Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Tolibon” harakati Afg‘oniston hududini to‘liq o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqqan, hokimiyat “Tolibon” harakatiga topshirilgunga qadar Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri, Germaniyadagi sobiq elchisi Ali Ahmad Jaloliy muvaqqat hukumatni boshqarib turadi.

“Tolibon” Afg‘onistondagi ikki markaziy shaharlar Bamian va Kapisani ham egallagan. Avval AQSh Afg‘oniston hukumatining harbiylariga topshirgan Bagram aviabazasi ham harakat ixtiyoriga o‘tgan. Bagramdagi, taxminan, 5 ming nafar mahbus saqlanayotgan qamoqxona ham “Tolibon” nazoratiga o‘tgan.

Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, yaqin fursatlarda “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy ofisi rahbari mulla Abdul G‘ani Barodar ham Kobulga yetib kelishi kutilmoqda.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, Kobulda hokimiyatning “Tolibon” harakatiga rasman tinch yo‘l bilan topshirilishi yangi hukumatning xalqaro hamjamiyat va boshqa mamlakatlar tomonidan rasman tan olinishini osonlashtirishi mumkin.

Ashraf G‘ani, prezident administratsiyasining boshqa xodimlari Kobul aeroportida ekanligi, biroq ularga mamlakatni tark etishga ruxsat berilmayotgani aytilmoqda.

Avvalroq “Tolibon” harakatining Kobulga hujum boshlagani haqida xabar berilgan. Keyinchalik Afg‘oniston ichki ishlar vaziri poytaxt Kobulning “Tolibon”ga tinch yo‘l bilan topshirilishini va’da qilgandi. “Tolibon” harakati ham terrorchilarga Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga qarshi harakatlar olib borishga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan.

Shuningdek, “Tolibon” rahbariyati jangarilarga Kobulga hujum qilmaslik haqida buyruq bergan va mamlakat hukumati bilan harakat otryadlarining shaharga tinch yo‘l bilan kirishi haqida muzokaralarga kirishgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi