• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “‘Tolibon’ butun mamlakatni egallashi ehtimoli juda past” — AQSh Afg‘onistondan chiqib ketayotganida Bayden shunday degandi. Oradan bir oy o‘tib, toliblar Kobulni egalladi

    AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga kirishishi bilan, “Tolibon” darhol bosqinni boshlagan edi. Ular 15-avgust, yakshanba kuni Kobulga yetib kelib, ko‘p o‘tmay butun mamlakat ustidan nazoratni o‘rnatganliklarini e’lon qildi. Amerikaliklar o‘z elchixonasi va shahar aeroporti xavfsizligini ta’minlash uchun Afg‘oniston poytaxtiga qo‘shimcha kuch yuborishni va’da qilib, o‘z diplomatlarini Kobuldan evakuatsiya qila boshladi. Bir oy avval, 8-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSh prezidenti Jo Bayden jurnalistlarga “Tolibon” butun Afg‘onistonni egallay olmasligini aytgan edi. Meduza o‘sha matbuot anjumanidagi e’tiborga molik jihatlarni yodga oldi.

    Jo Bayden.

    Jo Bayden.
    Foto: AFP / Meduza

    — Afg‘onistonning endi “Tolibon” tomonidan egallanishi aniq bo‘lib qoldi, shunday emasmi?

    — Yo‘q.

    — Nima uchun?

    — Chunki afg‘on qurolli kuchlari ixtiyorida — taxminan, 75 ming nafar tolibga qarshi — dunyoning istalgan armiyasi kabi yaxshi ta’minlangan 300 ming nafar askar va harbiy-havo kuchlari bor. Shunday ekan, “Tolibon” butun Afg‘onistonni egallab olishi aniq bo‘lib qolgani yo‘q.

    — Siz toliblarga ishonasizmi, janob prezident?

    — Bu jiddiy savolmi?

    — Bu mutlaq jiddiy savol. Siz toliblarga ishonasizmi?

    — Yo‘q, ishonmayman.

    — Siz mamlakatning toliblarga topshirilishiga ishonasizmi?

    — Yo‘q, men “Tolibon”ga ishonmayman.

    — Nega toliblarga ishonmaysiz?

    — Bu ahmoqona savol. Toliblarga ishonamanmi? Yo‘q. Ammo men yaxshiroq o‘qitilgan, yaxshiroq ta’minlangan va urush olib borish nuqtayi nazaridan nisbatan maqbul bo‘lgan afg‘on qurolli kuchlariga ishonaman.

    […]

    — Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, afg‘on hukumati, katta ehtimol bilan, qulaydi.

    — Bu yolg‘on.

    — Razvedkachilar aytgan narsani tushuntirib bera olmaysizmi — afg‘on hukumati qulaydimi yo yo‘q?

    — Bu yolg‘on. Razvedkachilar bunday xulosaga kelmagan.

    — Afg‘onistonda hukumat taslim bo‘lmasligiga razvedkaning ishonchi qanchalik komil?

    — Afg‘oniston hukumati o‘zini qo‘lga olishi kerak. Ularda o‘z holatini saqlab qolish uchun yaqqol imkoniyat bor. Masala ularda imkoniyat bor-yo‘qligida emas, balki ular birlashishning uddasidan chiqa oladimi-yo‘qmi, shunda. Ularda imkoniyatlar bor. Ularda kuch bor. Ularda uskunalar bor. Masala ular bundan foydalana oladimi-yo‘qmi, shunda.

    […]

    — Vyetnamdagi hodisalarni yodga soladigan o‘xshashliklarni ko‘rmayapsizmi?

    — Yo‘q, hech qanday. Unda dushman butun boshli brigadalar bilan elchixonamiz darvozasini buzib kirishga uringan edi. Adashmasam, oltita brigada. “Tolibon” esa Shimoliy Vyetnam armiyasi emas. Ular hatto bunga yaqin ham kela olmaydi. Siz AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi tomidan odamlarni olib ketishayotganiga o‘xshash manzaralarni ko‘rmaysiz. Bu ikkisi mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydigan vaziyatlar.

    Izoh: Bunda gap “Shiddatli shamol” operatsiyasi haqida bormoqda — AQSh 1975-yili Vyetnamdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib bo‘lgach, Saygondan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilgan. 2021-yil avgustida — Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari chiqib ketgach — Qo‘shma Shtatlar Baydenning taxminlariga qarshi o‘laroq, o‘z fuqarolarini Kobuldagi elchixona orqali evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi va endi ko‘pchilik ushbu voqealar qofiyalanayotganiga e’tiborni qaratmoqda.

    […]

    — Janob prezident, ushbu mamlakatdagi missiyaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashida afg‘on hukumatidagi korrupsiyaning o‘rni qanchalik ahamiyatli bo‘ldi?

    — Endi, birinchidan, missiya hali barbod bo‘lganicha yo‘q. Bundan tashqari, Afg‘onistonda barcha tomonlar korrupsiyaga chalingan. Masala shundaki, yagona maqsad yo‘lida birlashish mumkinmi? Vazifa qanday? Masalan, “Tolibon”, Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari va afg‘on hukumati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo bo‘lmadi. Endi ular nima qilishi kerak? Yechim hali ham yo‘q. Lekin “Tolibon” butun mamlakatni egallab olishi ehtimoli juda past.

    Mavzuga doir:

    • Afg‘oniston “Tolibon”ga qanday taslim bo‘ldi?
    • Toliblar Afg‘onistonni egalladi. Bu yangi IShIDmi? Nima uchun bu voqeaning oqibati butun dunyo uchun ayanchli bo‘lishi mumkin?

    15.08.2021, 22:19   Izoh (0)   73299
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toliblar Afg‘onistonni egalladi. Bu yangi IShIDmi? Nima uchun bu voqeaning oqibati butun dunyo uchun ayanchli bo‘lishi mumkin?

    15.08.2021, 21:36

    Afg‘oniston “Tolibon”ga qanday taslim bo‘ldi?

    15.08.2021, 20:35

    Livanda gaz tankeri portlashi oqibatida kamida 22 nafar odam halok bo‘ldi (video)

    15.08.2021, 19:34

    Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berishga rozi bo‘ldi va mamlakatni tark etdi

    15.08.2021, 18:58

    “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olgach, matbuot va ayollar uchun o‘z shartlarini e’lon qildi

    15.08.2021, 18:33

    “Tolibon” Afg‘onistondagi xorijliklardan mamlakatni tark etish yoki ro‘yxatdan o‘tishni so‘ramoqda

    15.08.2021, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.