,5 million) eng oldinda bormoqda.

    Melburndagi lokdaun kamida 2-sentabrgacha uzaytirildi

    Melburndagi lokdaun kamida 2-sentabrgacha uzaytirildi
    Foto: EPA

    Qozog‘istonning Olmaota shahrida bir oylik chaqaloq koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Narimon Tabinboyev shunday bayonot berdi:

    “Afsuski, koronavirus bilan kasallangan bolalar o‘limi ko‘paymoqda. Bugun kasalxonalarimizda 195 nafar, xonadonlarda – 2540 nafar infeksiyaga chalingan bola bor. Ikki yoki uch oy oldin, bahorda “britancha”shtammga duch kelganimizda kasalxonalarda 30-40 dan ortiq bola bo‘lmagan. Bolalarning kasallanishi bir hafta oldin cho‘qqisiga chiqdi — 245 bola. Afsuski, bir o‘lim holatini ham tasdiqladik. Bir oylik chaqaloq koronavirusning delta shtammi bilan kasallanib, uning oqibatida nobud bo‘lgani tasdiqlandi. Bu hodisa bir oy oldin sodir bo‘lgan. Menga Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasidan bildirishnoma yuborildi. Bu tur juda xavfli. Afsuski, bizning bolalarimiz xavf ostida ”.

    Mavzuga doir: Qozog‘istonda bir sutkada 7778 kishida COVID-19 aniqlandi. Bu pandemiya boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich

    Gruziyada o‘tgan bir sutkada 6208 kishida koronavirus aniqlandi, bu pandemiya boshlanganidan buyon yangi rekord. Qayd etilishicha, COVID-19 ga topshirilgan har 13-testning natijasi ijobiy chiqmoqda. Tbilisida infeksiya tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat o‘ta og‘ir, shuning uchun u yerda o‘rtacha og‘irlikdagi bemorlar uchun 500 o‘rinli dala kasalxonasi ochildi.

    Pandemiya boshidan beri Gruziyada 490 462 kishida COVID-19 qayd etilgan, ularning 6 483 nafari kasallikdan vafot etgan (kuniga 47 ta).

    Mavzuga doir: Gruziyada pandemiya boshidan buyon eng og‘ir vaziyat kuzatilmoqda

    Yaponiya hukumati COVID-19 tufayli Tokiodagi favqulodda vaziyatni 12-sentabrgacha uzaytirishga qaror qildi, shuningdek yana bir nechta prefekturalarga cheklovlar joriy qilinadi.

    “Biz Tokio va boshqa beshta prefekturada favqulodda holat rejimini uzaytirish zarur degan xulosaga keldik. Shuningdek, Ibaraki, Totigi, Gumma, Shidzuoka, Kioto, Xyogo va Fukuoka prefekturalarini favqulodda holatdagi prefekturalar ro‘yxatiga qo‘shishga qaror qildik”, — dedi Yaponiyaning iqtisodiy tiklanish vaziri Yasutosi Nisimura. Uning aniqlik kiritishicha, sanab o‘tilgan yettita prefekturada favqulodda holat rejimi 20-avgustdan joriy qilinadi.

    Mamlakatning yana o‘nta prefekturasida koronavirusning yangi shtammlari tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan choralar ko‘riladi. Shunday qilib, 20-avgustdan Yaponiyada uzaytirilgan favqulodda holat rejimi 13 ta prefekturada, shu jumladan Tokioda, kuchaytirilgan choralar rejimi esa 16 ta prefekturada amal qiladi.

    Yaponiyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat so‘nggi haftalarda tobora yomonlashib bormoqda. Mamlakatda butun pandemiya davomida kasallik yuqtirganlar soni o‘tgan hafta 1 milliondan oshdi. Hozir bu raqam 1 million 176 mingtani tashkil qiladi. Mamlakatda koronavirus tufayli 15,4 ming kishi vafot etgan. 960 mingga yaqin kishi kasallikdan tuzalgan, 1,6 mingdan ortiq bemorning ahvoli og‘ir.

    Mavzuga doir: Yaponiyada karantin qoidalarini buzganlar sharmanda qilinmoqda

    Germaniyada aholini koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlash kampaniyasi boshlandi. Hozirda koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi alohida xavf guruhidagi kishilarga taklif qilinmoqda. Bularga, birinchi navbatda, qariyalar uyida yashovchilar, immuniteti zaif odamlar va 80 yoshdan oshganlar kiradi. Ushbu toifalarga mansub aholi uchun koronavirusdan vafot etish xavfi eng yuqori.

    Uchinchi doza bilan emlashning yana bir sharti shundaki, vaksina ikkinchi doza bilan kamida olti oy avval emlanganlarga yuboriladi.

    Bavariya (Germaniyaning janubi va janubi-sharqidagi federal shtat) sog‘liqni saqlash vaziri Klaus Xolezchekning aytishicha, mintaqadagi shifokorlar va vaksinatsiya markazlari COVID-19 ga qarshi qo‘shimcha emlashlarni shu haftadan boshlaydi. Shu bilan birga, Germaniyaning boshqa federal shtatlari hukumatlari sentabr oyidan vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlashni boshlashga rozi bo‘lgan. Mamlakatning ko‘plab hududlarida emlash kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

    Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha emlash ikkita mRNK vaksinasidan biri yordamida amalga oshiriladi: Pfizer / BioNTech yoki Moderna. AstraZeneca yoki Johnson & Johnson kabi vektorli vaksina olgan odamlar ham qo‘shimcha vaksina olish huquqiga ega bo‘ladi.

    Mavzuga doir: Isroil dunyoda birinchi bo‘lib aholini koronavirusga qarshi ommaviy qayta emlashni boshladi

    17.08.2021, 18:23   Izoh (0)   43243
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kobulda ayollar norozilik namoyishi o‘tkazdi — OAV

    17.08.2021, 18:09

    Bayden afg‘onistonlik qochqinlarga yordam berish uchun 500 mln dollargacha mablag‘ ajratadi

    17.08.2021, 17:46

    Reuters: Turkiya Kobul aeroportini boshqarish rejalaridan voz kechdi, ammo bunda “Tolibon”ga yordam berishi mumkin

    17.08.2021, 16:21

    “Tolibon” afg‘onistonlik amaldorlar uchun umumiy amnistiya e’lon qildi

    17.08.2021, 14:40

    Gaitidagi zilzila qurbonlari soni 1,5 mingga yaqinlashdi (foto va video)

    17.08.2021, 14:10

    Afg‘oniston maxsus kuchlari tarqatib yuborildi, aholidan qurol-yarog‘lar musodara qilinmoqda

    17.08.2021, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.