• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” afg‘onistonlik amaldorlar uchun umumiy amnistiya e’lon qildi

    “Tolibon” Afg‘oniston hukumati amaldorlariga umumiy amnistiya e’lon qildi va davlat organlarining faoliyatini qayta tiklashga chaqirdi. Bu haqda “Tolibon” tarqatgan bayonotga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Hamma uchun umumiy amnistiya e’lon qilindi, shuning uchun siz to‘liq ishonch bilan odatiy hayotingizga qaytishingiz kerak”, — deyiladi bayonotda.

    15-avgust kuni “Tolibon” jangarilari Kobulda prezident saroyini egallab, Afg‘oniston ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qilgach, prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi. U qatliom sodir bo‘lmasligi uchun iste’foga chiqqanini aytdi.

    O‘z navbatida, Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih mamlakatda xalq bilan qolishini ma’lum qildi. “O‘z yerimda. Xalq bilan birga. Sabab va maqsad bilan. Haqiqatga qat’iy ishonch bilan. Bizning qonunchiligimiz — Pokiston tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan zulm va shafqatsiz diktaturaga qarshi turish”, — dedi u. Avvalroq u hech qachon “Tolibon” jangarilari oldida bosh egmasligini aytgandi.

    Afg‘onistonning Pajhwok agentligi xabar berishicha, Ashraf G‘ani qochib ketganidan keyin sobiq hukumatdagi yuqori lavozimli amaldorlarning aksariyati va ko‘plab afg‘on siyosatchilari mamlakatni tark etgan. Agentlik ta’kidlashicha, siyosiy elitaning bir qismi Afg‘onistonda qolgan, ular yangi siyosiy inqirozning oldini olish, hukumatdagi bo‘shliqni to‘ldirish va uni tinch yo‘l bilan topshirish niyatida.

    Pajhwok ma’lumotlariga ko‘ra, G‘ani, uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulloh Mohib va ​​prezident ma’muriyatining sobiq rahbari Fazl Mahmud Fazli avval Tojikistonga, undan keyin Ummonga uchib ketgan.

    Ilgari Balx viloyatida “Tolibon”ga qarshi urush e’lon qilgan taniqli siyosiy arboblar marshal Abdurashid Do‘stum va Ato Muhammad Nur “Tolibon” mamlakat shimolidagi asosiy shahar — Mozori Sharifni egallab olgach, Tojikistonga qochib ketgan. Afg‘oniston Milliy xavfsizlik kengashi raisining sobiq o‘rinbosari Serur Ahmad Durrani AQShga jo‘nab ketdi, prezidentning qonun bo‘yicha bosh maslahatchisi Kabir Issa Hel esa Buyuk Britaniyaga ketdi. Mudofaa vaziri Bismillah Muhammadiy Dubayga, Hirot viloyatidagi xalq lashkari rahbari Muhammad Ismoilxon Eronga jo‘nab ketdi.

    Bundan tashqari, Pajhwok xabariga ko‘ra, Xalq palatasi (parlament quyi palatasi) spikeri Mir Rahmon Rahmoniy boshchiligidagi afg‘on siyosatchilaridan iborat katta delegatsiya Pokiston rahbariyati bilan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalarini muhokama qilish uchun Pokistonga yo‘l olgan.

    O‘z navbatida, Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay, Milliy yarashuv Oliy kengashi rahbari Abdulla Abdulla va Afg‘oniston Islom partiyasi rahbari Gulbeddin Hikmatyorlar hokimiyatni “Tolibon”ga tinch yo‘l bilan topshirish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzgan.

    Pajhwok’ning yozishicha, Afg‘onistondagi tojiklar jamiyatining nufuzli rahbari Ahmad Shoh Massudning o‘g‘li Ahmad Masud, sobiq birinchi vitse-prezident Amrulla Solih va boshqa bir qancha nufuzli siyosatchilar Afg‘onistonning “Tolibon” hali yetib bormagan Panjshir viloyatida bo‘lib turibdi. Ular “Tolibon”ga qarshilik ko‘rsatuvchi kuch tashkil qilish niyatida.

    16-avgust kuni The Washington Post (WP) gazetasi AQSh va Afg‘onistondagi manbalarga tayanib, “Tolibon” afg‘onistonlik amaldorlarga qurol evaziga pora bergani haqida yozgandi.

    Shuningdek, “Tolibon” a’zolari Kobuldagi vaziyatni o‘z nazoratiga olgach, jinoyatlarga aloqador kimsalarni hibsga olishni boshlagani xabar qilindi. Tashkilot rasmiy vakili Zabihullo Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, hech kimga sobiq amaldorlarning uyiga kirishi, uni vayron qilishi, ulardan mashina talab qilishi yoki odamlarga tahdid qilishiga ruxsat berilmagan. Bunday kimsalarga jiddiy tarzda munosabatda bo‘linadi va ular jiddiy ta’qibga uchraydi.

    Mavzuga doir: “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgan Afg‘onistonning birinchi kuni qanday o‘tdi? Minglab odamlar qochishga urinmoqda, “Tolibon” fuqarolarga tinch-osoyishta hayot va’da qildi. Asosiy ma’lumotlar

    17.08.2021, 14:40   Izoh (0)   46332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gaitidagi zilzila qurbonlari soni 1,5 mingga yaqinlashdi (foto va video)

    17.08.2021, 14:10

    Afg‘oniston maxsus kuchlari tarqatib yuborildi, aholidan qurol-yarog‘lar musodara qilinmoqda

    17.08.2021, 13:58

    Foto: AQSh harbiy transport samolyoti Kobuldan 640 qochqinni bitta reysda evakuatsiya qildi

    17.08.2021, 13:23

    Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etish qarori haqida deyarli hech kimga aytmagan

    17.08.2021, 12:46

    Germaniya, Niderlandiya va Chexiya samolyotlari Kobul aeroportiga qo‘na olmadi

    17.08.2021, 12:22

    “Biz afg‘onlarga o‘z kelajagini qurishi uchun hamma narsani berdik. Ammo ushbu kelajak uchun kurashish istagini bera olmaymiz”. Bayden Afg‘onistondagi vaziyat yuza...

    17.08.2021, 11:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.